10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 


113 
10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil 
etishga raxbarligi. 
 
Birinchi guruhda ikki yosh guruhidagi: 1 yoshdan 1,5 yoshgacha va 1,5 
yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan kichik guruh bolalari tarbiyalanadi. 
Ilk yoshdagi bolalarning ikkinchi guruhidagi hayotini to’g’ri tashkil etish 
kun tartibiga ikki kichik yosh guruhidagi bolalar kundalik hayotiga muvofiq tarzda 
aniq amal qilishni talab qiladi. Bu narsa tarbiya vazifalarini hal etishni, bolalarning 
faolligini muntazam tarzda almashtirib turilishini ta`minlaydi. 
Bu yoshdagi bolalarning ko’pchiligi yasli - maktabgacha ta`lim 
muassasasiga endigina qatnayotgan bo’ladilar. Ular hali ilojsiz, kattalarga to’la 
qaram bo’ladilar, atrofdagi narsalarga katta qiziqish bilan qaraydilar. Hayot 
faoliyatining qaror topgan ritmi, bedorlikning uzayishi, mustaqil yura olish, 
maxsus tanlangan buyumlar bilan harakat qilish, murojaat qilib aytilgan so’zlarni 
tushunib olish va o’z xulqini kattalar ko’rsatmasi asosida boshqara olish malakasi 
guruhda bolalarning mazmunli hayotini tashkil etish va ularning har tomonlama 
tarbiyasini, shuningdek, keyingi birgalikdagi hayotini rivojlantirishning muhim 
asosidir. 
Ikkinchi yil davomida bolalarda yurish malakalari takomillashadi, ular 
maxsus va qurolli harakatlarni bajara boshlaydilar, ko’proq muloqotga kirishadilar, 
buyumli - tasviriy o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Shunga muvofiq asosiy binolarni 
guruh xonasi, yotoqxona, ayvon, qabulxona, hojatxonani jihozlash va bezashga 
yangi talablar qo’yish ikkinchi yildagi rivojlanishning asosiy yo’nalishlari 
hisoblanadi. Mebel guruh xonasida shunday qo’yilishi kerakki, xona o’rtasida 
yurish uchun ko’proq bo’sh joy bo’lsin. Bolalar yurish paytida tez charchab 
qoladilar, shuning uchun ayrim joylarga divancha, stullar qo’yib qo’yiladi. 
Devordagi tokchalarda katta - katta obrazli o’yinchoqlar: qo’g’irchoqlar, 
ayiqchalar, kuchukchalar joylashadi. Bolalar ularni oladilar va yurish chog’ida 
ko’tarib yuradilar. Bu yurish chog’ida qo’l va oyoqning vazifalarini 
takomillashtirishga va harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Harakat 
faolligini o’stirish uchun derazaga yaqin joyda sirg’aladigan qiya tepachalar 
o’rnatiladi. U ayni paytda tashqarida nima bo’layotganiii kuzatish imkonini ham 
beradi. Bolalarda funktsional va qurolli harakatlarni shakllantirish uchun burchak 
ajratiladi, unda katta mashinaladi (agar ota - onalar bolalarini guruhga kechroq olib 
keladigan bo’lsa, ular uyda engil nonushta qilib olgan bo’ladilar). 
Bolalar 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylikdan to’rt kishilik stol atrofida o’tirib, 
quyuq bo’tqani qoshiqda mustaqil tarzda tanavvul qiladilar. Agar bolalar eyishdan 
charchasalar, ular ovqatlantirib qo’yiladi. Buning uchun tarbiyachi yoki enaga bola 
yoniga o’tirib, unga yordamlashadi, ayni paytda ular boshqa bolalar harakatini ham 
boshqarib boradilar: «Botir qoshiq bilan egin, nondan tishla» kabi. 
Bolalarda ovqatni xush ko’rish, berilgan taomning hammasini mustaqil 
eyish malakasini tarkib toptirish lozim. Tarbiyachi bolalarning ishtahasini kuzatib 
boradi, zo’rlab ovqat edirishdan o’zini tiyadi. 
Kichik yoshdagi bolalar birinchi kunduzgi uyqudan uyg’ongach (1,5 
yoshgacha bo’lgan bolalar), ovqatlantiriladi, chuiki ularni oxirigacha 


114 
ovqatlantirishga to’g’ri keladi, shunda ularni stol atrofiga 3 - 4 tadan qilib 
o’tqaziladi. Bu yoshdagi bolalar ovqat berilishini uzoq kutib tura olmaydilar, 
shuning uchun bolaning qo’li yuvdirilib, stolga o’tqizilgach, darhol birinchi 
ovqatni, ikkinchi ovqatni, uchinchisini berish lozim. Ovqatlanib bo’lgach, bola 
darhol o’ynagani ketadi, tarbiyachi esa qolganlarni ovqatlantiradi, shuningdek, bu 
vaqtda o’ynayotganlarni nazorat qilib boradi. 
Ovqatlantirish asnosida bolalarda baholi qudrat mustaqillik malakalari hosil 
qilinadi. Ular yoshi 1 yil-u 4 oyga etgach, sho’rvani mustaqil ichishlari va ayni 
paytda non burdasini tishlashlari, qo’llarida piyolani ushlab, undan ichishlari 
mumkin. Buning uchun ovqatlanishga zarur bo’ladigan harakatlar bola bilan 
birgalikda bajariladi va ularning nomi aytiladi. Ovqatlantirish chog’ida bolalar 
orastalikka o’rgatiladi. Tarbiyachi va enaga ovqatlanish chog’ida bolalarning qo’li 
va yuzining tozaligiga e`tibor berishadi, yuz - qo’li iflos bolalarni yuvib salfetka 
bilan artishadi, stoldagi ortiqcha narsalarni o’z vaqtida yig’ishtirib oladilar. 
Katta yoshli bolalarning barchasini birga tushlik qildiriladi. 1,5 dan 2 
yoshgacha bo’lgan bolalar ovqatlanish chog’ida katta mustaqillik ko’rsatadilar. 
Biroq ularda hali suzilgan ovqatni to’la eyishga oid barqaror malaka yo’q, shuning 
uchun tarbiyachi va enaga ular xatti - harakatini so’z bilan boshqarish imkonini 
hisobga olib, bolalarga qanday harakat qilishni aytib turadilar. Ovqatlanishni 
to’g’ri tashkil etish oxir - oqibatda bolalarni o’z vaqtida va to’laqonli 
rivojlantirishga hamda ularda baholi qudrat mustaqillikni tarbiyalashga 
qaratilgandir. Ovqatlanishdan so’ng bolalar o’yinga kirishadilar. 
Uyqu ikki yoshli bolalar hayotida muhim o’rin egallaydi. To’g’ri tashkil 
etilgan uyqu butun ta`lim - tarbiyaviy ishning muhim qismi hisoblanadi. Bolalar 
uyqusi doimo toza havo kirib turadigan ayvon yoki binoda tashkil etiladi. Uyqu 
ochiq havoda, +10 darajadan kam bo’lmagan haroratda o’tkaziladi. Bolalarnn 
uyquga yotqizish jarayoni xotirjam kechmog’i lozim. Tarbiyachi va enaga 
bolalarga yumshoq muomala qilib, bolalarpi echinishda ham baholi qudrat ishtirok 
etishga jalb qilishlari lozim (poychasi berk ishtonni echish, qo’lni chiqarish va 
hakazo). 
Kattalar bolalar uxlayotgan paytda ularning yotish holatlari qulaymi-yo’qmi, 
biror nima bezovta qilyaptimi - yo’qmi kuzatib boradilar, oldinroq uyg’ongan 
bolalarga uxlashga yordam beradilar. 
Kattalar bolalarning tozaligiga, ularni orastalikka o’rgatishga ko’p e`tibor 
berishlari lozim. Buning uchun mazkur yoshdagi bolalarga mo’ljallangan maxsus 
bino va jihozlarga ega bo’lish, to’g’ri usullarni qo’llanish kerak. 
Bolalarning qo’li ovqatlanish oldidan yuvdiriladi, buning uchun yuvinish 
xonasiga bir vaqtning o’zida 2 - 3 bola kiritiladi. 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylik 
bolalarni qo’lini suvga tutish va ishqalashga o’rgatiladi. Ikki yoshga etgan bolalar 
o’z sochig’ini topishga va uni joyiga olib borib ilishga o’rgatiladi. Kattalar 
bolalarning mustaqillikka intilishini rag’batlantiradilar: «Qo’lingni tut, Lola, hozir 
suv keladi» va hokazo 
Tarbiyani to’g’ri olib borganda 1,5 yoshli bolalar tuvakka o’zlari o’tirishlari 
kerak, biroq bu odat, hatto 2 yoshda ham barqaror bo’lmasligi mumkin. Bolalarni 
uyqudan so’ng, uyqudan oldin, sayrdan oldin va undan so’ng, albatta tuvakka 


115 
o’tkazish zarur. Bu yoshli bolalarda asta o’z fiziologik ehtiyojlarini nazorat qila 
olish malakalarini mustahkamlash lozim. 
Bolalarning tashqi ko’rinishini diqqat bilan kuzatib borish, uning kiyimini 
o’z vaqtida tuzatib turish va unda toza va chiroyli kiyimdan quvonish hissini 
uyg’otish lozim. 
1 - 2 yoshli bolalarda birinchi yarim yillikda qo’g’irchoq, mashina va shu 
kabilar bilan o’ynaladigan ayrim syujetli o’yinlar rivojlanadi. Buyumlar bilan 
qilinadigan harakatlarni umumlashtirish asosida bolalar bir buyum harakatini 
ikkinchisiga ko’chiradilar. 
Tarbiyachi o’yinchoqlarni tanlar ekan, bolalarni syujetli o’yinlarga jalb 
qiladi, harakat usullarini ko’rsatadi, so’ngra bolaning mumkin qadar so’zlarni, 
buyum va harakat nomlarini takrorlab natijaga erishishiga intilib, bolaga harakatni 
qayta takrorlashni (namunaga ko’ra kubiklardan kuchukcha uchun uycha, 
qo’g’irchoq uchun esa stol, stul yasashni) taklif qiladi. 
Bolalarning syujetli - tasviriy o’yinlarini tashkil etishning xususiyati 
kattalarning doimiy ko’magi, ularning e`tiborini o’yinchoqlarga jalb etishi, o’yin 
mazmuiiga ko’ra masla-hatlar berishi, bolalarni bir harakat yo’lidan ikkinchisiga 
o’z vaqtida ko’chirishidir. Bolalar qator turib o’ynaydilar va bu o’rinda muhimi 
ularning bir - birlariga xayrihohlik hissini bildirib, o’yinchoqlarni bemalol 
almashishlaridir. 
Tarbiyachi 
bolalarda 
muomalaning 
ijobiy 
shakllarini 
mustahkamlaydi va salbiy shakllarni yuzaga kelishining oldini oladi. Kichik 
bolalarni ular taqlid qilib, harakatlarni takrorlab olishlari uchun katta bolalar 
harakatlarini kuzatishga jalb etish mumkin. 
Ilk yoshdagi bolalar ikkinchi guruhining kun tartibida bolalarning buyumlar 
bilan bo’ladigan xilma - xil harakatlariga funktsional va boshqariladigai harakatlar 
mutanosib nisbatini xisobga olib katta o’rin berilishi kerak. 
Ertalab, tarbiyachi bolalarni qabul qilish bilan band bo’lgan, enaga esa guruh 
xonasida bo’lgan vaqtda kichik va katta guruhlar bolalari diqqatini harakat usullari 
o’zlashtirilgan va mustaqil bajarilishi mumkin bo’lgan materiallardan qurilish 
materiallari, xalq didaktik o’yinchoqlari: piramidalar, matryoshkalar, bir - birining 
ustiga qo’yiladigan kub va shu kabilarga jalb qilish o’rinlidir. Bolalarga asbobli 
harakatlarni bajarish uchun qo’llanmalarni ham: yog’ochga mixlarni qoqish uchun 
bolg’acha, suvdan sharchalarni tutish uchun to’r va shu kabilarni tavsiya etish 
mumkin. 
Ertalabki hamma guruhlar uyg’oq bo’lgan qisqa muddatda bolalarning 
to’rejab yonma-yon harakatda bo’lishlari muhim-dir. 1 - 1,5 yoshli bolalar yog’och 
qoziqqa hajmi bir xil yoki hajmi ikki - uch xil yoki ikki xil rangdagi halqalarni 
tizishlari, qutichalarni ochishlari va yopishlari, matryoshkalarni ikki qismdan 
yig’ishlari, kubiklardan minora yoki mashinalar uchun yo’lkalar qurishlari mumkin 
va shu kabilar. 
Kichik guruhlarda kunduzgi uyqudan keyingi mustaqil o’yinlar tarbiyachi 
rahbarligi ostida o’tadi. Etarli vaqtga ega bo’lgan tarbiyachi bolaning harakatlarini 
to’g’ri bajarilishiga e`tibor beradi va har biriga ko’maklashadi. 
Buyumlar bilan harakat katta yoshdagi bolalar bilan muloqotni o’rnatilishiga 
yordam beradi. Shaxsan muloqot bolalar faolligini oshiradi va ularni kattalar 


116 
ko’rsatgan harakat usulini takrorlashga yo’llaydi. Agarda kattalar o’yinchoqlar 
bilan bo’ladigai yangi harakatlarni bolalarga qarab turib ko’rsatsa va bolaga 
jilmayib murojaat qilsa, bu kichkiitoyning sodir bo’layotgan voqeaga diqqatini 
oshiradi hamda harakat usulini yaxshiroq egallanishiga olib keladi. 
Nazorat savollari:
1.
Bolalar hayotini tashkil etishning vazifalari va ahamiyati. 
2.
Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etishning 
asosiy printsplarini tushuntiring. 
3.
Guruxga moslashishning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering. 
4.
Guruxdagi pedagogik sharoitlarni tashkil etishda uslubchining raxbarligi. 
Adabiyotlar: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
2.
Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y. 
3.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y. 
4.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5.
B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
7.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
8.
J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 
9.
R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
10.
R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent 
―Iste`dod‖. 2008 y 
11.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
12.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
13.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


117 
XI BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini madaniy – 
gigienik masalalarini rivojlantirish (amaliy) 
Reja: 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik va mehnat 
malakalarini egallash darajalari. 
2.
Malakalar mazmunini murakkablashuv jadvalini tuzish. 
Mustaqil ish. ―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ dasturidan kattalar mehnati 
bo’limini guruxdan guruxga o’tkazishdagi mazmunini murakkablashib borish 
jadvalini tuzish. 
Mavzuning maqsadi: Turli yosh guruxlarida bolalarni madaniy-gigienik 
malakalarini egallash bo’yicha o’quvchilar bilimini mustahkamlash. 
Mavzuning vazifalari: Dastur asosida mazmunining murakkablashib borishi 
to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish. Dastur bilan ishlash to’g’risida malakalar 
hosil qilish. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish