O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

9.1.
 
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ta`lim - tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etishga raxbarligi. 
 
Respublikada ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, Ta`lim 
to’g’risidagi qonunva Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi 
maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tubdan yaxshilashni talab etadi. Ta`lim - 
tarbiyaviy ishni takomillashtirishning muhim yo’llaridan biri uslubchining ilg’or 
fan va amaliyot maktabgacha ta`lim muassasalar oldiga qo’yadigan dolzarb 
psixologik - pedagogik muammolarni bilishidir. Uslubchi yosh guruxlarida 
bolalarning hayoti va faoliyatlari qanday uyushtirilishini, ularni uyushtirish 
xususiyatlari qandayligini bilishi zarur. 
Bugungi davrda bolalarning mustahkam sog’lig’iga va bola shaxsining har 
tomonlama rivojlanganligiga asos solishi lozim bo’lgan maktabgacha ta`lim 
muassasa oldiga ko’yiladigan talablar ortib boradi. Keyingi yillarda maktabgacha 
ta`lim muassasaga qatnovchi bolalar salomatligining holati sezilarli. yaxshilandi. 
O’tkazilgan tadqiqotlar bolalarda kasallanishning yuqori bo’lishi ularning 
maktabgacha ta`lim muassasa sharoitlariga moslashish davrlariga to’g’ri kelishini 
ko’rsatdi. SHuning uchun uslubchining muhim vazifasi oila va maktabgacha ta`lim 
muassasining intilishlarini bolalarni, ayniqsa ilk yoshdagi bolalarni bolalar 
jamoasidagi hayot va faoliyat sharoitlariga moslashishlari uchun qulay sharoitni 
yaratishga yo’llashdan iborat bo’lishi kerak. 
Uslubchi tarbiyachilarning guruxdagi bolalarning emotsional ijobiy tonusini 
yaratishga doir faoliyatlarini tahlil qiladi. Afsuski, bolaga iliqlik, e`tibor, muhabbat 
etishmaydigan oilalar uchrab turadi. Bunday bola bog’chada kamdan - kam 
quvonadi, ko’pincha ezilgan holatda bo’ladi. Ruhiy holatdagi bunday badastur 
emaslik to’rejab borar ekan, vaqti kelib bola psixikasida va jismoniy sog’lig’idagi 
patologik o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Bu guruxlarda bolalar hayoti va 


90 
faoliyatlarini ortiqcha chegaralash ham emotsional-ijobiy tonusning pasayishiga 
olib keladi. Bolalar jamoada, nisbatan guruxning kichik xonasida va uchastkada 
bo’lishdan charchaydilar. Bundan tashqari bolalarni ortiqcha chegaralash va ularga 
g’amxo’rlik qilish ham ularning mustaqilliklari, tashabbuslarining usishiga yordam 
bermaydi, bolalarda faol faoliyatga bo’lgan ehtiyojni pasaytiradi. Kun tartibida 
harakatli o’yinlar va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari vaqtining anchagina 
oshirilishi bolalarning toliqishlarini sezilarli kamaytirib, ularning mehnat 
qobiliyatlarini oshirgan va shu orqali jismoniy rivojlannishlari uchun sharoitni 
yaxshilagan. Biroq buning o’zi kifoya qilmaydi, bolalar faollik, mustaqillik hamda 
tashabbusni ko’proq namoyon qiladigan, ularning erkin harakat qilishiga imkon 
beradigan xilma - xil faoliyatlarini uylab topish va ta`minlash zarur bo’ladi. Bu 
uning faol yaxshi kayfiyatini, quvnoqligini oshiradi, bolaning jismoniy va psixik 
salomatligida ijobiy aks etadi. 
Guruxlarda ta`lim - tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va uni nazorat 
qilinishi bola shaxsini z;ar tomonlama va garmonik rivojlanishini ta`minlashga 
hamda tarbiyachilarga kasb mahoratlarini ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni 
pedagogik tahlil qilish asosida oshirishlariga aniq va amaliy yordam ko’rsatishga 
yo’l-langan. 
Maktabgacha ta`lim muassasadagi metodik ish kompleks va ijodiy jarayon 
bo’lib, unda tarbiyachilarni bolalar bi-lan ishlashning aniq metod va usullariga 
amaliy o’rgatish amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasadagi hamma tomonidan e`tiborga olingan 
an`anaviy ish shakli tarbiyachilarning guruxlardagi pedagogik faoliyatlarini 
kuzatish, tahlil qilish va baholashdir. Ishni tahlil qilishda uslubchi pedagoglar 
ishidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni ko’rsatadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf 
qilishning aniq tadbirlarini belgilaydi. 
Guruxlardagi ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni kuzatishni uslubchi aniq 
belgilangan maqsadni ko’zlab amalga oshiradi. Masalan, bolalarda mustaqillikni 
tarbiyalash darajasini o’rganar ekan, kuzatishning taxminan quyidagi rejani 
belgilaydi: bolalarda mustaqillik malakalarini tarbiyalash uchun guruxdagi 
sharoitlar qanday, ular nimalarda aniq ifodalanadi, ularning darajasi dastur 
talablariga muvofiq keladimi, bolalar pedagogga, enagaga qanday holatlarda, 
qanday yordam surab murojaat qiladilar, tarbiyachi va enaga bolalarning yordam 
haqidagi iltimoslariga qanday javob beradilar (yordam beradilar, bolaga ishni o’zi 
bajarishini taklif qiladilar, o’rtog’iga yordam so’rab murojaat kilishni tavsiya 
kiladilar), bolalar bir - birlariga yordam berish ishtiyoqini bildiradilarmi, tarbiyachi 
bolalarning individual xususiyatlarini, ularning temperamentlarini qanday hisobga 
oladi? Guruxdagi mehnat faoliyatini o’rganish, kuzatish va tahlil qilish rejaga 
uslubchi quyidagi masalalarni kiritadi: mehnat turi va yoshlariga ko’ra bolalar 
qanday mehnat malakalarini egallaganlar, bu malakalarning darajasi va dastur 
talablariga muvofiqligi, mehnat topshiriqlarini bajarishda bolalar mustaqillik va 
tashabbuskorlikni 
namoyish 
qiladilarmi, 
bolalarning 
mehnat 
faoliyatiga 
munosabatlari qanday, salbiy munosabat sabablari, guruxda olib boriladigan 
tarbiyaviy ishda bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, ularda mehnatga, 
kattalar mehnati natijalariga hurmatni tarbiyalash qanday o’rinlarni egallaydi, 


91 
bolalar mehnati uchun zarur inventar bormi, ular qaerda va qanday saqlanadi, 
bolalar ulardan erkin foydalana oladilarmi? (Sayrlarni kuzatish va tahlil qilish 
uchun uslubchi quyidagi masalalarni nazarda tutishi mumkin: kun tartibiga ko’ra 
sayrga chiqish vaqti, uning davomiyligi, maydonchada bolalarning o’yin 
faoliyatiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar qanday, bolalar 
o’yinlarining tematikasi, syujeti va mazmuni, o’yinlarga rahbarlik qilish usullari, 
bolalarning maydonchadagi harakat faolliklarining yuqori darajasi ta`minlanganmi, 
ularning bilish faolliklari qondirilganmi, har bir bolaning mehnat faoliyati uchun 
sharoit yaratilganmi, sayr mazmuni yil fasli va ob - havo holatiga muvofiqmi? 
Ko’pgina maktabgacha ta`lim muassasalarda metodik ishning eng yaxshi 
tarbiyachilarning o’z ishlari xaqidagi ijodiy hisobotlari kabi shaklidan 
muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Bunday hisobotlar tematikasi eng dolzarb hamda 
maktabgacha ta`lim muassasalar ish praktikasida hali etarlicha hal etilmagan 
muammolar, masalan, ilk yoshdagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasidagi 
hayot va tarbiyaning yangi sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashuvlarini 
ta`minlash; bolalarni maktabda o’qishga sotsial va maxsus tayyorlash; 
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalanganliklarini baholash mezoni 
va shu kabilarni qamrab oladi. 
Tarbiyachi nazariy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan, shu sohadagi 
tadqiqotlar bilan tanish bo’lsa, u o’z ishini shunchalik chuqur tahlil qiladi, uning 
asosli xulosalar chiqarishi va tavsiyalar berish uchun etarli bo’lgan axboroti 
shunchalik ob`ektiv bo’ladi. Uslubchi tomonidan tajribasi o’rganilayotgan 
tarbiyachiga yordam tarzida pedagogik o’z ish tizimini pedagogika fani nuqtai 
nazaridan o’rganishga yo’llovchi xotiranomalar tuziladi, o’rganilishi shart bo’lgan 
asosiy adabiyotlar ruyxati tavsiya qilinadi. Amaliyot tarbiyachining o’z faoliyatini 
o’rganish unga aqliy hamda ma`naviy kamol topishda, pedagoglik faoliyatining 
sayqal topishiga yordam beradi. Bu o’rinda pedagogning bolalarga ta`lim va 
tarbiya berishning eng samarali shakllarini ularning psixologik - fiziologik 
xususiyatlarini hisobga olib tanlay bilishiga, bolalarning mustaqillik darajalariga, 
pedagogning ayrim bola, beradigan yordami xarakteriga alohida e`tibor qiladi. 
Masala tayyor bo’lganiqan so’ng tarbiyachi, uslubchi yoki maktabgacha 
ta`lim muassasasining mudiri tajribaning mohiyati, tarbiyachi qo’llayotgan ish 
metod va usullarining pedagogik qimmati haqida og’zaki axborot beradi, ularning 
ishning boshqa metodlariga nisbatan afzalliklarini tushuntiradi, tarbiyachi o’z 
ishida duch keladigan, hal etilmagan masalalar, qiyinchiliklarni sanab o’tadi. Ilg’or 
pedagogik tajribani o’rganishning keyingi bosqichi uning afzalliklarini amalda 
ko’rsatishdir. SHundan so’ng amaliy tavsiyalar, xotiranomalarga ishlov beriladi. 
Joriy qilish faqat ilg’or tajribani bilishnigina emas, balki yangicha ishlay bilishni 
xam talab qiladi, bu esa o’zidan-o’zi bo’lmaydi, tarbiyachilarga pedagogik 
texnologiyani o’rgatish lozim. SHu maqsadda maktabgacha ta`lim muassasasida 
seminarlar, seminar - mashg’ulotlar, ko’rgazmalar, murabbiychilik tashkil qilinadi. 
Uslubchi pedagoglarni novatorlik tajribasidan ijodiy foydalanishga yo’llaydi va uni 
amaliy ruyobga chiqarishda yordam beradi. 
Maktabgacha ta`lim muassasalari ishida metodik ishning pedagoglar 
jamoasa metodik o’quvining nazariy seminarlar va ayniqsa, turli eng dolzarb 


92 
muammolari bo’yicha seminar - mashg’ulotlar kabi shakllari keng tarqalgan. 
Masalan, «Ilk yoshdagi bolalarni o’stirish va tarbiyalashning dolzarb muammolari» 
seminarida tarbiyachilar bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishlarini medik - 
pedagogik nazorat qilish tajribasi bilan o’rtoqlashadilar, ilk yoshdagi bolalar 
guruxlaridagi ishni rejalashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish 
metodikasi, madaniy - gigienik malakalarni tarkib toptirish malakalarini 
egallaydilar, zaif, rivojlanishda vaqtincha orqada qolgan bolalar bilan ishlash 
xususiyatlarini o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim muassasasi kun 
tartibida bolalar harakat faolligi» seminar - mashg’uloti jarayonida tarbiyachilar 
asosiy harakatlarni qomatni yaxshilovchi gimnastika elementlaridan foydalanib 
bajarishning malaka va ko’nikmalarini egallaydilar; sport element-lari kiritilgan 
o’yinlar texnikasini, xronometraj qilish, bolalarning sayr vaqtidagi harakat 
faoliyatlarini rejalashtirishni o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim 
muassasasidagi mashg’ulotlarga maktab islohoti nuqtai nazaridan qo’yiladigan 
zamonaviy talablar» seminar - mashg’uloti. Metodik ishning bu shakli orqali 
uslubchi dasto’rning eng qiyin mavzularining ilgarilovchi ishlanmalarini sinab 
ko’radi. 
Seminar - mashg’ulotlar ilg’or tarbiyachilarning ishlarini amaliy ko’rsatish 
bilan xarakterlanadi. Bo’lar ishning kerakli usul va metodlarini ko’rilgandan 
keyingi tahlili hamda muhokamasi bilan ishonarli va aniq ko’rsatish imkonini 
beradi. Metodik o’qishning bu shakli shuningdek bolalarning ishtirokisiz ishning u 
yoki bu metodlariga ishlov berilishini ham nazarda tutadi. Uslubchi yoki tarbiyachi 
ishning bu usullarini tarbiyachilar seminar - mashg’ulot qatnashchilari 
xarakatlarini boshqarib ko’rsatadi. 
«Yoz davrida tabiatdagi kuzatishlarni tashkil qilish va o’tkazish 
xususiyatlari» seminarida muammo muhokama qilinadigan savollar tarbiyachilarga 
oldindan beriladi. Masalan, mashg’ulotlar (ekskursiyalar), sayrlar, kundalik 
hayotda tabiat ob`ektlarini kuzatishni qanchalik ko’p o’tkazasiz? Kuzatishlarni 
uyushtirish va o’tkazish metodikasida nimani asosiy deb hisoblaysiz? Kuzatishlar 
metodikasida qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz? Bolalarda tabiatga qiziqishni 
o’stirish va kuzatuvchanlikni tarbiyalash uchun qanday usullardan foydalanasiz? 
Tabiatdagi qanday kuzatishlar bolalar tashabbusi bilan yuzaga keldi? Bolalarning 
sinchkovligini, qiziquvchanligini qanday qo’llab - quvvatlaysiz, uyg’otasiz? Tabiat 
bilan munosabatda bo’lishlari bolalarning xulq - atvorlariga qanday ta`sir 
ko’rsatadi? Bolalar bilan tabiatshunoslikka doir ishlarda ekologik tarbiya 
elementlaridan foydalanasizmi? 
Nazariy seminarlar va seminar - mashg’ulotlarning qarorlari aniq xamda real 
bajarilishi mumkin bo’lgan tavsiyalar tarzida rasmiylashtirilishi, ularni qo’llanish 
esa uslubchi va maktabgacha ta`lim muassasasi mudirining nazorati ostida bo’lishi 
muhimdir. 
Ayrim 
pedagoglarga 
dasto’rning 
murakkab 
mavzulari 
bo’yicha 
mashg’ulotlar va bolalar faoliyati boshqa turlarining rejalarini ishlab chiqishni 
topshirish, ularni seminarlarda jamoa bo’lib muhokama qilishda eng kulay 
variantlarni tanlash lozim. 


93 

Download 2,1 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish