135
ifoda eta olishga o’rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o’yinlar bolaning
aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’yin
turlarida didaktik maqsad va o’yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Qoidali-harakatli o’yinlar
asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga
qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,
yugurish, sakrash,
chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o’yin mazmunini
belgilaydi. Qoidali-harakatli o’yinlar kelib chiqishiga ko’ra: a) xalq milliy
o’yinlari; b) mualliflik o’yin turlariga bo’linadi.
Har ikkala o’yin turida ham asosiy mezon o’yin qoidasi bo’lib hisoblanadi.
Harakatli o’yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik,
qo’rqmaslik, mardlik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Ko’pchilik
harakatli o’yinlar jamoa bo’lib o’ynashga mos,
bu jamoada uyushgan holatda
harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o’yinlami o’tkazishda
bolalarga rolni to’g’ri taqsimlash o’yin jarayonini kuzatib borish, unga rahbarlik
qilish, o’z vaqtida yaxshi harakatlarni rag’batlantirish o’yin nufuzini oshiradi.
O’yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his-tuyg’ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o’yin syujeti ochiq xarakterga ega bo’ladi.
Masalan, «To’pni quvla!», «To’pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun
o’yin maqsadi, qoidasi va o’yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli
o’yinlar avval jismoniy tarbiya mashg’ulotida o’rganiladi. So’ngra
boshqa
jarayonlarda takroran o’ynatilishi lozim. «Uchinchi ming yillikning bolasi»
dasturiga turli yosh guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan harakatli milliy o’yinlar
turkumlari kiritilgan.
O’zbek xalqining ermak va ovutmachoq o’yinlari bilan, asosan, bolaning ilk
yosh davridan boshlab shug’ullanib boriladi. Bu o’yinlar asosan kattalarning
bevosita rahbarligida harakat va so’zlarning uyg’unlashuvi bilan o’ynatiladi.
Masalan,
«Barmoqlar»,
«Sichqon-sichqon»
o’yinlari
orqali
bolalarda
xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o’sib boradi. Xalqimizda
«Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola xali
qo’rqish
hissini bilmaydigan davrida, ya`ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan
vaqtida qo’llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» o’yini qo’l keladi.
Ilk
yoshdagi
bolalar
dastro’moldan
yasalgan
«sichqon»ning
harakatlanishidan
qattiq
zavqlanib,
qiyqirib
yayraydilar.
«Sichqon»ni
harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu
ovutmachoq go’dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to’g’risida
tasavvur hosil qilishga ko’maklashadi. Ermak o’yinlardan «Oymoma», «Boqqa
kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» orqali
bolalarni muloqotga o’rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko’rish,
sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi.
Bolalarning nutq
faolligini o’stirish maqsadida aytishma o’yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday
o’yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbulim»,
«Ko’z boylog’ich», «Oq sholi, ko’k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana,
xalqimizda azal-azaldan o’ynab kelinadigan so’z o’yinlaridan «Yarashtirgich»lar
136
hali-hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo’llaniladi.
Bu o’yinlar bolalar tilidan ana shundayjaranglaydi:
Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. Toychog’imni kim olsa,
Men u bilan chin o’rtoq.
YAlinchoq - yalinmachoq. Pista po’choq.
Qilichmi, to’qmoq, qirq yilgacha o’rtoq, To’qmoq to’qson yilgacha o’rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o’stirishga yordam beradigan o’yin
turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o’yin jarayonida bolalar she`riy
satrlar orqali son-
sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning
tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she`riy ohangda to’g’ri javob qaytarishga
o’rgatilib boriladi. Asosan bu o’yinlar quyidagicha jaranglaydi:
Dadam-u oyim, Bor ikkita singlim. Bahodir, Dildor. Bog’chaga ketar, Sanab ko’r
chaqqon, Bizlar nechta jon.
O’zbek xalqi nihoyatda so’zga chechan, topqir bo’lib, o’zining alyor-u
qo’shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo’lgan
«Qiqillamalar»ni misol sifatida keltirish mumkin. Bu so’z o’yinlarida sodir
bo’layotgan voqea-hodisalar, kechinmalar she`riy ohangda ijro etiladi. Masalan:
Shov-shov etadi ariq, Karim ekadi tariq. Yoki:
Echki keladi ma`rab, O’z egasiga qarab.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’yinlami ertalab va kechki soatlarda o’ynash
mumkin.