O’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

O’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik 
Tayyorgarlik davri, o’yinga kirishish, o’yindagi harakatlarni muhokama 
qilish, asosiylarini belgilab olish jarayonlariga bo’linadi. Bu jarayonlar o’yin 
mazmunini to’laroq ifoda eta olishga, o’zaro iliq munosabatlarni o’rnatishda 
kelishib olishga yordam beradi. O’yinni rivojlantirish uchun o’yinga qo’yiladigan 
talablar mazmunini o’zgartirish kerak. O’yin vaziyatini tanlash o’yinga rahbarlik 
qilayotgan pedagogning mahoratiga, qiziqishiga bog’liq. 
Syujetli - rolli o’yinlar mazmunining o’ziga xos tomonlarini mashhur 
pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va 
boshqalar o’z kuzatuvlarida chuqur o’rganganlar. 
Syujet o’yin faoliyatida asosiy komponent bo’lib, u personajni, hayotiy 
vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o’z ichiga oladi. Syujetli - rolli 
o’yinlar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra jamoa o’yini bo’lib hisoblansa-da, yakka 


131 
holda o’ynalmaydi degan fikrni keltirib chiqarmasligi kerak. Syujetli - rolli 
o’yinlar bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb 
etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi. 
Syujetli - rolli o’yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda 
amalga oshiriladi. 
1-bosqich.
 
Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o’yinlar rivojlanishi 
darajasini o’rganishning asosiy vositasi quyidagilar: 
- bolalar o’yinlarini kuzatish; 
- o’yin rivojining asosiy yo’nalishlari, o’yin mavzusi, o’yin mazmuni, bola o’yin 
faoliyatining rivoji, o’yinda o’zaro munosabatlarning rivojlanishi bo’yicha 
tavsifnoma tuzish; 
- o’yinga rahbarlik maqsadini aniqlash. 
2-bosqich. 
Kattalarning o’yin mavzuyi va mazmuniga ta`sir etishi: 
- o’yin mavzuyi bo’yicha sayohat va maqsadli sayrlar uyushtirish
- suhbatlar o’tkazish; 
- badiiy asarlar va hikoyalar o’qib berish; 
- illustrativ rasmlar ko’rsatish; 
- mavzu bo’yicha turli mashg’ulotlar; 
- tasviriy faoliyat mashg’ulotlari o’tkazish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish