122
O’yin maktabgacha katta yoshdagi bolaning etakchi faoliyati xisoblanib,
bola hayotini tashkil etishda katta o’rin egallaydi. Tarbiyalanuvchilar o’yin
g’oyasini aniqlash, syujetini tanlash va rollarni taqsimlash ko’nikmasini namoyon
qilib, o’yinni o’zlari tashkil etadilar. Ammo ba`zan mustaqil o’yinlar jamoatchilik
sifatlariii rivojlantirishni ta`minlay olmaydi. Bolalar o’yinlariga rahbarlik qilishda
asosiy o’rin o’yinlarning tarbiyaviy ta`limiy samaradorligini kuchaytirish imkonini
beradigan vosita hamda metodlarni rejalashtiradigan tarbiyachiga talluqlidir.
1) bolalarning o’yin faoliyatlari uchun kun tartibiga ko’ra ajratilgan vaqtdan,
o’yinni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib to’liq foydalanish;
2) o’yinga rahbarlik qilishda bolalarni har tomonlama
rivojlantirishni va
o’yinlarning har xil to’rini mustaqil tashkil etish ko’nikmasini shakllantirishni
amalga oshirish;
3) o’yinlarni bolalarning imkoniyatlari va qiziqishlarining hisobga olib
tashkil etish;
4) o’yindan bolalar hayotini tashkil etish shaklida foydalanib, bolalarning
o’yindagi hayotlarn qiziqarli, mazmunli bo’lnshiga, o’yinda xatti-harakatning
jamoa shaklining mustahkamlanishiga erishish. Bolalarni o’yinda birlashtirishning
xilma - xil ko’rinishlaridan
foydalanib guruhlar, kichik guruhlar, hamkorlikdagi
faoliyatni mustaqil rivojlantiruvchi o’yin jamoalarini yaratish;
5) o’yinlarning bolalarning jo’shqin faoliyatlari hamda o’yin anjomlarini
tayyorlab olish ko’nikmalarini rivojlantirishga erishishga harakat qilinadi.
Kun tartibida syujetli - rolli o’yinlar, qurilish materiallari bilan o’yinlar,
harakatli va didaktik o’yinlar va sahnalashtirish o’yin uchun vaqt ajratiladi.
Ko’pchilik bolalar ertalab maktabgacha ta`lim muassasasiga kelar ekanlar,
o’rtoqlari bilan o’ynashni afzal ko’radilar. Bunday choqda pedagog
tarbiyalanuvchilarga o’zlarini qiziqtirgan o’yinlar bilan shug’ullanish imkonini
yaratishga intiladi. U o’yinning yanada rivojlanishi uchun mohirlik bilan yo’l-
yo’riq beradi. Nonushtadan so’ng mashg’ulotlar bilan birikib ketadigan o’yinlar
tashkil etiladi. So’ngra bolalar mashg’ulotlar orasida 10 - 12 daqiqa o’ynaydilar.
Bu vaqtda ular to’p
bilan faol harakatlarni, xorovodli o’yinlarni afzal ko’rib
bajaradilar.
Sayr vaqtida tanaffusi bilan bir yoki ikkita harakatli o’yin o’tkaziladi. Ularda
barcha bolalar qatnashadilar. Avval tarbiyachi ular bilan birga o’ynaydi. Agar
bolalar o’yin qoidasini bilsalar, ular mustaqil o’ynaydilar. Umumiy o’yinning
davomiyligi 6 - 10 daqiqa. Yilning issiq kunlarida davomiyligi 10 - 30 daqiqadan
iborat sport elementlari bo’lgan harakatli o’yinlar o’ynaladi. Sayrda shuningdek
ertak, hikoyalar syujetlarida ijodiy o’yinlar o’ynaladi. Yilning iliq davrida ochiq
havoda sahnalashtirish va qurilish o’yinlarini ham o’tkazish mumkin. Bunda
tarbiyachi bolalarning o’yindagi mustaqilliklariga, o’zaro kelisha olish qobiliyatlari
va o’yin uchun guruhlarga birlashish ko’nikmalariga tayanadi.
Kunduzgi uyqudan keyingi vaqt xilma - xil o’yinlar yoki mustaqil
faoliyatga: badiiy, qurish - yasash va shu kabilarga keng yo’l berish uchun juda
qulaydir. Ba`zan 40 - 50 daqiqa davom etadigan rolli va qurilish o’yinlarida bir -
biriga qiziqish bildiradigan o’yinda o’zlariga xos o’yin
hayoti bilan yashay
oladigan, o’z munosabatlarini uyushtira oladigan 5 - 6 yoki 12 - 15 bola birlashadi.
123
Tarbiyachini kishilarning mehnat faoliyatini aks ettiruvchi o’yinlar
«qurilish», «kutubxona», «maktab» va shu kabi o’yinlarni tashkil etishdagi o’rni
muhimdir. U bolalarga, «kelishuvda» yordam beradi, ular bilan birga har bir
qatnashchining o’rnini nazarda tutib, o’yin mazmuni va rejasini muhokama qiladi,
bolalari bilan birgalikda turli o’yin materialini tanlaydi, o’zaro munosabatlarda
jamoatchilik sifatlarini qo’llab - quvvatlaydi, yuzaga
kelgan bahslarni bolalar
o’zlari haqgo’ylik bilan hal etishlarini kuzatadi. Hamkorlikdagi o’yinda bolalar
jamoadagi hayot uchun zarur o’zaro munosabatlar tajribasini o’rganadilar, oddiy
axloqiy me`yorlarni egallaydilar. Tarbiyachi o’yinlarda qatnashar ekan, rollarni,
o’yin qoidasini bajarib, o’ynnchoqlar va narsalar o’rniga o’rin bosuvchilardan
foydalanib, syujet tuzilishining namunasini ko’rsatadi. U bevosita o’yinda
qatnashmasligi, balki
qanday qilib yaxshiroq tuzish, qanday o’yinchoqlarni olish
(yoki yangitdan yasash), qanday qilib inoq o’ynash xaqida maslahatlar berishi
mumkin. Bolalarning birga o’ynovchi jamoalarini shakllantirishga yordam berar
ekan, tarbiyachi bolalarni yuksak ijtimoiy xatti-harakat me`yorlarini namoyish
qilishga, uchraydigan vaziyatlarni yaratishga yordam berishi kerak. Bunda syujetga
doir bolalarning o’zaro munosabatlarinigina emas, balki o’yin jarayoniga ta`sir
etadigan real munosabatlarni ham yaxshi bilish talab etiladi. Ko’pincha bolalar
tajribalarining
etishmasligi tufayli, ayniqsa o’yin boshida, rollarni taqsimlashda
bir-birlariga nohaq munosabatda bo’ladilar. Ularga bahslarni haqgo’ylik bilan hal
etishda yordam berib, tarbiyachi sodir bo’layotganlarni faqat jamoa manfaatlari
nuqtai nazaridan baholash lozimligini ta`kidlab, ularga bu ko’nikmani o’rgatadi.