120
Dasturxon atrofida odob saqlash. Kattalrni to’rda o’tirishga
taklif etish,
kichiklarni ularga nisbatan iltifotli bo’lishga o’rgatish. Ovqatga kattalardan oldin
qo’l cho’zmaslik, sabrli bo’lish kabi odatlarni shakllantirish.
VI. Maktabgacha tayyorlov davri
(6 yoshdan 7 yoshgacha)
Bolalarni hunarmandchilikka qiziqtirish.
Duradgor, naqqosh, o’ymakor,
sopolsoz, kashtachi, tikuvchi, do’ppido’z kabilarning mehnati bilan tanishtirish.
Nazorat savollari:
1.
Madaniy – gigienik malakalar deganda qanday jarayonlar tushiniladi?
2.
Guruxlarda bolalardagi madaniy – gigienik malakalarini tarbiyalashda
tarbiyachining rolini nimada deb bilasiz?
3.
Ilk yosh guruxlarida bolalarda shakllantiradigan madaniy –
gigienik
malakalarni izohlab bering.
4.
Kattalar mehnatini tushuntiring.
Adabiyotlar:
1.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2.
Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
3.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y.
4.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari. Toshkent 2008 y.
5.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
6.
Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
7.
―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y.
121
XII BOB. Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning o’yin faoliyatiga raxbarlik
(amaliy)
Reja:
1.
Uslubchi tomonidan o’yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish.
2.
O’yin jihozlari va o’yinchoqlarni turkumlash.
Mustaqil ish: Xar bir guruxda ―Tayanch dastur‖ iga kiritilgan didaktik o’yinlarni
guruxdan guruxga o’tishdagi mazmunini murakkablashtirish jadvalini tuzish.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga o’yin faoliyatiga raxbarlik qilish, o’yin
jarayonini jihozlash, o’yinchoqlarni turkumlash to’g’risidagi bilimlarini
mustahkamlash.
Mavzuning vazifasi:
1.
O’yin turlari, o’yinchoqlarga qo’yiladigan talablar jadval
- jadvalsini tuzishga o’rgatish.
2.
O’yin faoliyatini tashkil etish va unga raxbarlik qilish
to’g’risidagi amaliy ko’nikmalar hosil qilish.