13
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org April 27
th
2023
31
O‘z hissiyotlari va tashvishlarini ifodalaydi («menga yoqadi», «men yoqtirmayman»). Baho
munosabatining ayrim turlari, boshqa bolaning hissiyotlarini so‘z bilan ifodalaydi.
Boshqalarga nisbatan hamdardlik ko‘rsatadi. Syujetli-rolli o‘yinlarda ishtirok etadi. O‘z oilasi
haqida gapira turib, unga nima yoqishi yoki yoqmasligini aytib o‘tadi. Oila a’zolarini biladi,
hamda ular tizimli rivojlanish xarakteriga ega tarzdagi bahoviy munosabatlarning shakllari
namoyon bo’ladi. Kattalar harakatiga taqlid qiladi, o‘z harakatlarida natijaga erishish yo‘lida
qat’iylik ko‘rsatadi.
Bu yoshda kattalar va bolalar bilan hamkorlikda o‘ynaydi. Bolalarning salbiy xatti-
harakatlariga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi. Jamoaviy o‘yin faoliyatida qatnashadi.
Tengdoshlarga nisbatan xayrixohlik bildiradi. O‘zining ba’zi harakatlarini so‘zlar bilan
birgalikda olib boradi. Rasmda ko‘rayotgan narsalar haqida gapiradi. Kattalarning turli
savollariga javob beradi (yaqin doiradagi odamlar). Muloqotda faollik ko‘rsatadi, bahoviy
munosabatlarning ma’lum jihatlarining yuksalishi kuzatiladi. Tanish asardan parcha eshitib,
uning nomini aytadi, aynan, qahramonlarning ijobiy, salbiy hamda bahoviy munosabatlarning
shakllanishiga doir so’zlar ularning lug’atida jamlanadi.
Kichik she’rni yoddan aytib beradi, undagi baho munosabatiga doir satrlarni idrok eta oladi.
Kattalar tomonidan boshlab berilgan tanish ertak, hikoyani davom ettiradi yoki yakunlab
beradi. Didaktik o‘yinlar o‘ynaydilar.
Bu yoshda ular “sevimli kitob” haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Kattalardan kitob o‘qib
berishlarini iltimos qiladi. O‘z yoshiga mos kitoblarni ko‘rib chiqadi, hamda kitobdagi matn
va rasmlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, bolalar ayni shu yosh
davrida “kitobiy baholovchi” munosabatning shakllanishiga guvoh bo’lamiz. Tanish ertak
qahramonlarini rasmlaridan taniydilar, ularning xarakter-xususiyatlariga ko’ra, bola o’zining
shaxsiy bahosini bildiradilar. Predmetlarni bir baholovchi belgi bo‘yicha saralaydilar. Bu
davrda bolalar oltita rangni farqlaydi va ajrata oladilar. O‘xshash juftlikni tanlay olishadi.
Rasmlardagi predmetlarni taniydi va ularning nomini ayta oladilar. Jonli obyektlarga qiziqish
ko‘rsatadilar. Predmetlar tayyorlangan materiallarni ajrata oladilar (qog‘ozdan, yog‘ochdan,
temirdan). Xonani kuzatadi va o‘zi turgan joyni aniqlay oladi, uyerdagi qiymatga ega
narsalarning ozmuncha qismini idrok eta oladilar. Atrofdagi olamga qiziqish bildiradilar.
Rasm, xalq amaliy san’ati asarlari, o‘yinchoqlar, ob’ektlarni idrok qilishda hissiy (emotsional)
kuyunchaklik ko‘rsatadi. Tabiat ko‘rinishlari, o‘yinchoqlar, bolalarning kiyimlaridagi ranglar
go‘zalligini sezadi. Tanish o’zi uchun ma’lum bahoviy qiymatga ega qo‘shiqlarni farqlaydi.
Tovushlar, ohanglarni diqqat bilan eshitadilar va ularga nisbatan ma’lum o’zlarining
qiymatlarini bera oladilar. Tasviriy san’at elementlaridan foydalanadilar. Ular orasida har bir
elementlarga nisbatan har bir bolaning individual bahoviy munosabati mavjud bo’ladi.