Uslubchi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
9.3. Uslubchi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish. 
Ta`lim - tarbiyaviy ish holatini nazorat qilishning asosiy maqsadi barcha 
yosh guruxlaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish va har bir tarbiyachiga 
mav-jud kamchiliklarni bartaraf qilishda aniq yordam ko’rsatishdan iboratdir. 
Uslubchi gurux hayotining barcha tomonlarini ko’rishi, tarbiyachi ishining, bolalar 
xulq - atvorining mohiyatini chuqur bilishi, asosiysini, muhimini farqlay olishi, 
faktlarni qayd etish bilan cheklanmay, ularning sabab va oqibatlarini aniqlashi 
lozim. 
Nazorat agarda uslubchi pedagoglarning ishlarini chuqur tahlil qilsa, uning 
kuchli va zaif tomonlarini ko’rsatsa, mavjud kamchiliklarni yo’qotishning aniq 
yo’llarini aniqlashda yordam bergan hollardagina tarbiyaviy ishni yaxshilashning 
amaliy vositasi bo’lishi mumkin. 
Uslubchi ta`lim - tarbiyaviy ishni nazorat qilishni tarbiyachi ishini bevosita 
kuzatish va tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiradi. Eng yaxshi maktabgacha 
ta`lim muassasalar tajribasi nazorat qilishning tematik, frontal, ogohlantiruvchi va 
solishtirish turlari samaraliroq ekanligini ko’rsatdi. 
Tematik nazorat nazoratning maktabgacha ta`lim muassasalarda eng keng 
tarqalgan turidir. Tematik nazorat tarbiyachining ish tizimini dasturda ko’rsatilgan 
ma`lum tema doirasida o’rganishni nazarda tutadi.. 


95 
Masalan, 
uslubchi 
ma`lum 
bo’lim 
bo’yicha 
dastur 
qanday 
bajarilayotganligini; tarbiyachi mashg’ulotlar o’tkazish metodikasini egallagan-
egallamaganligini bolalarda madaniy - gigienik va mehnat malakalarining darajasi 
qandayligini; bolalar o’yinida tarbiyachining roli qandayligini; sayrlardan jismoniy 
tarbiya va tevarak - atrof bilan tanishtirish maqsadlarida foydalanilayotganligi yoki 
yo’qligini; bolalarni maktabda o’qishga psixologik tayyorlash sifati qandayligini 
va shu kabilarni tekshiradi. 
Tajribali, pedagoglik mahorati yuqori bo’lgan tarbiyachilar ishlaydigan 
guruxlarda uslubchi tematik nazoratni bu tarbiyachilarning ish tizimlarini o’rganish 
va ilg’or tajribani yoyish maqsadlarida o’tkazadi. 
Frontal – yalpi nazoratning maqsadi tarbiyachining ishi, u yoki bu guruxdagi 
butun pedagogik jarayonning darajasi, mazkur tarbiyachining ish uslubi haqida 
umumiy tasavvurga ega bo’lishdir. Nazoratning bu turi guruxga butun kun 
davomida yoki hatto bir necha kun davomi-da kirishni nazarda tutadi. Bunday 
tekshirish tarbiyachining butun gurux va alohida har bir bola bilan qanday 
ishlayotganligini, bolalarning uyushgan - uyushmaganligini, ularning nimalarga 
kiziqishini, dastur materialini qanday o’zlashtirayotganliklarini, ularning ko’nikma 
va malakalari qandayligini, tarbiyachi bolalarni qanday qabul qilishini, ota - onalar 
bilan qanday suhbatlashishini, mashg’ulotlar, kun tartibi jarayonlarini qanday 
o’tkazishini, bolalar o’yini va mehnatiga qanday rahbarlik qilishini, bolalar hayoti 
va ko’ngil ochishlarni qanday uyushtirishini tekshirish imkonini beradi. Bu holatda 
u tarbiyachilar ishlaridagi qiyinchiliklarni qayd etadi va ularga tegishli yordamni 
ko’rsatadi. Nazoratning bu turi tarbiyachining hujjatlari, bolalarning ishlari, 
pedagogik jarayonning jihozlanishi bilan tanishishini nazarda tutadi. Uslubchi 
tarbiyachining mustaqil o’qish rejasi va uning borishini ham nazardan chetda 
qoldirmasligi kerak. 
Frontal – yalpi tekshiruvlar yakunlari pedagoglar kengashi yoki ishlab 
chiqarish majlisi muhokamasiga quyiladi. 
Yosh tarbiyachilar ishlaydigan guruxlarda ogohlantiruvchi nazorat amalga 
oshirilish mumkin. Bu nazorat pedagogik jarayonni kuzatish yoki tarbiyachi bilan 
suhbat o’tkazish shaklida o’tkaziladi. Ogohlantiruvchi nazorat tarkibiga 
pedagoglarning ish kuniga tayyorgarliklarini, ta`lim va tarbiya metodikasini 
qanchalik egallaganliklarini, ilg’or amaliy tajribani qanday joriy qilayotganliklarini 
aniqlash kiradi. Nazorat bu turining asosiy maqsadi tarbiyachi, ayniqsa, ishni endi 
boshlagan pedagog ishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish, 
uning faoliyatini yaxshilashga yordam berishdir.
 
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ishida qiyosiy nazorat 
muhim o’rinni egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati bir tarbiyachining pedagogik 
jarayonini boshqasining ish tajribasi bilan solishtirib tahlil qilish va baholashdir. 
Parallel guruxlar tarbiyachilarining ishlarini solishtirish mumkin. Uslubchi, 
masalan, ayni bir dastur mazmunidagi mashg’ulotni ikkala tarbiyachida kuzatadi, 
foydalanilayotgan o’qitish metodi va usullarini, mashg’ulotlarda bolalar mustaqil 
faoliyatlarining tashkil etilishini, olingan natijalarni, bolalarning aqliy va axloqiy 
rivojlanish darajalarini solishtiradi. 


96 
Qiyosiy nazoratni dasturning ayrim bo’limlarining bajarilishini tekshirishda, 
turli tarbiyachilar bolalaridagi bilim, ko’nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda 
qo’llash maqsadga muvofivdir. Solishtirish natijalari pedagoglar kengashida 
muhokama materiali bo’lishi mumkin. 
Qiyosiy nazorat guruxlariga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, 
rejalarni, bolalar ishlari va boshqa hujjatlarni tahlil qilish shaklida o’tkazilishi 
mumkin. 
Uslubchi kun tartibi jarayonlari, o’yinlar, mashg’ulotlarni har xil darajada 
o’tkazilish sabablarini, bolalar bilimlarining sifatini tarbiyachilar bilan birga tahlil 
qiladi va birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi. 
Qiyosiy nazorat eng yaxshi tajribaning tarqalishiga, ta`lim - tarbiyaviy 
jarayonning yaxshilanishiga yordam beradi va barcha gurux tarbiyachilarining 
umumpedagogik darajalarining oshishiga yordam beradi. 
Nazoratning istalgan turi agarda metodist unga jiddiy hamda puxta 
tayyorgarlik ko’rgan holdagina samarali bo’lishi mumkin. 
Eng avvalo tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan, kichik 
guruxda bolalarning kun davomidagi xilma - xil faoliyatlari uchun sharoitlarning 
yaratilishini kuzatish; katta guruxda bolalarning o’yin va mehnatidagi o’zaro 
munosabatlarini kuzatish (ular inoq uynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat 
kila oladilarmi); o’rta guruxda nutqni o’stirishga doir dasto’rning o’zlashtirilishini 
tekshirish. Maqsadni belgilab, uslubchi tarbiyachining reja bilan uni «Uchinchi 
mingyillikning bolasi dasturi» talablariga solishtirib tanishadi, oldingi tekshiruv 
natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o’rganadi, 
oldindan tarbiyachi va bolalar bilan suhbatlashadi, metodik adabiyot yangiliklari, 
ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar 
ma`lumotlari bilan tanishadi va nihoyat, tekshirish jarayonida javob olmoqchi 
bo’lgan savollarni mo’ljallab tekshirishning qisqa, ammo aniq rejani ishlab 
chiqadi. 
Guruxga kirish mo’ljallanganligi haqida uslubchi pedagogik, agarda bu 
kirish ishda ilgari qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga 
oshirilayotgan bo’lsa, oldindan ogohlantiradi. Guruxga kuproq ogohlantirishsiz 
kirish yoki kirish haqida tekshirish kuni, ertalab ogohlantirish lozim. Bu 
tarbiyachilarda asta - sekin ishda ma`lum ritmni shakllantiradi. 
Biror bo’lim bo’yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida 
tarbiyachi oldindan (kvartal yoki yarim yil oldin) ogohlantiriladi. Bunday 
ogohlantirish pedagoglarni o’z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga,vdr 
bir bolaning rivojlanish va dasto’rni o’zlashtirishini ob`ektiv baholash-ga safarbar 
etadi. Uslubchi o’z mulohazalarini pedagogga mashg’ulotdan so’ng vaziyatda 
aytadi. Agarda mulohazalarni ish vaqtida aytish zaruriyati tug’ilsa, bu bolalarga 
bildirmay va o’ta xushfe`llik bilan qilinadi. Tarbiyachi olib borayotgan ishga 
aralashish mumkin emas, bola hayotiga biror xavf tahdid qilgan holatlar bundan 
mustasno, agarda metodist u yoki bu jarayonni qanday olib borish kerakligini 
tarbiyachiga ko’rsatish zarur deb bilsa, oldindan kelishib olinganligiga ko’ra u 
tarbiyachining o’rnini, tarbiyachi esa kuzatuvchi o’rnini egallaydi.


97 
Shuni unutmaslik kerakki, guruxga bir marta, bir lahzaga kirish 
tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi. Agarda metodist 
bir faoliyat turini yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo’ygan 
bo’lsa, u holda faoliyatning bu to’rini boshdan oxirigacha tuliq kuzatib chikishi 
kerak bo’ladi. 
Kuzatish vaqtida tarbiyachi va bolalar faoliyatidan faktlarni qo’yilgan 
maqsadga ko’ra yozib borish tavsiya qilinadi. Olingan faktik materiallardan 
uslubchi tekshiruv natijalari bo’yicha pedagog bilan bo’ladigan suhbatda 
foydalanadi. Har bir yozuvga sana qo’yiladi kuzatish, tahlil temasi va maqsadi, 
xulosa va takliflar qayd etiladi. 
Pedagogning ishini kuzatish natijalari haqidagi yozuvlarni uslubchi maxsus 
nazorat daftarida taxminan quyidagi jadval bo’yicha yuritadi: 
Nazorat 
maqsadi 
Tarbiyachining 
xatti-xarakati 
Bolalarning 
xatti-xarakati 
Ijobiylik, 
kamchiliklar 
Takomillashtirish 
uchun takliflar 
Birinchi jadvalda nazoratning maqsadi ko’rsatiladi, ikkinchisida mashg’ulot, 
bolalar mehnati o’yini, kun tartibi jarayonining borishi, tarbiyachi foydalanayotgan 
vosita, ish metod va usullari qisqacha, izchil yoritiladi, uchinchisida - bolalarning 
xatti - harakati, bolalarning tarbiyachi savollariga javoblari, ularning topshiriqlarni 
bajarishlari va uning sifati, bolalarda shakllantirilayotgan ko’nikma va 
malakalarning darajasi qayd etiladi. To’rtinchi jadvalda foydalanilayotgan metod 
va usullarning samarasi, muvaffaqiyatli pedagogik topilmalar, shuningdek 
kamchiliklar, ularning sabablari, beshinchisida - kamchiliklarni bartaraf kilish va 
tarbiyachining guruxdagi ishini takomillashtirishga doir takliflar beriladi. 
Barcha yozuvlar yakunida umumiy xulosa chiqariladi va mashg’ulot yoki 
kun tartibi jarayonini o’tkazish darajasi baholanadi hamda tarbiyachi ishini 
yaxshilash 
va 
takomillashtirishga 
yo’llangan aniq tavsiyalar beriladi, 
kamchiliklarni bartaraf qilish yo’llari ko’rsatib o’tiladi. 
Uslubchining pedagog bilan suhbati nazorat qilishning muhim bosqichi 
hisoblanadi. Suhbat individual va boshqa tarbiyachilar ishtirokida bo’lishi 
mumkin. Suhbat tarbiyachi ish smenasining oxirida yoki ertasiga o’tkaziladi. 
Bunday suhbatlarni juda kechiktirib yubormaslik kerak. 
Birinchi so’z o’z - o’zini tahlil qilishi uchun tarbiyachiga beriladi. Bu o’z 
ishini ob`ektiv baholash ko’nikmasini o’stiradi. So’ngra metodist ko’rilganni 
tekshirish oldiga qo’yilgan maqsadga ko’ra tahlil qiladi. Bunda u tarbiyachi 
ishidagi barcha qimmatli tomonlarni aytib o’tishni unutmaydi, muvaffaqiyatsizlik 
sabablarini tahlil qiladi, ularni bartaraf qilishning mumkin bo’lgan yo’llarini 
ko’rsatadi. 
Tarbiyachi ishining bunday tahlili uslubchiga pedagoglar ishonchini 
qozonish, ular bilan ishga doir printsipial va ayni bir vaqtda iliq o’zaro 
munosabatlarni o’rnatishga yordam beradi. Suhbat vaqtida baxsli masala yuzaga 
keladigan va tarbiyachi metodistning fikriga qo’shilmaydigan hollar ham bo’ladi. 
Bunday holda masalaning tahlili va uning hal qilinishini jamoa muhokamasiga 


98 
ko’yish kerak. Tarbiyachining ishini siz uylagandek bajarishga oddiygina majbur 
qilish emas, balki uni ishontirish yoki agarda u haq bo’lsa, uning fikriga qo’shilish 
muhimdir. 
Xar qanday nazorat agarda uslubchi qabul qilingan ko’rsatma, tavsiya, 
qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam 
nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi, ularning topshirilgan ish 
uchun mas`uliyatlarini oshiradi. Uslubchining ko’rsatma va tavsiyalar berish bilan 
cheklanib qolmasligini, ularning qanday bajarilganligini albatta tekshirishini bilar 
ekanlar, maktabgacha ta`lim muassasasining tarbiyachilari o’zlarining loqayd 
bo’lishlariga yo’l qo’ymaydilar. 
Muntazam nazorat — bu faqat ilgari aytilgan ko’rsatma va takliflarning 
ijrosini tekshirishgina emas, balki guruxda ma`lum vaqt bo’lagida qilingan ishlarni 
solishtirib ko’rish hamdir. Masalan, o’quv yilining boshida bolalarning 
mashg’ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar 
muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini, bolalarda 
mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini etarlicha rivojlantirmasliklari va shu 
kabilarni ko’rsatdi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda 
muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo’llarini belgilab, uslubchi yarim yildan 
so’ng boshlang’ich ma`lumotlarni yangi ma`lumotlar bilan solishtirib yana 
tekshiradi. 
Nazoratning yuqorida ko’rsatib o’tilgan tur va shakllarining amalga 
oshirilishi uslubchiga guruxlarda ta`lim - tarbiyaviy ishlarning yo’lga 
qo’yilganligini o’rganish, o’z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam 
berishga aniqroq yo’llash imkonini beradi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Uslubchi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish