Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`limning o’ziga hos




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

7.2. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`limning o’ziga hos 
hususiyatlari. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning umumiy rivojlanishi, shu 
jumladan, aqliy rivojlanishining yukori sur`atlari ta`limni turli yosh guruhlarida 
tabaqalashtirilgan holda tashkil etishni taqozo etadi. Bunda ta`limning o’ziga 
xosligi o’quv jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlarida: uning mazmunida, 
tuzilishida, metodlari va tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. 
Ilk 
yoshdagi 
bolalarga 
hayotining 
deyarli 
birinchi 
onlaridanoq 
ta`lim berish 
boshlanadi. 
Bola hayotining birinchi yilida bu ta`sirning asosiy vazifalari va mazmuni 
quyidagilardan:
a) bola sensorikasining rivojlanishi sezgi va idrokning: ko’rish hamda 
eshitishning shakllanishidan;
b) buyumli harakatlarning rivojlanishidan;
v) harakatlar: avval emaklash, so’ng esa yurishning rivojlanishidan;
g) bolalar nutqining rivoj-lanishidan iborat.
Bu vazifalarni hal etish chog’ida bolalarda kattalar ta`siri ostida buyumlarni 
tanish, kattalarning nutqini tushunish, ayrim tovush birikmalari va dastlabki 
so’zlardan faol foydalana olish malakalarini shakllantirish zarur. Bolalar ayrim 


72 
buyumlarni ularning xususiyatlariga ko’ra bilib olishni o’rganadilar, bunda 
murakkab bo’lmagan harakatlarni egallaydilar (yopish, ochish, dumalatish, ovoz
chiqarish). 
Kattalarning bir yoshli bolalarga ta`limiy ta`siri avvalo, bola bilan yakkama - 
yakka muloqotda bo’lish va uning mustaqil faoliyatini o’yinchoqlar, didaktik 
material va qo’llanmalar bilan tashkil etish orqali amalga oshiriladi, YAkkama - 
yakka muloqot albatta erkalovchn, xotirjam nutq asosida olib borilishi kerak. 
O’yinchoqlar bilan bo’ladigan mustaqil faoliyatni tashkil etish avvalo, ularni 
tanlash va bolalarning ular bilan bevosita muloqotda bo’la olish darajasida 
joylashtiriladi (ular manejda bolalarning bo’yi va qo’li etadigan masofaga osib 
yoki ilib qo’yiladi). Kattalar vaqti - vaqtida bolalar bilan birgalikda harakat 
qiladilar va uning qo’lini yo’naltirib boradilar. 
Bola hayotining biripchi yili ikkinchi yarmida bolalarning kattalarga taqlid 
qilishi qobiliyatining mukammallashib borishi va ular nutqini tushunishining oshib 
borishi asosida bolalarga buyumlar bilan bajariladigan u yoki bu harakatlarni 
ko’rsatish imkoni tug’iladi. Bunda ko’rsatish bolaning buyum bilan bajaradigan 
bevosita harakati asosida amalga oshiriladi. Bunday qisqa muddatli mashg’ulotlar 
kun bo’yi bir necha marta birvarakayiga 2 - 3 bola bilan o’tkaziladi. 
Ikki yoshli bolalarga ta`lim berish jarayoni birmuncha maqsadga yo’nalganlik 
va rejalilik tabiatini kasb etib boradi. Ta`lim jarayonida birinchi yilda tavsiya 
etilgan vazifalar hal etiladi, bo’lar: sensorikani rivojlantirish, buyumli harakatlar va 
buyumli faoliyatni rivojlantirish. Biroq, bolalarning voqelikda harakat qilishi 
birmuncha ko’zga tashlanib boradi. Bolalar yaqip atrofdagi buyumlarni ayniqsa, 
yorqin ajralib turadigan buyumlarni (shakliga, rangiga, katta - kichiklignga qarab) 
farqlashga, ulardan foydalanishga o’rganadilar. Ular maishiy ahamiyatga molik 
buyumlar va narsalar bilan: mebel, kiyim – bosh, idish - tovoq, o’yinchoqlar bilan 
tanishadilar; ayrim hayvonlarni farqlab va uning nomini ayta oladilar, ularning 
asosiy qismlariii, harakat tabiati (uchishini, yugurishi va hokazolar)ni farqlaydilar. 
Bolalarda o’simliklar haqidagi dastlabki tasavvurlar ham paydo bo’ladi: ular 
maysani, daraxtlarni, shamolni farqlaydilar, suv, qum haqida dastlabki tasavvurga 
ega bo’ladilar. Bu tasavvurlar ularni idrok etish chog’idagi bilib olish darajasida 
hamda rasm va o’yinchoqlarni ko’rib chiqish paytida shakllanadi. Bolalar ta`lim 
jarayonida asta - sekin o’xshash belgilari bo’lgan buyumlarni bir so’z bilan atash - 
dastlabki umumlashmalar chiqarish malakasini ham egallaydilar. 
Tasavvurlarni shakllantirishning butun jarayoni nutq egallash jarayoni bilan 
birgalikda kechadi. 
Ta`limning mazmuniga buyumlar bilan bajariladigan xilma - xil harakatlarni 
shakllantirish ham kiritiladi: didaktik o’yinchoqlar bilan (taxlash, tizish va 
boshqalar) qurilish materiallari bilan (terish, qo’yish va boshqalar), turli xil 
buyumlar — «qurollar»: kosa, qoshiq, belko’rak, xokandoz va hokazo (sepish, 
qo’yish, botirib olish va boshqalar)lar bilan qilinadigan harakatlar. Shuningdek, 
uning mazmuniga syujetli o’yinchoqlar bilan qilinadigan harakatlarga o’rgatish 
ham kiradi: avtomobilni g’ildiratish, qo’g’irchoqni ovqatlantirish, uni uxlatish va 
hokazo. 


73 
Asosiy harakatlarni rivojlantirish (yurish, emaklash, tirmashish), shuningdek 
muzika tarbiyasi - muzika sadolarini farqlashning dastlabki malakalarini, qo’shiqni 
his etishning dastlabki belgilarini, ohangga tushish va hokazolar ta`limning muhim 
bo’limiga aylanadi. 
Shunday qilib, ikki yoshli bolalarga beriladigan ta`limning mazmuni ko’p 
qirrali yo’nalish kasb etadi. U bolalarning atrof - muhitda dastlabki harakatini, 
nutqining rivojlanishi va dastlabki bilish va amaliy ko’nikma hamda 
malakalarining shakllanishini ta`minlaydi. 
Ta`lim jarayoni tuzilishi ikki vazifani hal etishga qaratilgan qismlar aniq 
ajralib turadi, bo’lar:
1) bolalarni yangi buyumlar, ularning sifatlari va ular bilan bajarila-digan 
harakatlarga o’rgatish va
2) keyingi harakat va tasav-vurlarni o’zlashtirishga o’rgatish.
Birinchi vazifani hal etishda kattalar buyumlar, rasmlarni ko’rib chiqish 
(kuzatish) va harakatlarni o’yinchoqlar hamda buyumlar bilan ko’rsatishdan 
foydalanadi. Bunda ularning nomlarini aniq atab va tushuntirib boradi. Bolalar 
harakat namunasini kuzatish va idrok etish chog’ida so’zlarni faol qo’llanishga 
da`vat etiladilar. Bunday mashg’ulotlar bolalarning uncha katta bo’lmagan 
guruhlari bilan kuniga 2—3 marta o’tkaziladi. 
Ayni paytda bolalarning buyumlar va o’yinchoqlar, xilma - xil didaktik 
materiallar bilan bo’ladigan mustaqil faoliyatini uyushtirishda davom etiladi. 
Kattalar ta`limni davom ettiradilar — zarurat bo’lganda, «birgalikdagi» harakatdan 
foydalanadilar - buyumlarni ko’rsatib so’z bilan tushuntiradilar. Bunda bolalarning 
mustaqilligini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish zarur. Buyumlar bilan 
bajariladigan harakatlarni namoyish etish bo’lingan holda o’tkaziladi. Biror - bir 
operatsiyani ko’rsatish bola harakatini uyushtirish bilan birga qo’shib olib boriladi. 
Bolalar ikkinchi yoshning ikkinchi yarmida kattalarning ko’rgazmali - harakat, 
so’ngroq esa, og’zaki ko’rsatmalari bo’yicha harakat qila oladigan bo’ladilar. 
Natijada bolalar hayotining dastlabki uchinchi yilida ularda boshlang’ich 
o’quv ko’nikmalarining elementar asoslari shakllanadi: kattalar ko’rsatmalariga 
ko’ra harakat qilib, o’zlariga tavsiya etilgan mazmunni o’zlashtiradilar. 
2 - 4 yoshli bolalarni o’qitish quyidagilarni ko’zda tutadi: 
1) yaqin atrofdagi buyumlar va hodisalarni tushunishlarini, ularning 
xususiyatlari haqidagi aniq tasavvurlarning shakllanishini yanada rivojlantirish. 
Ob`ekt va voqelikdagi hodisalar o’rtasidagi murakkab bo’lmagan aloqalar 
o’rnatish asosida bilimlarning dastlabki elementar tizimini o’zlashtirish;
2) sezgi va idrokni yanada takomillashtirish, sensor etalonlar tizimi haqidagi 
bilimlarni va ulardan ijodiy faoliyatning turli ko’rinishlarida foydalana olish 
ko’nikmalarini shakllantirish; 
3) o’quv faoliyatining dastlabki malakalarn: vazifani qabul qila olish, 
kattalarni tinglay va eshita olish, qo’yilgan savollarga javob bera olish 
ko’nikmalarini shakllantirish; 
4) bolalar nutqini rivojlantirish: lug’at boyligi va bog’lanishli nutqni yanada 
kengaytirish. 


74 
Bolalarni uch - besh yoshligida o’qitishning mazmuni ko’p qirrali bo’la 
boradi. Bu kattalar mehnatini uning asosiy tarkibiy qismlarida, shu jumladan, 
mehnat natijasi bo’lmish buyumlar haqidagi tasavvurlarda, jonsiz tabiat haqidagi, 
o’simlik va hayvonlar haqidagi tasavvurlarda va nihoyat, miqdor, fazo va vaqt 
haqidagi tasavvurlarni o’zlashtirishda namoyon bo’ladi. Ta`lim dasturiga bolalar 
tomonidan o’zlashtirish lozim bo’lgan murakkab bo’lmagan yo’llar va usullar, 
tasviriy - badiiy faoliyat malakalaripi shakllantirish kiritiladi. Bolalar tasviriy 
materiallar bilan (qalamlar, bo’yoqlar, loy bilan) tanishtiriladi, Ular buyumlarni, 
so’ng syujetni chizma orqali tasvirlashga oid dastlabki malakalarni egallaydilar, 
tasvirdagi obrazni anglash, keyin uni maqsadga muvofiq yaratish ko’nikmalarini 
o’rganadilar. Buyumlarda umumiy (etalonli) xususiyatlarni va shu bilan birga 
alohida o’ziga xoslikni ko’rish va tasvirlashni o’rganadilar; mazkur belgilarii 
chizmada va ranglarda bera oladigan bo’ladilar. Ifodali nutqqa, qo’shiq aytish va 
harakatlarga o’rgatish musiqa jo’rligida kechadi. Mashg’ulotlarda o’qitish va 
kundalik hayotda faol harakat tajribasining to’rejashi yuz beradi. Bolalar 
harakatning asosiy turlariga oid malakalarni (yurish, yugurish, tirmashish, sakrash) 
va jismoniy mashqlarni o’zlashtiradilar. O’z - o’ziga xizmat ko’rsatishda, xo’jalik - 
maishiy mehnatda elementar mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirish davom etadi. 
O’qitish mazmunining o’ziga xosligi, bolalar bilish faoliyatining xususiyatlari 
(ko’rgazmali - harakat va ko’rgazmali - obrazli tafakkurning afzalliklari) undagi 
katta o’ziga xos alohida farqlarning mavjudligi ta`lim jarayonini tashkil etishning 
tabiatini, uning metodlarini belgilaydi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasilaridagi birinchi kichik guruhlarda olib 
boriladigan o’qitish mashg’ulotlari ilk yoshdagilar guruhidagi kabi kichik 
guruhchalarda tashkil etiladi (kun davomida ikki mashg’ulot o’tkaziladi) va ular 
o’yin ko’rinishiga ega bo’ladi. Bolalarni ikki kichik guruxgacha bo’lish 
tarbiyachining mashg’ulotda har bir bola bilan bevosita muloqotda bo’lish zarurati 
bilan bog’liqdir. 
Mashg’ulotlarning tuzilishi harakatlarni ko’rsatishni ularning bolalar 
tomonidan bajarilishi bilan tarbiyachi nutqini tinglashni bolalarning faol nutqiy 
faoliyati bilan navbatlashtirib turishni ko’zda tutadi. Mashg’ulot davomida bu 
tarzda navbatlantirish odatda, bir necha marta takrorlanadi. 
Har bir mashg’ulotning mazmuni, o’zlashtiriladigan tasavvur va harakatlar 
hajmi uncha katta bo’lmaydi. Bolalarni buyumlar yoki harakatlar bilan 
tanishgirishda ikki - uch belgi, harakat bosqichidan (masalan, mo’yqalamni 
bo’eqqa botirib olishdan, to’lqinsimon chiziq tortishdan) foydalaniladi. Bilimlar, 
ko’nikma va malakalarni to’la o’zlashtirib olish qator mashg’ulotlarda takrorlanadi 
va bolalarnig mashg’ulotdan tashqari faoliyati mazmuniga kiritiladi. Bolalarning 
o’qitish mashg’ulotlarida ishtirok etishlarining sababi - foydalaniladigan 
materialning juda qiziqarliligida (buyumlar, o’yinchoqlarning), kattalar bilan birga 
harakat qilishga bo’lgan ehtiyojda, shuningdek, taqlidga moyillikdadir. 
Kuzatyash (buyum va hodisalarni ko’rib chiqish), rasmlar va o’yinchoqlarni 
namoyish etish, kattalar ko’llanadigan asosiy metodlardandir. Harakat usulini (bu 
usullarga o’rgatishda), shuningdek, mashqlarni ko’rsatish metod sifatida 
qo’llaniladi. Tarbiyachi qiskacha hikoyadan ham foydalanadi, bolalarga u yoki bu 


75 
hodisani hikoya qilib beradi. O’yin metodi didaktik o’yinlar shaklida keng 
qo’llaniladi. Qundalik hayotdagi mashg’ulotdan tashqari o’qitishda aynan o’sha 
metod va usullar foydalaniladi, biroq ayni choqda ko’proq didaktik o’yinlar va 
boshqa xil o’yinlar qo’llaniladi. Tarbiyachi ularni ikki - uch yoki bir bolaning o’zi 
bilan tashkil etadi. 
O’qitishning yuqorida sanab o’tilgan metodlari bolalarning ko’rgazmali-
harakat va ko’rgazmali obrazli tafakkurnga tayanadi. Ko’rgazmali va amaliy 
metodlar so’z bilan birgalikda bolalarda tasavvurlarni shakllantirish imkonini 
beradi, oddiy amaliy harakatlar, shuningdek, dastlabki o’quv ko’nikmalarining 
o’zlashtirilishini ta`minlaydi, chunonchi: vazifani qabul qila olish, tarbiyachi 
nutqini eshitish va tinglay olish, uning namunasiga ko’ra harakat qilish, so’ng esa 
og’zaki ko’rsatmasiga ko’ra harakat qilish. Tasviriy va ko’rish faoliyatida bolalar 
ish natijalarini o’zlarining mashg’ulotlardagi harakatlarining maqsadi sifatida 
qabul qiladilar. Kuzatish va rasmlarni tomosha qilishda maqsad darrov 
anglanmaydi va qabul qilinmaydi, ya`ni bolalar tarbiyachining savolini, uning 
ko’rsatmalarini eshitmaydilar, ular faqat savollar hamda ob`ekt yoki harakatlar bir 
- biri bilan mos kelgandagina asta-sekin savolni eshitish malakasini hosil qiladilar. 
Keyinroq bolalarning o’zlari avval o’zlashtirilgan tasavvur va harakatlar asosida 
uncha katta bo’lmagan maqsadlarni qo’ya boshlaydilar. Uchinchi yoshning 
so’ngida bolada tarbiyachining butun guruhga, o’ziga qaratilgan ko’rsatmalari, 
savollarini farqlash malakasi shakllanadi, Bu ko’nikmaning shakllanishiga umumiy 
ko’rsatmalarni alohida tarzdagi ko’rsatmalar bilan to’ldirish orqali erishiladi 
(«Barcha bolalar yo’lkacha chizadilar, ham chizadi»). 
Ko’pchilik bolalarda shakllangan ushbu malaka ikkinchi kichik guruh va o’rta 
guruhlarda mashg’ulotlarni butun guruh bilan bir vaqtda o’tkazishga, bolalar 
diqqatining barqarorlashuvi esa mashg’ulotlarning davomiyligini 10 - 15 
daqiqadan 15 - 20 daqiqagacha oshirish imkonini beradi. Ikkinchi kichik guruhda 
va o’rta guruhda kuniga ikki marta mashg’ulot o’tkaziladi. 
Mashg’ulotlar mazmuni, hajmi ham ortadi. Masalan, kuzatish chog’ida o’rta 
yosh guruhidagi bolalarda o’zida asosiy jismoniy tabiatni, harakatlarning yoki 
rivojlanishning o’zgarishlarini, boshqa ob`ektlar o’rtasidagi o’zaro harakatni aks 
etgiruvchi buyumlar va hodisalar haqida etarlicha aniq va lo’nda tasavvurlar 
shakllanadi. Bunda mashg’ulotlar mazmunni o’zlashtirishda etakchi rol o’ynay 
boshlaydi. Shuning uchun qator mashg’ulotlarda bir xil mazmun takrorlanib qoladi 
(mazmun murakkablashgan holda). O’qitishdan esa kundalik hayotda o’qitishning 
turli bo’limlari bo’yicha oldindan tajriba yig’ish, bilimlar, ko’nikma va 
madakalarni qisman mustahkamlash uchun foydalaniladi. Bunday o’qitish 
ko’pincha yakka tarzda yoki uncha katta bo’lmagan guruhlar (2—3 kishi) bilan 
olib boriladi. Bu bolalar alohida harakatlarining sur`atini va bilish faoliyatining 
o’ziga xosligini hisobga olishni birmuncha to’laroq ta`minlash imkonini beradi. 
Dastlab ta`lim sabablarn avvalgisicha qoladi. Biroq tarbiyachi ta`lim 
jarayonida o’quv vazifalarini qo’yar ekan, bolalarga ularning amaliy ahamiyatini, 
natijalarking turli faoliyatlarda qo’llanish ehtimoli borligini, masalan, 
(«o’simlikning, barq urib o’sishi uchun uni yaxshilab sug’orishimiz», «she`rini 
to’qib chiqib uni bayramda oyimizga aytib berishimiz uchun uni yaxshilab yod 


76 
olishimiz» va hokazo) tushuntiradi. Bu bilan mashg’ulotning ahamiyati va his-
hayajonga to’liq jihatini saqlab koladi. Endi bolalarda asta - sekin tarbiyachilar, ota 
- onalar, tengqurlarining olqishiga sazovor bo’lish uchun biror ni.mani o’rganish 
istagi paydo bo’la boradi. Bolalarning o’rta guruhdagi hayotining so’ngida
ko’pchilik bolalarning mashg’ulotlarda faol ishtirok etishi shakllanayotgan 
bilishga qiziqishini belgilab beradi. 
Kichik va o’rta maktabgacha tarbiya eshpdagi bolalarga ta`lim berishning 
vazifasi o’quv - bilish faoliyatida ko’nikma va malakalarni yanada 
shakllantarishdan iboratdir, chunonchi, bunda vazifani qabul qilish va natijaga 
erishish, tarbiyachi ko’rsatmasi bo’yicha harajat qilish, faqat tarbiyachini emas, 
balki o’z o’rtoqlarini ham tinglay olish malakalari mustahkamlanadi, faoliyat 
natijalarini baholash va o’z - o’zini baholashning dastlabki malakalari shakllanadi. 
Bolalar maxsus o’quv ko’nikmalariga ham o’rgatiladi, masalan: taqqoslashga, ilk 
marta umumlashtirishga, qo’yilgan savollarga bog’lanishli so’zlar bilan javob bera 
olishga, murakkab bo’lmagan hikoyani so’zlab berish va hokazolarga o’rgatiladi. 
Ta`limning metod va usullari bilimlar, ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishga ham, o’quv faoliyatining asooiy tarkibiy qismlarini rivojlantirishga 
ham yo’naltirilgandir. 
Bolalarga ikkinchi kichik va o’rta guruhlarda ta`lim berishda birinchi kichik 
guruhda bo’lgani kabi ko’rgazmali va amaliy metodlardan: kuzatish, rasmlarni 
tomosha qilish va vidiofilmlarni namoyish qilish, o’yin metodlari va boshqalardan 
foydalaniladi. Ilk marta tajribalar bolalar tomonidan ayrim izlanish harakatlarini 
o’quv faoliyati metodlaridan biri sifatida egallanishi asosida o’rta yosh guruhlarida 
qo’llaniladi. Tarbiyachi ko’pincha hikoya qilib berish, bolalarbop kitoblarni o’qib 
berish kabi og’zaki metodlarga murojaat qiladi. Ilk marta suhbat o’tkazila 
boshlanadi. 
Kuzatishning o’rta yosh guruhida fondalaniladigan asosiy turi - bu tanlab 
olish maqsadidagi kuzatishdir. Biroq vaqti - vaqti bilan uzoq muddatli kuzatish 
ham bo’lishi mumkin. Kuzatish chog’ida xilma - xil tekshiruv va izlanish 
harakatlaridan, bevosita idrok etish, tushuntirish asosidagi taqqoslashdan, 
shuningdek, topishmoq va xalq og’zaki ijodining boshqa janrlaridan foydalaniladi. 
O’rta guruhdagi kuzatishga rahbarlik qilishning asosiy usuli tarbiyachining savol 
berishidir. O’quv ko’nikmalarining etarlicha tarkib topmaganini, ixtiyoriy 
diqqatning beqarorligini hisobga olgan holda ayrim qiziqarli usullar 
(kutilmagandagi xushxabardan, topishmoqlar) dan foydalanish zarur. 
Tajribalarni o’tkazish hodisalarning ayrim sabablarini aniqlash bilan 
ifodalanadigan uncha katta bo’lmagan mazmun bilan cheklangandir (masalan, 
buyumning u yoki bu xususiyatining ayrim sifatlarning holatiga bog’liqligi: 
qumning yopishqoqligining uning namligiga bogliqligi va boshqalar). 
Tarbiyachi mashg’ulotlarda xilma - xil metodlar tarkibida harakatlarni 
ko’rsatish usulidan ham foydalanadi. Biroq bu metod uncha tabaqalashmagan va 
pedagog uni ko’pincha og’zaki tushuntnrishlar bilan almashtiradi. Bunda bolalarga 
beriladigan savollar tabiatiga ko’ra rang - barang: ular faqat xususiyatlarni ajratib 
ko’rsatishga emas, balki umumlashmalar sabablarini aniqlashga ham 
yo’naltirilgandir. 


77 
Harakatlarii bahrlash ham asta - sekin o’zgaradi: kichik guruhlarda 
qo’llaniladigan bolalar harakatlarini majburiy ma`qullashdan tarbiyachi 
topshiriqning bajarilish sifatini baholashga o’tadi (alohida imkoniyatlarni hisobga 
olgan holda). Bunda baholashning umumiy ijobiy tabiati saqlanadi. 
O’rta guruhdagi mashg’ulotlarda birinchi marta buyumlar yoki ayrim 
ob`ektlar va hodisalar xususiyatlari o’rtasidagi aloqalar ko’rgazmali tarzda aks 
etgan u yoki bu holat haqidagi tasavvurlarni tartibga solish maqsadida
bilimlarni dastlabki tizimlash amalga oshiriladi. Kattalar mehnatining aniq 
turlari haqidagi tasavvurlar shu zaylda tizimlashtiriladi: u yoki bu buyumga 
bo’lgan ehtiyoj va mehnatning maqsadi o’rtasidagi aloqa, mehnat harakatlarining 
izchilligi va ulzrning mehnat natijalari bilan aloqadorligi aniqlanadi va 
boshqalar. U yoki bu mavsum haqidagi bilimlar tizimlashtiriladi. Bunda jonsiz
tabiat, o’simlik va hayvonlar hayotidagi u yoki bu mavsum uchun tegishli
bo’lgan yorqin hodisalarning vaqtda mos kelishi va boshqalar asos qilib 
olinadi. Bilimlarni tizimlashtirishda suhbatlardan (ko’rgazmali materiallarni 
qo’llangan holda), shuningdek, didaktik o’yinlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi kichik guruhda tabiat qo’yniga va maktabgacha ta`lim muassasasisi 
binosi ichida maqsadli sayr va yurib tomosha qilishlar o’tkazila boshlaydi 
(maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari mehnati bilan tanishtirish maqsadida). 
O’rta yosh guruhlarida ekskursiya pedagog tomonidan mashg’ulotning bir turi 
sifatida muntazam tarzda qo’llaniladi. 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi 
ortgan bo’ladi (xotira, diqqat), asosiy aqliy ko’nikma va aqliy operatsiyalar 
(taqqoslash, tahlil, umumlashma, tavsiflash va boshqalar) tarkib topadi. Bo’larning 
barchasi ta`lim jarayonini ancha takomillashtirishga, uning vazifalarini 
kengaytirishga imkon beradi. Bu guruhda ham bolalarni kelgusida borliqni 
apglashga o’rgatish, atrof - muhit, voqea va narsalar haqidagi tasavvurlarni hosil 
qilish (tabiat, kishilar mehnati, ijtimoiy hodisalar haqidagi) ta`limning asosiy 
vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Bu yoshda bilish jarayonlarining yanada 
takomillashtirish vazifalari hal etiladi: ya`ni, tahlilning, taqqoslashning maqsadga 
yo’nalganligi, birmuncha kengroq umumlashmalar qilish va hokazo. Bolalarda 
o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari shakllanadi: vazifani qabul qila olish, 
zarurat bo’lganda esa uni qo’ya olish ko’nikmasi, harakat usulini tanlay olish va 
undan foydalana olish, mazmunan adekvat materiallar va vazifalar, harakatlar 
izchilligini elementar tarzda rejalashtirish. Topshiriqning bajarilish natijalarini 
baholash (o’zinnng va boshqa bolalarning) hamda uning bajarilishining borishini 
baholash ko’nikmalari ham shakllantiriladi. Tarbiyachining nutqiga quloq solib 
tinglay olish, uning ko’rsatmalariga ko’ra harakat qila olish, nutqda o’z bilish 
faoliyati natijalarini bog’lanishli ifodalay olish malakalari takomillashtiriladi. 
Umumiy ko’nikmalarni o’zlashtirish asosida o’quv faoliyatining elementar maxsus 
turlari ham shakllanadi: kuzatish, tinglash va nutqiy bayon qilish, hisob - kitob 
qilish (B. G. Ananev). Bilishga oid qiziqishni o’quv faoliyatining asosiy sababi 
sifatida tarbiyalash katta mak-tabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan 
ta`limning eng muhim vazifasi hisoblanadi. 


78 
Maktabgacha ta`lim muassasasilaridagi katta guruhlarda olib boriladigan 
mashg’ulotlardagi ta`lim o’qitish ishining asosiy vositasiga aylanadi va «Uchinchi 
mingyillikning bolasi dasturi» ning barcha bo’limlari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Mashg’ulotlarning davomiyligi 25 - 30 daqiqagacha cho’ziladi. Tabiat qo’yniga 
qilinadigan maqsadli sayrlar keng qo’llaniladi. Ijtimoiy hodisalar, tabiat bilap 
tanishtiruvchi yurib tomosha qilish muntazam o’shaziladi. 
Barcha yosh guruhlaridagi ta`lim sur`atidan u yoki bu darajada ortda 
qolayotgan bolalar bilai muntazam ravishda alohida tarzda ta`limiy ish olib 
boriladi. SHu bilan birga bolalarning mustaqil o’quv - ijodiy faoliyati (tasviriy, 
nutqiy, mehnat faoliyati) uchun zarur sharoit yaratiladi. 
Katta guruhlarda beriladigai ta`lim mazmuii murakkablashib boradi. Narsalar 
va borliqdagi hayot hodisalari haqidagi bilimlar umumlashganlikning turli 
hajmdagi elementar tizimi va turli darajasi sifatida shakllanadi. Bu tizimlarning 
asosini u yoki bu faoliyat sohasi uchun tegishli bo’lgan muhim aloqalar tashkil 
etadi. 
Bolalarning matematik tasavvurlari mazmuni ham murakkablashib boradi. 
Nutqqa o’rgatish bilimlarni shakllantirish jarayoni bilan yaxlitlikda olib boriladi. 
Bog’lanishli nutq rivojlanadi, savod chiqarish uchun zamin bo’ladigan fonematik 
idrok o’zlashtiriladi, bolalar ona tilining ifodali vositalarini o’zlashtiradilar. 
Turli ko’rinishlardagi badiiy faoliyatlarga o’rgatish borliqni obrazli tarzda 
ko’rish, uni badiiy faoliyatda bera olishga oid ko’nikma va malakalarni (rasm 
chizish, yopishtirish, ashula aytish, harakatlar qilish, ifodali nutq va boshqalar) 
rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bolalar muayyan badiiy faoliyat vositalari ko’rinishi 
uchun tipik bo’lgan kompozitsiya asoslarini egallaydilar. Bo’larning barchasi 
bolalar ijodining rivojlanishini ta`minlaydi. 
Harakatlarga o’rgatuvchi o’qitishning asosiy mazmuni harakat ko’nikmalari 
va (tezkorlik - kuch, muvofiqlashtiruvchi) qobiliyatlarini takomillashtirishga 
qaratilgandir. 
Ta`lim mazmunining ko’p qirraliligi ko’rgazmali, amaliy va og’zaki metodlar
tizimidan foydalanishni talab qiladi. 
Bunda kuzatish asosiy ko’rgazmali metod sifatida o’z mavqeini saqlab qoladi. 
Lavha tarzida kuzatishlar qatorida uzoq muddatli kuzatishlardan ham 
foydalaniladi. Bolalarning kuzatish jarayonidagi mustaqilligi, rejaliligi oshadi. 
Tarbiyachi ko’pincha bolalar oldiga savol - topshiriq ko’rinishidagi yaxlit kuzatish 
vazifasini qo’yadi. Turli ko’rinishdagi taqqoslash (xotiradan, rasmli material 
yordamida va hokazo) lardan hamda izlanish harakatlaridan foydalaniladi. 
Tasavvurlarni kengaytirish o’quv ekrani yordamida ham amalga oshiriladi. 
Bunda bolalarda bilishga oid idrok malakalari shakllanadi. 
Aloqalarni o’zlashtirish modellashtirish va elementar tajribalarni talab qiladi. 
Bu metodlarga shu katta yoshdagi bolalarni o’qitishda ancha e`tibor berilgan. 
Ko’rsatib o’tilgan metodlar yordamida tasavvurlarni to’plash va aloqalarni 
o’zlashtirish qatorida bilimlarni tizimga solish amalga oshiriladi (tasavvurlarni 
maqsadga muvofiq asosida). Biroq bu vazifa asosan suxbat jarayonida hal etiladi. 
Umumlashtiruvchi suhbatning tuzilishi o’z tarkibiga buyumlar va hodisalar 
haqidagi qayta tiklashga qaratilga.n vazifalarni umumiy tarzda qo’yishni, ushbu 


79 
hodisalarni birlashtirib turuvchi muhim aloqalarni izlash va aniqlashki, bu 
aloqalarning mavjud hodisalarda namoyon bo’lishini, umumlashtiruvchi 
mushohadani, so’ng esa aloqa va xususiyatlarni qo’shimcha tarzda ularga o’xshash 
hamda turdosh ob`ektlardan topish («tushuncha holiga olib kelish» yoki 
mushohada hajmini kengaytirish) ni oladi. Ushbu aniq vazifalarpi amalga oshirish 
quyidagi xilma - xil usullardan foydalanish bilan bog’liq: tasdiqlovchi va izlanish 
tabiatidagi savollar, taqqoslash, umumlashtirishga oid topshiriq va hokazo. 
SHunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar ta`limi metodlarining 
o’ziga xos xususiyati ularda bolalarning yuksak aqliy faolligini va shu bilan birga 
o’quv faoliyatining asosiy tarkiblarining shakllanishini ta`minlovchi izlanish
tabiatidagi usullarning mavjudligidadir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisidagi katta maktabgacha tarbiya yoshlilar 
guruhida bolalarga beriladigan ta`lim mazmunining o’ziga xosligi mashg’ulotlar
tizimidan foydalanishni talab qiladi. Unda har bir mashg’ulot bilim va 
ko’nikmalarni shakllantirishda muayyan mavqega ega bo’ladi. 
Bolalarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonidagi faol tutgan o’rni bilishga 
qiziqishni o’quv faoliyatining sababi sifatida shakllanishining shartidir. 
Bolalarning bu faol tutgan o’rni maktabgacha katta yoshdagi bolalarni elementar 
izlanish faoliyatiga o’rgatish juda to’laqoyali darajada ta`minlanadi. U 
tabiatshunoslik bilimlari, ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlar kabi juda xilma - xil 
mazmunni o’zlashtirish jarayonida tashkil etiladi. 
Izlanish faoliyati o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
a) tasavvurlarni oldindan to’plash (u yoki bu sohada); 
b) tasavvurlarni tahlil qilish, sabab va aloqalarni aniqlash maqsadida 
vazifalarni qo’yish (qabul qilish);
v) muayyan hodisaning sabablari haqidagi taxminlarni ilgari surish va 
muhokama qilish;
g) ilgari surilgan taxminlarni tekshirish;
d) yakuniy muhokama. 
Izlanish faoliyati bosqichlarining har biri tegishli metodni talab etadi. 
Tasavvurlarni to’plash xilma - xil ko’rgazmali metodlardan foydalanish 
(kuzatish, o’quv ekrani, shuningdek, tarbiyachining hikoyasi, o’qib berishi, tahliliy 
suhbatlaridan) bilan amalga oshiriladi, Suhbat chog’ida esa taxminlar ham ilgari 
suriladi. Ularning bir qismi suhbat davomida tekshirib ko’rilishi, qabul qilinishi 
yoki rad etilishi mumkin, boshqa taxminlarni tekshirish esa tajriba o’tkazish, 
modellashtirish yoki qo’shimcha qiyosiy kuzatish jarayonida amalga oshiriladi. 
YAkuniy mulohaza yakuniy suhbat chog’ida chiqariladi. 
Izlanish faoliyatshsh metodlar tizimidan foydalanish asosiga quriladi. 
Bolalarni tashkil etish shakli (butun guruhning yoki bolalarning kichik guruhining) 
bilimlar mazmuniga bog’liq bo’ladi. 
Demak, maktabgacha ta`lim muassasasisidagi ta`lim bolalarning bilimlar, 
ko’nikma va malakalarni o’zlashtarishini, aqliy qobiliyatlarini rivojlanishini 
ta`minlash asnosida bola faoliyati barcha turlarining rivojlanishiga, shaxsning 
umuman tarkib topishiga ta`sir ko’rsatar ekan. O’qitish bolani maktabga 
tayyorlashning hal qiluvchi omili hisoblanadi. 


80 

Download 2,1 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`limning o’ziga hos

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish