Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga




Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.01.2024
Hajmi316,82 Kb.
#140067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org April 27
th
 2023 
27 
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, 
rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etish; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali 
integratsiyasini ta’minlash. 
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi: 
Bolaning noyobligi; 
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; 
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; 
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga 
moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish. 
Biz yuqoridagi ma’lumotlar asnosida, bolalarning 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davridagi 
baholovchi munosabatning rivojlanishini ko‘rib chiqdik. Tajriba uchun 5ta chaqaloqli oila 
hamda ikkita MTT ( Navbahor tuman “10-sonli Binafsha DMTT; “Samo yulduzchalari” 
NodavlatMTT) kuzatildi. Kuzatuvlar natijasida: 
 
0-1 yoshli bolalarda: 
Bolani sevimli o‘yinchog‘i yaqiniga emaklab kelishini rag‘batlantirish, bolani qorindan 
orqasiga aylanishiga va qorniga o‘girilishiga rag‘batlantirish, bola qiziqayotgan predmetiga 
emaklab yoki xatlab yetishishi uchun imkoniyat yaratish natijasida undagi baholovchi 
reaksiyasini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni bola har bir motivatsiyadan so’ng keyingi 
harakat faoliyatini tezlik bilan amalga oshrish istagi paydo bo’ladi. Rag’bat asnosida qarsak 
chalish, ovozli qiyqirish, harakatlar betartibli asosidagi faoliyatlar yuzaga keldi.
Bolaning har bir muvaffaqiyatini rag‘batlantirish va muloqotda bo’lish shu yoshda anchayin 
muhim ahamiyat kasb etishi tajribalar asosida mustahkamlandi. 
Bu yoshda atrofdagilar kayfiyatini so‘zlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand 
bo‘lyapti, bobomning jahli chiqyapti);qarsak chaladi, xursand bo‘ladi, biron-bir tovush yoki 
harakati atrofdagilarga ta’sir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi. 
Individual baholovchi munosabatlarini ko’rsatadi. 
Bu yoshda bolaning har bir yutug‘ini maqtash va qo‘llab-quvvatlash, o‘yinchoqlarga ovoz 
berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish, oilada emotsional ijobiy holatni 
yaratish va har kuni bola bilan o‘ynash, o‘yin vaqtida bolaga o‘ziga ishonch hissini oshirish 
uchun yaqin turishga harakat qilish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga 
aniq va lo‘nda tushuntirish, baland tovush va shovqinlarni cheklashda bolaning baho 
munosabatini yaqqol ko’rishimiz mumkin. 

Download 316,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

Download 316,82 Kb.
Pdf ko'rish