|
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo’yiladiBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishiAdabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Mazmunining g’oyaviy - ma`naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko’p bo’lsa, asar shuncha
ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo’lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko’p bo’lishi.
5. Ifodali o’qishga mos bo’lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo’lmog’i. Bolalar xalq ertaklarini
sahnalashtirishni yaxshi ko’radilar. Masalan, «Sholg’om», «Zumrad va Qimmat»,
«Bo’g’irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda
qo’g’irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta o’qib berish, sahna ko’rsatish,
rasmlar namoyish etish, didaktik o’yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o’yinlari qiziqarli o’tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun
kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to’g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar
o’yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari,
qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. O’yinda faol ishtirok etgan
bolalarni alohida rag’batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish
kerakligini aniqlaydilar.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish
materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V.
Lishtvan, V.G. Nechaeva o’z tadqiqotlarida qurish - yasash o’yinlarining o’ziga
xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar.
Qurish - yasash o’yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni
talab qiladi. O’yin jarayonida biror bir material yoki buyumning hajmi, katta -
kichikligi, bir - biriga mosligi, fazoviy mo’ljallay olish ko’nikmasi shakllanadi,
rivojlanadi. Qurish - yasash o’yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni shakllantiradi,
buyumlarni fazoviy joylashtira olishga o’rgatadi.
Bu o’yinlarni o’tkazish quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
|
| |