13
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org April 27
th
2023
28
1-2 yoshli bolalarda:
Ushbu yoshga kelib bolada “yoqtirgan taom” va boshqa “yoqtirgan buyum”larga qo‘lini
cho‘zadi ya’ni unda baholoashning yangicha ko’rinishi namoyon bo’la boshlaydi. “Sevimli”
likopchani (piyola) ushlaydi va undan ichadi, suvni bir idishdan boshqasiga to‘kadi.
Shu yoshda bolaga bir necha taomdan birini tanlash imkonini berish, uning uchun baholash
vaziyati ayni maq’bul holatdagi jarayon hisoblanadi.
Bu davrda bolani kun mobaynida mustaqil piyoladan ichishini rag‘batlantirish, bolaning
urinishlarini rag‘batlantirish natijasida ko‘zguda, rasmda o‘zini taniydi, o‘z ismini biladi,
kattalar talabi bilan uning istagi to‘g‘ri kelmaganda e’tiroz bildiradi, kattalar tomonidan
o‘zining harakatlariga bildirilgan rag‘bat va tanbehni farqlaydi.
Bolaga o‘zini ijobiy baholashida ko‘maklashish: “men — yaxshi”, men tirishqoq”, bolani
boshqalar bilan bo‘lashishga o‘rgatishni boshlash, “o‘g‘il bolalar — kuchli”, “qiz bolalar —
muloyim” kabi stereotiplardan qochish, “man etiladi” va “...mumkin emas” iboralaridan voz
kechish, bolaga noto‘g‘ri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yo‘naltirish (“qum
ko‘zingga tushsa, ko‘zing og‘riydi”) kabilar ushbu davrning yaqqol baholovchi namunasi
hisoblanadi.
Bolaga baholovchi munosabat, u bilan bog‘liq bo‘lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama
qilish ayni shu davrda juda samarali ahamiyat kasb etadi.
Bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish, bolaning jahli chiqganda, xafa bo‘lganda
yoki o‘zini yomon his etganda yonida bo‘lish ham baholovchi munosabatlarning
shakllanishiga ko’mak beradi. Shu asnoda bola kattalar harakatiga taqlid qilishga intiladi.
Tovushi yoki harakati bilan boshqa bolaning diqqatini o‘ziga tortadi, quvonch yoki qoniqish
hissini baxsh etuvchi harakat va tovushlarga erishish uchun predmetlar bilan harakatlanadi,
musiqa, tovushlarga o’zining shaxsiy baho munosabatini bildiradi. Ayni shu davrda bolalar
o’zi uchun mna’lum qiymatga ega kitoblarini varaqlaydi va undagi tanish ertak
qahramonlarini biladi, “sevimli” kiyim tushunchasi paydo bo’ladi, kiyimdagi rasmlarga
e’tiborini qaratadi. Bahoning “yoqtirish” turida o’zi uchun ma’lum bahoga ega bo’lgan
sevimli multfilmini tomosha qiladi.