O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

6.2.
 
Yosh guruxlar bo’yicha bolalarda hulq-atvor va madaniy-gigienik 
malakalarni tarbiyalash ishini rejalashtirish. 
 
Bolalarda madaniy gigienik malakalar tarbiyalash. Bolaning bir yarim 
yoshga to’lishi davomida unda o’zi mustaqil suratda stulda o’tirish, piyolada 
mustaqil suratda ichish malakasini mustahkamlab borish lozim. 1 yosh - u 2 oy - 1 
yosh - u 3 oydan boshlab, bolalarda qoshiqdan foydalanish, suyuq ovqatni non 
bilan eyish malakasini tarbiyalash, turli xil ovqatlarni mustaqil suratda eyishga, 
ovqatni yaxshilab chaynashga odatlantirish; ovqat eb bo’lgandan so’ng stulini surib 
qo’yishga; echinishda ishtirok qilishga (paypog’ini, oyoq kiyimini), yuvinishda 
qatnashuvga (qo’lini oqib tushayotgan suvga tutishga) o’rgatish lozim. 
1 yosh - u 6 oylikdan boshlab, bolalarni qo’lini o’zi yuvishga, ovqatni 
mustaqil suratda eyishga. Ovqatlanish vaqtida ozodalikka rioya qilishga
salfetkadan (sochiqdan) foydalanishga odatlantirish lozim. Bola kattalar bog’ichini 
chiqarib va ipini echib qo’ygan kiyimlarini (paypog’ini, botinkasini) echib ola 
bilishi, qaysi kiyimning nimaga xizmat qilishini tushunishi, u kiyim nomini aytishi 
kerak. Bola 2 yoshga to’lganiqa stol yonidagi o’z o’rnini, sochig’i bilan kiyimi 
qaerda osig’liq turishini shkafchada (turg’ichda), uyqu xonasida, stol atrofida 
o’zini tinch tuta bilishi zarur.
Bolalarga tanish buyumlarning eng xarakterli xususiyatlari bilan ularni 
tanishtirish kerak.
Kattalarning talabini e`tibor bilan tinglashga va ularni bajarishga o’rgatish 
zarur. 
Bolalarda gigienik malakalari va mustaqillik tarbiyalash. 
Ilgari egallangan ko’nikma va malakalarni mustahkamlash; yangilarini 
tizimli suratda tarkib toptirish; tartibli ovqatlanish, ovqatni yaxshilab chaynash, 
qoshiqni o’ng qo’lda ushlash, ovqatlanib bo’lgandan keyingina o’rindan turish, 


59 
kattalarning eslatishi va yordamida ovqatlanishdan. Kir bo’lganiqa yuz- qo’lni 
yuvish, qo’lni sochiq bilan artish, o’zining sochig’idan, salfetkasidan, 
dastro’molchasidan foydalanish. Bolalarni ma`lum tartibda kiyinish va echinishga, 
tugmachalarni taqish va echishga, botinka ipini bog’lashga, kiyimlarni taxlab 
qo’yishga, kiyimdagi betartiblikni sezishga, kattalar yordamida tartibga keltirishga 
o’rgatish.
Bolalarni kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarishga 
o’rgatish: o’yinchoqlarni maydonchaga olib chiqishda tarbiyachiga yordamlashish, 
mashg’ulot uchun kerakli materialni olib kelish va yig’ishtirib qo’yish, poldagi 
qog’ozlarni yoki maydonchadagi barglarni yig’ish, ovqatlanish oldidan stulchalarni 
stol atrofiga, non atrofiga, non solingan tarelkalarni stol ustiga qo’yishda enagaga 
yordamlashish. 
Bolalarni mustaqil ravishda va tartib bilan ovqat eyishga, ovqatni 
shoshmasdan, og’izni ochmay yaxshilab chaynashga, qoshiqni, vilkani to’g’ri 
ushlay bilishga, uvoq to’kmaslikka, eslatmasdan salfetkadan foydalanishga, lab va 
barmoqlarni artishga odatlantirish kerak. Stol yonidan turib ketayotganda stulni 
sekingina surib qo’yishlari, tashakkur bildirishlari lozim. 
Bolalarni engchalarini shimirib qo’ya olishga, qo’llarini, betlarini mustaqil 
suratda, suvni sachratmasdan yuvishga, kiyim - boshlarini ho’l qilmaslikka, 
sovundan foydalanishga o’rgatish zarur. Bolalar sochiq bilan yaxshilab artina 
bilishlari, uni muayyan joyiga, eslatmasdan osib qo’yishlari, faqat o’z sochiqlari, 
salfetkalari, ro’molchalaridangina foydalanishlari lozim.
Tarbiyachining yoki boshqa bolalarning salgina yordami bilan mustaqil 
suratda, muayyan tartibda kiyinish va echinishlari keraq kiyim - kechaklarini tartib 
bilan taxlash va osishlari zarur; kostyumlarida biron nuqson sazsalar, uni 
tuzatishga harakat qilishlari, zarur hollarda esa kattalarga murojat qilishlari lozim. 
Xonaga kirishga oyoqlarni artish yoki boshqa oyoq kiyimi kiyib olish zarur. 
Bolalarda gurux xonasi va maydonda (hovlida) tartib saqlashda ishtirok 
etish, stolga kattalar bilan birga dasturxon yoyish, mashg’ulot uchun kerakli 
materiallarni (qalamlar solib qo’yilgan qalamdon, mo’yqalam, loy yoki 
plastilindan buyumlar yasash uchun taxtacha va boshqa shu kabilarni) tayyorlab 
qo’yish istagini tarbiyalash.
Uyda va maktabgacha ta`lim muassasasisida o’yinchoqlar, kitoblar, qurilish 
materiallarini yig’ishtirib, joy - joyiga qo’yishga odatlantirish zarur.
Yil oxirida oshxonada navbatchilik qilish joriy etiladi: navbatchilik, enagaga 
yordamlashib, qoshiqlarni, salfetkalarni va non idishlarini qo’yib chiqadilar, 
ovqatdan keyin choynak - piyolalarni xo’jalik stoliga yig’ishtirib qo’yadilar, 
narsalarni ehtiyot qilishga, tartib va ozodalikka rioya qilishga odatlantiriladilar. 
Bolalarni kattalarni topshiriqlarini bajarishga: tarbiyachining yordamida 
baliq, qush va quyonlarga ovqat berish, gullarga suv quyish, gulning katta 
barglaridagi changlarni artish, gullarning yirik urug’larni sepishga, sabzavotlarni 
yig’ib olish, qorni supurib tashlashga o’rgatish lozim. 
4 - 5 yashar bolalar hayotining bundan oldingi davrlariga qaraganda o’ziga 
o’zi xizmat qilishga ko’proq o’rgatiladi (ular o’zlari echina va kiyina olishlari, 
tugmachalarni taqa bilishlari, botinkalari ipini o’zlari taqib va bog’lab olishni 


60 
bilishlari kerak). Bu yoshdagi bolalarni kiyimlaridagi biron betartiblikni sezishga, 
uni mustaqil ravishda yoki kattalar yordami bilan bartaraf qilishga, ust kiyim va 
oyoq kiyimlarini ehtiyot qilib tutishga, yuvinish ovqatlanish vaqtida kiyimlarini 
ho’l va iflos qilmaslikka, kiyimlarini taxlash va o’z joyiga ilib qo’yishga o’rgatish 
lozim.
Bolalarni ertalab va uxlash, ovqatlanish oldidan va kir bo’lgan vaqtlarida bet 
- qo’llarini yaxshilab yuvishga, ovqatlanib bo’lgandan keyin og’izlarini 
chayqashga, 
uxlash 
oldidan 
tishlarini 
tozalashga, 
sochlarini 
tarashga, 
boshqalarning eslatuvisiz, mustaqil suratda burunni o’z vaqtida dastro’mol bilan 
artishga, dastro’molcha bilan og’izni berkitib va yuzni chetga o’girib turib 
yo’talish va aksa urishga odatlantirish kerak. 
Ular ovqatlanishni mustaqil ravishda eya bilishlari: taomni og’zilariga 
ozginadan olishlari, og’izni ochmay yaxshilab chaynashlari; ovqatlanish asboblari 
(qoshiq va vilka) dan, salfetkalardan to’g’ri foydalanishlari lozim. Ovqatlanib 
o’rindan turgach, o’tirgan stullarini yana o’z joyiga sekin surib qo’yishlari, ovqat 
uchun rahmat aytishlari kerak. 
Bolalarni uyqu xonasida gaplashmaslikka, o’rtoqlarining uyqusiga halavit 
bermaslikka, o’rnini mustaqil ravishda tuzatishga o’rgatish kerak.
Ularni xushmuomalali bo’lishga, katta yoshdagi kishilar hamda o’rtoqlari 
bilan salomlashish va xayrlashishga, o’zlaridan katta kishilarning gaplariga 
aralashmaslikka, boshqalarning gapini bo’lmaslikka, kattalarga yordamlashishga 
odatlantirish lozim. 
Bolalarni bir - birlariga, o’zlaridan kichiklarga g’amxo’rlik qilish, ularga 
biror yo’l bilan shodlik keltirishga intilish ruhida tarbiyalash kerak.
Bolalarda mehnat malakalari va g’ayrat bilan mehnat qilish odatlarini 
vujudga keltirish muhim vazifadir. Bolalar yilning dastlabki oylarida 
tarbiyachining nazorati ostida, yil oxirida esa o’zlari mustaqil holda gurux xonasi 
va uchaskada tartibni saqlaydilar, gurux xonasi va uchastkani supurib – sidirishda 
ishtirok etadilar: stullarni, qurilish materiallarini ho’l latta bilan artadilar, 
o’yinchoqlarni yuvadilar, qo’g’irchoqlarning kiyimlarini yuvib tozalaydilar, 
o’simliklarning katta barglarini artib, ularning kir va changini ketkazadilar, 
tarbiyachiga kitoblarning yirtilgan va to’zib ketgan joylarini tuzatishda yordam 
beradilar. Bolalar o’yinchoqlarning qaerda va qanday tartibda saqlanishini 
bilishlari, o’yinchoqlarni o’ynab bo’lgandan so’ng o’z joyiga eltib qo’yishlari 
kerak. 
Yil boshidan guruxda navbatchilik joriy qilinadi. Har bir stolga bolalardan 
bitta navbatchi tayindanadi, u stol ustiga tarelka, qoshiq va piyolani keltirib 
qo’yadi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa bolalar mashg’ulotga tayyorlanish 
yuzasidan navbatchilik qilishga jalb etiladilar.
Bu guruxda mehnat topshiriqlari keng qo’llaniladi: bolalar gullarni 
sug’oradilar, erni yumshatadilar, hayvonlarni boqib parvarish qiladila, ularning 
suvini yangilab turadilar va hakozo. 
Butun yil bo’yi bolalarga enaganing toza salfetkalarni stollarga qo’yib 
chiqishiga va sochiqlarni ilib qo’yishiga yordamlashish topshirig’i ham beriladi.


61 
Kuzda bolalar er maydonchadagi xazonlarni kattalar bilan birgalikda 
to’playdilar, sabzavotlarni yig’ishtirib oladilar, qishda yo’lchalarni qordan 
tozalaydilar, qor tepachalar yasashda, uchastkada bezatishda qatnashadilar. 
Bahorda poliz - gulzorni chopib yumshatib vaqtida uni har xil tosh va cho’p - 
xaslardan tozalaydilar. YOzda jo’yaklarga, gulpushtalarga muntazam ravishda suv 
berib turadilar, erni yumshatadilar. 
Bolalar katta yoshli kishilarning mehnatini xurmat qilishga o’rgatib borish 
rejalashtiriladi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish