Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga




Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.01.2024
Hajmi316,82 Kb.
#140067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
2-3 yoshli bolalarda: 
Bola bu davrga kelib baholovchi xarakterga ega past va baland ovozlarni ajratadi. Ayni shu 
vaqtga kelin baholovchi munosabatni rivojlantirish mqsadida bola bilan doimiy muloqotda 
bo‘lish, u bilan o‘ynash muhim hisoblanadi. Bolada suv muolajalariga nisbatan ijobiy baho 
munosabat shakllanadi. Bolaga organizm uchun nima foydali, nima zarar ekanligini 
tushuntirishga oid munosabat ham shu yoshda yuzaga keladi. Salomatlikni saqlash va 
mustahkamlashda shaxsiy namuna ko‘rsatishga doir baho munosabati ham ayni shu davrda 
jadallashadi. Ayni shu yosh davrida bola o‘zi va buyumlari haqidagi sifat jihatdan bahosini 


13
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org April 27
th
 2023 
29 
beradi. Hamma ishni o‘zi bajarishga intiladi, o‘zi bajargan ishga sevinadi, o‘z narsalarini 
taniydi, o‘zini aniq bir jinsga mansubligini biladi, biror bir ishni mustaqil bajaradi. 
Bolani boshqalar bilan muloqotda o‘zini tanishtirishga odatlantirish ayni shu jarayondagi 
muhim motivatsion jarayon hisoblanadi. Bu yoshda bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, 
yutuqlar kichikroq bo‘lsa ham e’tirof etish joizdir. Bu vaqtga kelib bola bosh bo‘ladigan 
holatlarni tashkillashtirish jarayonini boshlash kerak, baho munosabati shakllanishining eng 
muhim jarayonini shu vaqtda bolaga moslashtirish mumkin. 2-3 yoshli bolalarda tanbeh 
berishdan o‘zini tiyish lozim. Chunki bu jarayon, baho munosabatining shakllanishiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Bu yoshda muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga 
asossiz tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi. Asosiysi bu davrda bahoning boshqalarga achinish, 
qayg‘urish, boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlash va shunga mos munosabat 
bildirish jarayonlari yuzaga keladi. Bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so‘zlarni 
qo‘llash barcha ota-onalar, tarbiyachi-pedagoglarga tavsiya etiladi. 
Multfilm qahramonlarining bahoviy yorqinligini tahlil qilish, hissiyotlarni ifodalovchi so‘zli 
o‘yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyg‘ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o‘qish baho 
munosabatining shakllanishi bosqichining ushbu davri ayni shu yosh davrida 
mujassamlashgandir.[4] 
Motivatsion munosabatning rivojlantirish uchun, bola bilan o‘yin mobaynida boshqalar bilan 
hamkorlik qilishni shaxsiy namuna asosida namoyish etish, muloqot jarayonida chegara 
belgilash, bolani boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik lozim.
Bola bu davrda istak va iltimosni ifoda etadi, kitob o‘qib berishlarini so‘rashi mumkin, rasmlar 
bo‘yicha kitobni taniydi. Bu jarayonlarning barchasi unda baho munosabatining 
shakllanayotganidan darak beradi. 
Bu davrda bolaning so‘z boyligini turli didaktik o‘yinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib 
boorish, kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish lozim. 
Bolani ayni shu yoshda kichik yutuqlari uchun doim rag‘batlantirish kerak. Sevimli kitobi va 
rasmlarni taniydi, bu ham bu davrdagi baho munosabati shakllanishining yaqqol namoyishidir. 
2-3 yoshli bolalarda ertaklardagi jarayonga o‘z hissiyotlarini bildirish, sevimli qo‘shiqlarini 
tinglash ko’nikmalari shakllanadi.Bu yoshdagi bolalarda musiqiy baholash qobiliyatlari 
shakllanadi, bolalar musiqiy instrumentlarini chaladi. Dramatizm rivojlanadi va bolalar 
teatrga qiziqish bildiradilar. O‘ziga moslab kiyim tanlaydi, bu jarayon bolalarda bahoviy 
munosabatlarning munosib xarakterda rivojlanayotganidan darak beradi. Shu o’rinda “Yoshi 
ulg’aygan sayin, ularning tanlovi muhim ahamiyat kasb etadi. Bola onasidan kiyimining rangi 
va modelini tanlashda unga murojaat qilishini xohlaydi. Bundan tashqari, ushbu davrda bolalar 
o’zlarining kiyimlarini kiyishlari kerak. Bolaga kiyinishda yordam berish rivojlanishiga zarar 
yetkazish va uni kattalar shaxsiga bog’liq qilish. Shuning uchun kiyinish va yechinish oson 
bo’lgan kiyimlarni tanlash bolaning ishini osonlashtiradi va shu bilan unga muvaffaqiyat 
qozonishdan zavq bag’ishlaydi.”[3] 



Download 316,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish