94
3. Tarbiyaviy ishni rejalashtirish ta`lim - tarbiyaning asosiy printsiplariga rioya
qilinishini nazarda tutmog’i kerak. Rejada ta`lim mazmuni, bolalar faoliyatini
uyushtirish shakllari, ularga rahbarlik usullari, ta`lim va tarbiya metodlarini asta -
sekin murakkablashtirilishi aks ettiriladi. Bolalarning yutuqlarini hisobga olib,
tarbiyachi ularni bilimlarining yangi mazmuni,
harakat usullari, faoliyatni va
ularning birikmalarini tashkil etishning yangi shakllarini egallashga asta - sekin
olib o’tishni rejalashtiradi. Rejalashning muntazamlnligini - ishning ayrim tur va
shakllari o’rtasida aloqa o’rnatishni ta`minlashi kerak. Masalan, mashg’ulotlar
tarbiyachining bolalar bilan kundalik ishi o’rtasida hamda mashg’ulot, o’yin va
bolalar mehnati o’rtasida aloqa o’rnatish muhimdir. Aloqalarning mavjudligi bilim,
malaka va ko’nikmalar tizimini, xatti - harakat vositalari va atrof - muhitga
munosabatini shakllantirishni ta`minlaydi.
4. Reja faoliyat uchun dastur bo’limi va asosli bo’lishi kerak. Rejaning asosliligiga
bolalar jamoasi va ayrim bolalarning rivojlanish darajalarini hisobga olib qo’yilgan
aniq vazifalar orqali erishiladi. Eng avvalo «Maktabgacha ta`lim muassasasisi
ta`lim - tarbiya dasturi talablari: oldingi ish davomida egallangan bilim, malaka va
ko’nikmalar mazmuni va darajasi, bolalarning ma`naviy tarbiyalanganlik darajasi,
bolalar faoliyati asosiy turlarining mazmuni va shu kabilarning
bajarilish darajasi
xisobga olinishi kerak. Bolalarning hamkorlikdagi faoliyat uchun uyusha olish
ko’nikmalari rejalashtirishda alohida xisobga olsa, haqiqiy va asosli bo’ladi.
Rejaning asosliligida joriy ijtimoiy xodisalar, katta yoshlilar mehnati va
turmushining xususiyatlari, tabiiy atrof - muhit va tabiatdagi mavsumiy
o’zgarishlarning xisobga olinishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.