Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
11.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik 
malakalarini egallash darajalari. 
 
5 - 7 yoshli bolalar katta yoshlilar mehnatiga zo’r qiziqishni, biror mehnat 
jarayonini bajarishda kattalar bilan birga qatnashish yoki biror narsani mustaqil 
bajarish ishtiyoqini namoyon qiladilar. Ularning faoliyatlari kichik maktab 
yoshdagilarga nisbatan anchagina maqsadga yo’naltirilgan, e`tiborlari ham 
maqsadga qaratilgandir. Bolalarda mehnat malakalari, mehnat qilish odatini 
shakllantirish, har bir ishni oxiriga etkazish ko’nikmasini tarbiyalash pedagogik 
jarayonni to’g’ri tashkil etib, quyidagi qoidalarga rioya qilingandagina: 
Katta guruhlarda o’ziga - o’zi xizmat ko’rsatish mehnati, xo’jalik - turmush 
mehnati, tabiatdagi mehnat, shuningdek, qo’l mehnatini tashkil etish. 
Kun tartib.iga ko’ra «Bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi ta`lim - 
tarbiya dasturi» asosida mehnat uchun nazarda tutilgan vaqtdan to’liq 
foydalanish. Bolalarni har xil sport turlariga muntazam jalb qilish. 
Mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan, bolalar faoliyatining yakka va 
jamoa turlaridan foydalanish. 
Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta`lim - tarbiya vazifalariga 
muvofiq tanlash. 
Xilma - xil mehnat turlarini tashkil etishda, ularni bolalar faoliyatining 
boshqa turlari bilan oqilona biriktirish orqaligina amalga oshirish mumkin. 
Har kuni kun tartibida guruhdagi barcha bolalar uchun va har bir bola uchun 
yakka mehnatni nazarda tutish kerak. Bolalar to’g’ri tashkil etilgan mehnatdan 
katta quvonchni his qiladilar. 


118 
Maktabgacha katta tarbiya yoshidagi bolalarning kun tartibida o’ziga - o’zi 
xizmat ko’rsatish mehnati sezilarli o’rinni egallaydi. Tarbiyachilar mustaqil 
yuvinish, kiyinish ko’nikmasini shakllantirishni davom ettiradilar, ular bolalardan 
yuvinish, echinish, ovqatlanish tartibini aniq bilishni, ularni o’z vaqtida va aniq 
bajarishlarini talab qiladilar. Tarbiyachi bu shakllangan ko’nikmalardan 
bolalarning o’zaro yordamlarini tashkil etish va axloqiy me`yorlarni tarbiyalashda 
foydalanadi. 
O’ziga - o’zi xizmatni yaxshi tashkil etish shartlaridan biri - kun tartibi 
jarayonlarini izchil va bosqichma - boskich o’tkazish va bunda barcha bolalarning 
ishtirok etishidir. Bolalar o’zlariga qo’yilayotgan talablarni tushunishlari va o’z 
burchlarini muntazam tarzda bajarishlari kerak. maktabgacha katta yoshdagi 
bolalarning o’ziga - o’zi xizmatlarini tashkil etishda guruh tarbiyachisi bolalardagi 
malakalarni hisobga olib, shunga muvofiq harakat usulinigina eslatadi va shu 
orqali ularning e`tiborini jalb qiladi. Tarbiyachi shuningdek bolalarning o’ziga - 
o’zi xizmat ko’rsatishiga doir ish sifatlarini hisobga olib boradi, uni baholaydi
nima yaxshi chiqmayotgan bo’lsa, tahlil qiladi. 
Katta va tayyorlov guruhidagi muhim vazifa nonushtagacha tayyorlanish, 
nonushtadan so’ng, shuningdek tushli va kech - tushki ovkatga tayyorlanish 
vaqtida navbatchilar ishini aniq tashkil etishdan iborat. Navbatchilik qilish 
ko’nikmasini shakllantirish ishi davom ettiriladi, chunki navbatchilarning 
vazifalari kengayib boradi. Navbatchilarni tayinlashda, bu ishda tajribaga ega 
bo’lganlar qatori yanti bolalarni tayinlash ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. 
Yil boshida tarbiyachi navbatchilarni o’z vazifalari bilan tanishtiradi, zaruriyat 
bo’lganda ayrim harakatlarni ko’rsatadi, topshirilgan ish uchun jamoa oldidagi 
mas`uliyatni ta`kidlaydi (o’z vaqtida kelish, harakatlar izchilligi, hamma narsani 
bolalar turishiga tayyorlash, asbob - anjomlardan to’g’ri foydalanish va shu 
kabilar). 
Navbatchilarning tabiat burchagidagi mehnati ham har kuni tashkil etiladi. 
Tabiat burchagida bo’ladigan navbatchilar ertalab baliqchalarni boqadilar, gullarga 
suv quyadilar, erlarni yumshatadilar, qushlar qafaslarini tozalashda yordam 
beradilar, vaqti - vaqtida ko’chat o’tqazishda ham yordam beradilar. 
Tarbiyachi va bolalar navbatchilar ishini nazorat qiladilar hamda uni 
baholaydilar. Oshxona bo’yncha navbatchilar nonushtaga, so’ngra tushlik va kech-
tushki ovqatga tayyorlanishda qatnashadilar. Mashg’ulotlarda navbatchi bo’lganlar 
material va qo’llanmalarni tayyorlaydilar, mashg’ulotdan so’ng ularni joy-joyiga 
olib qo’yadilar. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar mehnati orasida alohida o’rinni guruh 
xonalarida doimo tozalik va tartibni saqlash ishi egallashi lozim. Tarbiyachi 
bolalardan qaysi biridir kiyimini shkafga tartibli qo’ymaganligini ko’rib, masalan, 
shapka qaerda turishi kerakligini yoki koftochkaning engi nima uchun 
chiqarilmaganligini so’raydi. Vaqti - vaqtida (odatda haftada bir) bolalar tarbiyachi 
topshirig’iga ko’ra qo’llanma va o’yinchoqlarni artadilar, yuvadilar, guruh 
xonasini umumiy yig’ishtirishda qatnashadilar, Xo’jalik - turmush mehnatini 
yaxshi tashkil etishda bolalarning yonma - yon ishlab, umumiy natijani tasavvur 
qilishlari muhimdir. Ba`zan umumiy ishni bajarish uchun tarbiyachi vazifani 


119 
bolalar o’rtasida xar bir bolaning tajribasiga ko’ra taqsimlaydi va u ishni 
oxirigacha bajaradi. Mehnat vazifalarini uyushtirishda tashabbus va mustaqillikni 
namoyon qilganlarni rag’batlantiradi. Tayyorlov guruhiga tarbiyachi bolalar 
mehnatini tashkil etishning yana bir ko’rinishi hamkorligidagi mehnatdan 
foydalanadi. Bu holatda bolalardan bittasi ishning oz qismini bajaradi, ikkinchisi 
uni davom ettiradi. Qo’l mehnati ko’pincha mashg’ulotlarga barcha bolalar uchun 
bir vaqtda ulashiladi: o’yinchoqlar, qog’oz, yog’och, tabiiy materiallardan 
narsalarni bolalar butun guruh, bo’lib yoki kichik guruhlarga bo’linib bajaradilar. 
Bu maqsadda alohida joy jihozlanib, u erga material va asboblar joylashtiriladi. 
Yilning issiq vaqtlaridagi sayrlarda erni chopish va yumshatish, o’toq qilish, 
hosilni yig’ishtirish bo’yicha birgalikdagi ish tashkil etiladi. Bu holatda mehnatni 
tashkil etishning asosiy shakli guruh (3 - 4 bola) yoki zveno bo’lib bajariladigan 
davomli topshiriqlar bo’ladi. 
Shunday qilib, bolalar mehnatini to’g’ri tashkil etish har bir bolani har xil 
mehnat turlariga muntazam jalb qilishni nazarda tutadi, bunda ishning jamoa va 
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi, ish hajmi nazarda to’tiladi, uskunalar 
to’g’ri tanlanadi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish