• 2023 32 5-6 yosh bolalarda
  • Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga




    Download 316,82 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/9
    Sana18.01.2024
    Hajmi316,82 Kb.
    #140067
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
     
     
     


    13
    th
    - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
    Hosted from Berlin, Germany 
    https://conferencea.org April 27
    th
     2023 
    32 
    5-6 yosh bolalarda: 
    Ushbu yosh davrida bolalar qiymatga ega ata, o‘rtacha va kichik o‘yinchoqlarni hajmi 
    bo‘yicha mos keladigan qutilarga joylashtira oladilar. Vitaminlarning bahoviy qiymatlarini, 
    ovqatlanishdagi ahamiyati va rolini biladilar. 
    Salomatlik haqida g‘amxo‘rlik qilishning muhimligini anglaydilar. Bu jarayon ham
    bolalarning 5-6 yosh davrida ham baho munosabatlarining shakllanayotganligidan dalolat 
    beradi. Bu yoshda bola o‘ziga yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va ularga rioya 
    etadi. O‘zining qaysi millatga mansubligini biladi, o‘z istaklari, manfaatlarini aniq ifodalaydi. 
    O‘z bahoviy hissiyotlarini ifodalaydi, o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini namoyon eta oladilar. 
    Mustaqil ravishda o‘zi uchun ma’lum bahoviy qiymatga, ahamiyatga ega mashg‘ulot turini 
    tanlaydi. Bahoviy g‘oyalar taklif eta oladilar, tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Samimiy va ochiq 
    baholovchi kayfiyat turlarini aniq idrok eta oladilar. Bahoviy hissiyotlar va ularni boshqarishni 
    aniq tahlil etishadi. Asosiy hissiyotlar sabablarini tushunadi, masalan, agar kimnidir xafa qilsa, 
    aybdorlik hissini ko‘rsatadi. Yaxshi yoki yomon xatti-harakatga baho berishga qodir 
    bo’lishadi. O‘yindagi g‘alaba onlarida shodlanishni biladilar, bu ham bahoviy munosabatning 
    yaqqol ko’rinishi hisoblanadi. O‘z bahoviy hissiyotlari hamda kechinmalarini do‘stlari va 
    yaqin kishilari bilan o‘rtoqlashadi. Qo‘rquv va xavf nimaligini tushunishadi. Hammabop 
    asarlarni mamnuniyat bilan tinglaydi va ular borasida o‘z hissiy munosabatini bildiradilar. 
    Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda ham qiymat tushunchalari o’z o’rniga 
    ega bo’ladilar. Muloqotda o‘z fikri, hissiyotlari va tasavvurlarini namoyon eta olishadi. 
    Guruhda va oilada tashkil etiladigan mehnat faoliyatida qatnashadilar. Iltimos yoki xabarni 
    suhbatdoshiga yetkazishni bilishadi. Mustaqil, kattalardan nisbiy mustaqilligini namoyon 
    etadi, bu jarayon ham baholash munosabatlarining ko’rinishlaridan biridir. Yordam 
    ko‘rsatishga tayyor bo’lishadi. Tanish insonlar bilan suhbatga oson kirishadilar va 
    suhbatlarida ham baho munosabatiga oid so’z qo’llay oladilar. 
    Bu yosh davrida ijtimoiy axloq qoidalari va me’yorlariga bo‘ysunadilar. (mumkin, mumkin 
    emas, yaxshi, yomon, kerak). Boshqa bolalar bilan barqaror do‘stona aloqalar o‘rnata olishadi. 
    So‘zlarni ma’nosiga ko‘ra to‘g‘ri qo‘llay oladilar. “Sevimli” adabiy asarlar, ertaklar, 
    hikoyalarning nomi va mualliflarini bilishadi. Rasm bo‘yicha syujetlarni eslab qoladi va 
    hikoya qiladi. Izchil fikr yuritadi, xulosalar chiqaradi. Musiqa asariga hissiy munosabat 
    bildiradi. Musiqa ohangiga mos ravishda turli harakatlar o‘ylab topishi mumkin. Bu jarayonda 
    baho qiymatiga ega jarayonlarning ma’lum ko’rinishlari namoyon bo’ladi. Badiiy asarlar 
    qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin. Amaliy san’at turlari borasida dastlabki bahoviy 
    tushunchalarga ega bo’lishadi. O‘z loyihalarini yaratish g‘oyalarini bildiradi. Musiqiy 
    uslublarni va ularning baho qiymatlarini ajrata bilishadi. Kichik ssenariylar tuzib sahna 
    ko‘rinishini tashkil eta oladi, baho bera olishadi. Kostyumlarni bezatishi, guldastalar yasashi, 
    oddiy retseptlar bo‘yicha ovqat tayyorlashlarida o’z baholarini ifoda eta olishadi. 

    Download 316,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 316,82 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

    Download 316,82 Kb.
    Pdf ko'rish