87
Sayrlarni rejalashtirish. Odatda, sayrlarda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari
kuzatiladi. Rejada ularning mazmuni va asosiy usullari qisqacha bayon kilinadi.
Ko’pincha ular mazmuni tabaqalashtirilgan yalpi kuzatishlar tarzida
rejalashtiriladi. Ayrim kichik yosh guruhlari bilan kuzatishlar qo’shimcha
rejalashtirilishi mumkin. Bolalar mehnati ham shunday rejalashtiriladi. Masalan,
uchastkani yig’ishtirib, tozalash, yalpisiga ko’chatlarni ekish, sug’orish, o’toq
qilish esa kichik guruhlarning o’ziga mo’ljallanadi.
Vaqti - vaqtida tarbiyachi
kichkintoylar bilan katta bolalar mehnatini kuzatishni rejalashtiradi.
Tarbiyachi harakatli o’yinlarni mavsumga, ob - havoga qarab,
oldingi
mashg’ulotlardan kelib chiqib tanlaydi va ish rejasiga kiritadi. Sayrlarning
davomiyligi harakatli o’yinlarni turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan alohida
o’tkazish
imkonini beradi, bu ularning harakatlarini rivojlantirishda muhimdir.
Ammo ba`zan birgalikdagi harakatli o’yinlarni ham rejalashtirish kerak: ular
bolalarni birlashtirishga, do’stlik his - tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beradi.
Rejada bolalarning mustaqil o’yinlari, ayniqsa tabiiy materiallar bilan
o’ynaladigan o’yinlariga rahbarlik nazarda to’tiladi. Sayrlar vaqtida dasto’rning
barcha bo’limlariga doir bolalar bilan yakka tartibda ishlash albatta rejalashtiriladi.
Harakatlarni rivojlantirishga doir yakka tartibdagi ishga alohida e`tibor beriladi.
Uni har kuni (turli bolalar bilan o’tkazish) nazarda to’tiladi.
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kechki mashg’ulotlar fakat
kichkintoylar bilan o’tkaziladi. Ularni didaktik o’yynlar shaklida o’tkazishni
ko’proq rejalashtirish kerak. Mazmun, odatda, bilim va ko’nikmalarni
mustahkamlash maqsadida takror beriladi.
Kunning ikkinchi yarmidagi rejaning asosiy mazmuni turli o’yinlar, bolalar
mehnati va mustaqil badiiy faoliyatlariga rahbarlikdir. Bu ish, odatda, kichik yosh
guruhlari bilan yoki yakka tartibdagi ish tarzida rejalashtiriladi.
Faoliyatga
rahbarlik vazifalari, uyushtirish shakllari, ayrim usullar ko’rsatiladi.
Kunning ikkinchi yarmida vaqti - vaqti bilan ko’ngilochar o’yinlar,
bolalarning tug’ilgan kunlari, o’yin - saxnalashtirishlarni o’tkazish va qo’g’irchoq
teatrini qo’yish va ko’rish rejalashtiriladi.