Bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalaridagi hayot




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
10.2. Bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalaridagi hayot 
sharoitiga va tarbiyaga moslashishi 
 
Bolalar muassasalariga borish bola uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi. 
Bunda ko’pchilik bolalar betoqat, yig’loqi, odamovi bo’lib qoladilar. Tahlikali 
holat, hayajon tufayli zo’riqish bola ytrofida yaqin kishilarining bo’lmasligi, 
maishiy sharoitning, ko’nikilgan sharoit va hayot tarzining o’zgarishi tufaylidir. 
Funktsional norasidalik, ko’ngli noziklik bola organizmnning yangi 
sharoitga ko’nikishini qiyinlashtiradi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisiga kelishi bilan bolaning ijtimoiy ahvoli 
ham o’zgaradi. U oilada cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqotda bo’lar, 
ko’proq oila a`zolari diqqat markazida bo’ladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida 
esa u bolalar jamoasi a`zosiga, boshqa bolalar tengdoshiga aylanadi. SHu tufayli 
bolaga psixologik jihatdan o’zini qayta qurishga, o’z xulqini o’zgartirishga, 
notanish katta kishilar va tengdoshlari bilan aloqaga kirishga to’g’ri keladi. 
Bo’larning barchasi bola faoliyati va xulqida shakllangan odatlarning
buzilishiga olib keladi, undan yangi sharoitlarga biologik va ijtimotsy jihatdan 
mosdashishni talab qiladi. 
Biologik jihatdan moslashish deganda organizmning yangi hayot sharoitiga 
moslashishni ta`minlaydigan fiziologik tizimining qayta qurilishi tushuniladi. 
Ushbu qayta qurish tug’tsa mexanizmlar asosida amalga oshiriladi. YAngi 
tug’ilgan bola uning tug’ilishidan so’ng maxsus yaratilgan sharoitga tezda 
moslashadi. 
Biologik qayta qurish bolaning maktabgacha tarbin muassasasidagi dastlabki 
kunlarda ham kschadi. U kun tartibda belgilangan yangi havo va yorug’lik 
tartibiga, ovqatlanishdagi o’zgarishlarga ko’nikishi lozim. 
Biologik moslashish qatorida ijtimoiy moslashish ham amalga oshiriladi, 
ya`ni o’z xulqini yangi ijtimoiy sharoitga ko’ra o’zgartirish, qobiliyati hosil 
qilinadi. 
Bola oiladayoq kattalar, oila a`zolari bilan dastlabki muloqotga kirishadi. U 
atrof - muhit bilan muloqotga kirishishning dastlabki ko’nikmalarini o’zlashtiradi, 


104 
unda elementar mehnat harakatlari shakllanadi, o’yinlar paydo bo’ladi. Bola oila 
a`zolari o’rtasidagi munosabat me`yorlarini o’zgartira boshlaydi, ular asosida esa 
xulqning elementar ko’rinishlari shakllanadi. Bola maktabgacha ta`lim 
muassasasiga kelishi bilan shakllangan xulqiy odat va munosabatlar ancha 
o’zgaradi. U tengdoshlari bilan faol aloqaga kirisha boshlaydi. Uning hayoti oila 
a`zolari tomonidan emas, balki kattalar tomonidan yangi qoida va tartibga ko’ra 
tashkil etiladi, unga yangi talablar qo’yiladi. SHunday ekan, bola atrofdagi sharoit 
o’zgarishlariga tez moslashishi, yangi odatlarni singdirishn yoki mavjud odat va 
hulq shakllarini qayta qurishi lozim. 
Biologik va ijtimoiy moslashishlar o’zaro bog’liq va ular bir - biriii taqozo 
etadi. Maktabgacha ta`lim yoshida, ayniqsa, ilk yoshda muhit va odatdagi hayot 
tarzining o’zgarishi ruhiy zo’riqishga olib keladi, bu ruhiy holatni o’zgartiradi, 
xatti - harakatda buzilishlariga olib keladi (jizzakilik, tengdoshlari bilan janjal 
boshlanadi, sustlik paydo bo’ladi va boshqalar), uyqu yomonlashadi va ishtaha 
yo’qoladi. Shu bilan birga boshqa funktsional tizimlarda (vegetativ), faol SI 
sitemasida ham birmuncha siljishlar paydo bo’ladi, organizmshng himoya kuchi 
susayadi, bu esa ko’pincha kasalliklarga olib keladi. Bu holatlar bolalarda turli 
darajada ifodalanadi va moslashish mexanizmlarining etarlicha mashq 
qildirilmggani bilan izohlanadi. 
Bolalarning moslashish imkoniyatlari o’rtasida katta farq mavjud. Ular, 
ayniqsa bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisida bo’lishning dastlabki kunlarida 
yorqin namoyon bo’ladi. Juz`ii ijtimoii muhitdagi o’zgarishlarni ko’proq 9 - 10 
oylikdan 1,6 yoshgacha va 3 yoshdan 3,5 yoshgacha bo’lgan bolalar qiyinroq 
kechiradilar. Engil moslashishdan nutqiy faollikning susayishida, xatti - 
harakatdagi ba`zi buzilishlarda, uyquning va ishtahaning yomonlashuvida 
namoyon bo’ladigan qisqa muddatli salbiy ruhiy holat kuzatiladi. Odatda, bu 
holatlar maktabgacha ta`lim muassasasisida bo’lishning dastlabki ikki haftasi 
davomida kechadi. 
O’rta darajadagi moslashish xatti - harakatdagi birmuncha katta va uzoq 
davom etadigan siljishlarda ifodalanib, u faqat oyning oxirida normallashadi. Bola 
qisqa vaqt ichida ozadi, nutqi buziladi, asoratlarsiz tugaydigan engil 7 - 10 kun 
davom etadigan kasalliklar vujudga keladi. 
Og’ir moslashishda bolaning ko’nikishi uzoq va murakkab kechadi, ba`zan 
bir necha oyga cho’ziladi. U tez - tez qaytalanib turadigan, asoratli kechadigan 
kasalliklar, xatti - harakatning barqaror buzilishi, qator hollarda asabiy holatlar 
birgalikda voqe bo’ladi. Jismoniy rivojlanishining susayishi, nutq va ruhiyatda 
o’sishning kechishi kuzatiladi. 
Moslashish davrining qiyipchiliklari, moslashishga oid siljishlarning 
ifodalanganlik darajasi tarbiyaning ilgarigi sharoit bilan ham uzviy bog’liqki, 
uning ta`siri ostida bolaning oliy nerv faoliyati tizimi shakllanadi. (R. V. Tonkova, 
Yampolskaya, A. I. Mishkis, G. V. Gridneva, L. G. Golubeva va boshq.) Shuning 
uchun ham bolaning bolalar muassasasida bo’lishining birinchi kunlaridanoq 
pedagogik jarayonni bu qiyinchiliklarni hisobga olgan holda to’g’ri tashkil etish 
muhimdir. 


105 
Bolani ijtimoiy tarbiya tizimiga olib kirish bosqichma - bosqich amalga 
oshiriladi. Tayyorlov bosqichda pediatriya xizmati, ota - onalar va maktabgacha 
ta`lim muassasalarining kuch - g’ayrati bola organizmini yangi sharoitdagi 
hayotga, tayyorlashga uning biologik moslashishini engillashtirishga qaratilgan 
bo’ladi. Bung’a quyidagicha erishiladi:
a) bola kun tartibini bolalar muassasasi kun tarbiga o’ta yaqinlashtirish 
bilan;
b) uni kun tartibi jarayonlariga faol qatnashtirish bilan;
v) chiniqtiruvchi usullardan keng ravishda kompleks foydalanish bilan;
g) bola organizmi ish qobiliyatini o’stirish uchun zarur harakat faolligini 
oshirish bilan. 
Ota - onalarning pedagogik savodxonligi va ularning tarbiyachilar bilan 
aloqa o’rnatishi ushbu talablarni amalga oshirishning shartidir. Ota - onalar yakka 
suhbatlar, eslatishlar orqali bola hayotining tayyorlov davrida tashkil etishga oid 
tavsiyalar oladilar. Ular ovqatlantirish, uxlatish metodikasi bilan tanishadilar, o’z - 
o’ziga xizmat ko’rsatishni shakllantirishga, buyumli va o’yin harakatlarini yo’lga 
qo’yishga oid tavsiyalar oladilar. O’z navbatida tarbiyachilar ham bolalarnnng 
uylariga boradilar, ularning hayoti bilan, kichkintoylarning qiliqlari, sevimli 
o’yinlari va o’yinchoqlari bilan tanishadilar, bola bilan u ko’nikkan sharoitda 
dastlabki ruhiy aloqa o’rnatadilar. 
Bolani bolalar muassasasidagi yangi sharoitlar talablariga o’rgatish izchil 
tarzda amalga oshiriladi. Bir hafta davomida bola maktabgacha ta`lim 
muassasasisida 2 - 3 soatdan ko’p bo’lmaydi. Bu vaqt uning ruhiy holatiga qarab 
asta - sekin ko’paytirib boriladi. 
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari bolalar 
hayotini ularning ahvoli, alohida o’ziga xos xususiyatlaripi hisobga olgan holda 
tashkil etishlari uchun uzoq vaqt talab etiladi. 
Moslashish davrida (2 - 3 hafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, 
hatto salbiy odatlari ham saqlab qolinadi, uydagi o’yinchoqlaridan foydalanishga 
ruxsat etiladi. Ijtimoiy moslashishniig’ ko’pchilik bolalarda murakkab kechishi va 
cho’zilib ketishining asosiy sababi bola qoshida yaqin kishilarining yo’qligi va 
odamlar bilan muomala tajribasining kamligidir (N. D. Vatutina). Shuning uchun 
bolaning maktabgacha ta`lim muassasasidagi dastlabki kunlarida uning yonida 
onasining ham bo’lishiga yo’l qo’yiladi, u notanish sharoitni o’zlashtirishga, 
tarbiyachi bilan aloqa o’rnatishga, so’ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi. 
Bolaning vaqti - vaqti bilan qo’lda bo’lishi, unga e`tibor bilan suyib muomala 
qilish, tarbiyachi tomonidan maqtalish unga nisbatan ishonch va ijobiy munosabat 
yaratadi, boshqa kattalar va tengdoshlar bilan aloqa o’rnatish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. Ijobiy his - tuyg’ular, bolani mikroijtimoiy muhitga olib kirgan 
tarbiyachiga o’rganish tufayli unda tengdoshlari bilan muloqotga kirishishga istak 
va intilish shakllanadi. Bunda guruhda bolaga qo’yiladigan talablar birligini 
saqlaydigai doimiy tarbiyachilarning ishlashi muhimdir. 
O’yin - mashg’ulotlar, tarbiyachilar bilan birgalikdagi o’yinlar, keyinroq 
esa, o’yinlarga boshqa bolalarii epizodik tarzda qo’shilishi harakatda aloqa 


106 
o’rnatishga, bolaning muomala doirasini kengaytirishga, uning mustaqilligini 
rivojlantirishga imkon beradi. 
Harakatli o’yinlar, jismoniy tarbiya va musiqa mashg’ulotlarida birgalikdagi 
harakatlar his - hayajonli zo’riqishni kamaytiradi, quvonch va zavq baxsh etadi, 
muomalaga ehtiyojni oshiradi. SHunday qilib, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, 
pedagogik ta`sirni to’g’ri tashkil etish, moslashish davrining kechishini 
osonlashtiradi, bolani boshqa bolalar bilan birgalikda hayot kechirishga tezroq 
ko’niktirishga imkon beradi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalaridagi hayot

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish