13
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org April 27
th
2023
26
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA
QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARI YUZASIDAN BOLALARDA
BAHOLOVCHI MUNOSABATLARNI O‘RGANISH
Abdiraxmonova Guliston Muzaffarovna
NavDPI “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”mutaxassisligi
2-bosqich magistri
Annotatsiya
Ushbu maqolada ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
Davlat
talablari yuzasidan bolalarda baholovchi munosabatlarning 0 yoshdan 7 yoshgacha
ko’rinishlari o’z ifodasini topgan.
Aннотация
В данной статье выражены проявления оценочных установок у детей от 0 до 7 лет в
связи с государственными требованиями к развитию детей младшего и дошкольного
возраста.
Annotation
This article expresses the manifestations of evaluative attitudes in children from 0 to 7 years
old in connection with state requirements for the development
of children of primary and
preschool age.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-
2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-
son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga
tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni,
xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari
va zamonaviy informatsion
kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan
mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi
mazmuni va sifatiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;