O’yin nazariyasining asosiy masalalari




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

O’yin nazariyasining asosiy masalalari 
O’yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. O’yin - buyumli predmetli 
va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglashga -yo’naltirilgan jarayondir. U 
o’zining kelib chiqish, yo’nalish va mazmuniga ko’ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. 
O’yin bu - bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, 
amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari, natijaning mavjudligi uning o’ziga 
xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. 
O’yin jarayonida bolaning psixik ish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va 
qiziqishlari, ta`sirchanligi - uning butun shaxsiyati shakllanadi. 
Bola o’yinda o’zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. 
Bolalarning o’yinlari o’zining rang - barangligi bilan ajralib turadi. O’yin o’z 
mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta`sir ko’rsatish darajasi, buyumlarning 
turlari hamda kelib chiqishiga ko’ra ijodiy va qoidali o’yinlarga bo’linadi. 
Ijodiy o’yinlar - bolalarning mustaqil, ijodiy, o’zlari o’ylab chiqqan o’yin 
majmuyidir. Bunda bolalar o’z taassurotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va 
unga bo’lgan o’z munosabatlarini aks ettiradilar. Ijodiy o’yinlar quyidagi 
turkumlarga bo’linadi: 
- syujetli - rolli; 
- saxnalashtirilgan; 
- qurilish; 
- tabiat materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar. 
Ijodiy o’yinlar va ularga rahbarlik. Ijodiy o’yinlar boshqa tur o’yinlardan 
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
1. O’yin mazmunining o’ziga xosligi. 
2. Rollarning mavjudligi. 
3. Xayoliy vaziyatning mavjudligi. 
O’yin mazmunining o’ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan 
biridir. Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, kattalarning 


129 
ijtimoiy hayoti o’zining rang - barang ko’rinishlari bilan syujetli-rolli o’yinlarning 
mazmuni bo’lib xizmat qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining 
namunasini oladigan faoliyat turi o’yin ekanligini asoslab berdilar. 
Ijodiy o’yinlar syujetlari va mazmunining rang - barangligi, ularni tavsiflash 
zaruratini keltirib chiqaradi. Syujet o’yin faoliyati tizimida asosiy komponent 
sifatida o’z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar 
munosabatini oladi. Ijodiy o’yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo’lishi bolaning 
tafakko’rini o’stirib, syujet va rollar o’yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy 
syujetli - rolli o’yinlarning o’ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy 
sababi - bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. 
Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o’yin mazmuniga qarab o’zgarib boradi. 
Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli 
harakatlar bo’lsa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va 
munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. SHunga ko’ra, 
o’yinlarni syujeti, mazmuniga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin: 
1. Maishiy o’yinlar (oila, bolalar bog’chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan). 
2. Mehnat mavzuyidagi o’yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o’z-
o’ziga xizmat va boshq.). 
3. Ijtimoiy mavzudagi o’yinlar. 
Bolalar rollarni tanlab o’ynaydilar. Syujetli - rolli o’yinlarda xatti-
harakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlashtirilgan axloqiy 
qoidalar ham o’zlashtiriladi. O’yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi 
xulq - atvor me`yor va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu 
jarayonda o’yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga 
keladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri syujetli o’yin hisoblanib, unda 
bola atrof - muhitdagi voqea va hodisalarni aks ettirib, xayolan ularni qayta 
tiklaydi. O’yinning xayoliy vaziyati bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga 
doimo ta`sir ko’rsatadi. 
D.B. Elkonin syujetli - rolli o’yinni birgalikda o’ynaladigan o’yinda 
tasvirlanayotgan voqealarga, harakatlarga, buyumlarga nisbatan o’z nuqtayi 
nazarini boshqalar nuqtayi nazari bilan jamlash masalasi shakllanishi natijasida 
yalpi tafakkur bosqichiga o’tishga imkon beruvchi bilishga oid jarayon yuz 
berishini ta`kidlab o’tgan. 
O’yinning san`atga yaqinligi syujetli - rolli o’yinlardan estetik tarbiyada 
foydalanish imkonini yaratadi. Bola o’yinidagi ijodkorlik bilan bog’liq bo’lgan 
tuyg’ular estetik tuyg’ularga yaqin turadi. O’yinda bolaning katta harakat tajribasi 
shakllanadi. Turli harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay 
sharoit yaratiladi, bola rolga kiradi, o’z roliga oid xatti - harakatlarni amalga 
oshirish uchun tasvirlayotgan rollarning o’ziga xos xususiyatlarini ongli ravishda 
ifodalaydi. 
Ikki yoshdagi bolalar hayotida syujetli o’yinchoqlar bilan juda oddiy 
o’yinlar o’tkaziladi. Bolalar bu o’yinchoqlarni qo’lda ushlab yuradilar, siqib 
ko’radilar, erga tashlab ko’radilar, o’yinchoqlarni g’ildiratadilar, o’yinchoqda nima 
tasvirlanganligiga e`tibor bermaydilar. Bu yoshda kundalik hayotda tevarak-
atrofdagi katta kishilar va bolalar harakatini kuzatib borishni, bu harakatlarni o’z 


130 
o’yinlarida aks ettirishni o’rgatish lozim (masalan, qo’g’irchoqni ovqatlantirish, 
uyquga yotqizish va boshq.). 
Bu yoshda buyumli o’yin bir necha bosqichda amalga oshiriladi: 
1 - bosqichda bolalar o’yinchoqlar bilan kattalar harakatlariga taqlid qiladilar. 
2 - bosqichda o’zlashtirgan harakatlarni mustaqil bajara boshlaydilar, so’ngra bu 
harakatlarni boshqa buyumlarga ko’chiradilar. 
3 - bosqichda tasviriy o’yin vujudga keladi, uning mazmunini shartli qurollar bilan 
bajariladigan harakatlar tashkil qiladi. 
Bola kundalik hayotda kuzatgan buyumlar bilan bajariladigan harakatlarga 
taqlid qiladi (gazeta o’qiydi, er chopadi, kir yuvadi), bularning hammasi syujetli-
rolli o’yin uchun sharoit yaratadi. 
Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan suhbatlar, kuzatishlar o’tkazish, 
ularga hikoya va ertaklar o’qib berish, maslahat berish orqali o’yinlarga qiziqtirish 
kerak. O’yinda bolalarni katta ish - harakatning faqat tashqi tomonigagina taqlid 
qildirmay, balki ularni odamlarning, mehnatga bo’lgan munosabatlariga ham taqlid 
qildirish, bolalarda ahillik bilan o’ynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko’zlangan 
maqsadga erisha olish, ko’nikmalarini tarbiyalash. tortinchoq va uyatchan 
bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o’yinga qo’shilishiga yordam berish 
kerak. Bolalarda xayol tasavvurlarini o’stirish ularda mustaqil biron yangi o’yinni 
ijod etish, bu o’yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba`zi o’yin-
choqlarni o’z qo’li bilan yasash, badiiy mashg’ulotlarda orttirgan malakalarini 
o’yinda qo’llash, qo’shiqlar aytish, she`r o’qish, chizgan rasmlaridan va yasagan 
narsalaridan foydalanish istagini uyg’otadi. 
Jamoa o’yinining paydo bo’lishi uning mavzuyi va mazmunini ham, 
tuzilishini ham tez rivojlantirish va o’zlashtirish imkonini yaratadi. Bolalar 
o’yinlari mavzuyining o’zgarishida maishiy o’yinlardan mehnat, ishlab chiqarish 
syujetiga ega bo’lgan o’yinlarga, so’ng turli ijtimoiy voqea va hodisalar aks 
ettiriladigan o’yinlarga o’tiladi. O’yinning mazmuni ham rivojlanadi. 
Katta yoshli bolalar hayotida harakatlar qatorida xilma - xil ijtimoiy 
munosabatlar, xatti - harakatlar ham aks eta boshlaydi. O’yinlar mavzuyi 
doirasining kengayishi, ular mazmunining teranlashuvi, o’yin shakli va 
tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish