99
Amaliyot ochiq tadbirlar va guruxlarga o’zaro kirishlar maktabgacha ta`lim
muassasasida olib borilayotgan metodik ishning organik tarkibiy qismiga aylangan
hollarda barcha tarbiyachilarning pedagoglik mahoratining ortishiga amaliy ta`sir
ko’rsatishini, ijodiy ko’tarinkilik, izlanish va tizimli tarzda tajriba almashish
muhitini yaratishini ko’rsatmoqda. Metodik topilma va
muvaffaqiyatlarni tanlash
hamda tekshirish — pedagoglar jamoaining kundalik eng muhim ishlaridan biridir.
V. A. Suxomlinskiy maktabda pedagogik topilma, kichik kashfiyotlarning daftarini
tutishni tavsiya qilgandi.
Amaliyotda metodik o’qishning maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-
tarbiya berish masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilg’or pedagogik
tajribaning natijalarini aks ettiruvchi eng yangi psixologik - pedagogik
adabiyotning obzori kabi shaklidan foydalaniladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida olib boriladigan
metodik ishning barcha
tur va shakllari tegishli hujjatlarni: metodik tavsiyalar, namuna ishlanmalari,
ma`ruzalar, vitrina va ko’rgazmalarni tashkil qilish bilan yakunlanishi kerak.
Masalan, «Rejalashtirishga doir maslahatlar», «Bolalar hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilishga doir eslatmalar» va shu kabilar.
Nazorat savollari:
1. Ta`lim – tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning shakli va usullarini izohlang.
2. Pedagogik jarayonlarni rejalashtirishda uslubchining raxbarligi nimalarda deb
bilasiz.
3. Uslubchi tomonidan nazorat turlari va nazorat qilish metodikasi.
4. Uslubchining ochiq mashg’ulotlarni tashkil etishdagi roli.
Testlar