Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasi, uning mazmuni va




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

 
4.4. Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasi, uning mazmuni va 
mohiyati. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining o’quv yili uchun yillik ish rejasini 
istiqbol reja Davlatimiz tomonidan barcha sohalar bo’yicha qabul qilingan 
qonun xujjatlari, Xalq ta`limi bo’yicha me`yoriy hujjatlari, ―Bolajon‖ dasturi 
―Davlat talablari‖, ―Maktabagcha ta`lim kontsepsiyasi‖ shuningdek 
maktabgacha ta`lim muassasaning o’tgan yildagi ishining tahlili asosida 
ishlab chiqiladi. 
Yillik reja aniq, maktabgacha ta`lim muassasasining butun hayotini qamrab 
oladigan, barcha ta`lim - tarbiyaviy ishlarining uzviyligi va izchilligini nazarda 
tutadigan, pedagoglar jamoasining o’tgan yildagi faoliyati natijalarini 
hisobga oladigan bo’lishi kerak. 
Rejaning mazmuni, asosiy bo’limlari, uni tuzilishi va metodikasi haqida 
metodik adabiyot va yo’l - yo’riq xujjatlarida tavsiyalar berilgan. Ular 
maktabgacha ta`lim muassasa tashabbusini qandaydir andoza doirasida 
bo’g’ib qo’ymaydi. Barcha uchun shart bo’lgan ilmiy asoslangan talablar 


46 
bilan birga ijodiy variantlash uchun ham o’rin qoldirilgan. Yillik rejani 
tuzishda kasaba qo’mita tashkiloti va vrach, tibbiyot hamshirasi
tarbiyachilarning qatnashishlari muhimdir. Shundagina u maktabgacha ta`lim 
muassasasi xodimlari jamoa, ijodiy fikrining natijasi bo’ladi. 
Yillik ish rejasi o’quv yilining boshlanishidan oldin avgust oyi 
pedagogik kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. yillik reja o’quv 
yilining boshlanishiga tuman (shahar) pedagogik kabinetining maktabgacha 
tarbiya uslubchisi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 
Maktabgacha 
ta`lim 
muassasasining 
yillik 
ish 
rejasi 
bolalar 
muassasasining barcha ishlarini qamrab oladi. Unda ma`muriy-xo’jalik vazifalar, 
kadrlar bilan ishlash, bolalar bilan bo’ladigan ta`lim - tarbiyaviy ishga rahbarlik va 
boshqalar rejalashtiriladi. 
Yillik ish rejaning asosiy bo’limlaridan biri - bolalar bilan bo’ladigan ta`lim 
- tarbiyaviy ishni rejalashtirishdir. Muassasaning oldingi yildagi ishining holatini 
tahlil qilish asosida muassasannng umuman va har bir guruxning alohida 
tarbiyaviy ish vazifalari aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasisidagi ta`lim - 
tarbiyaviy ishning vazifalari bajarilishi shart bo’lgan «Maktabgacha ta`lim 
muassasasisi ta`lim - tarbiya dasturi»da belgilab berilgan, shuning uchun yillik ish 
rejaga faqat pedagoglar jamoasining alohida e`tiborini talab qiladigan umumiy 
masalalar kiritiladi. Bunda tarbiyachilarning tajriba va malakalari, bolalar 
tarkibining xususiyatlari xisobga olinadi. Masalan, oz miqdorda zaif bolalar bo’lsa, 
sog’lomlashtirish ishi rejalashtiriladi; boshqa hollarda aqliy va ma`naviy tarbiya 
masalalarini, bolalarning nutqinn rivojlantirish masalalarini hal qilish va shu 
kabilarga alohida e`tibor beriladi. 
Yillik ish rejasida ta`lim va tarbiyaning u yoki bu bo’limiga doir mazkur 
muassasada mavjud bo’lgan tajribani umumlashtirishga yo’llangan ish aks 
ettirilishi mumkin. 
Mo’ljallangan ta`lim - tarbiyaviy ish munosabati bilan yillik rejada 
tarbiyachilar bilan metodik ishning mazmun va shakllari, pedagoglar kengashi
maslahatlar mavzusi nazarda to’tiladi, uskunalarni to’ldirish mo’ljallanadi, ota - 
onalar bilan ish mazmuni aniqlanadi. 
Yillik ish rejasini maktabgacha ta`lim muassasasisining mudirasi, metodist 
va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqadi va u xodimlarning umumiy 
majlisida tasdiqlanadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisining yillik ish rejasida nazarda tutilgan 
vazifalar tarbiyachilarning muayyan ish rejalarida aks ettiriladi. 
Nazorat savollari: 
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim - tarbiyaviy ishlar qaysi didaktik 
tamoyillar asosida rejalashtiriladi? Ularni izohlang. 
2.
Istiqbol reja tuzishga qo’yiladigan talablar qaysilar va uni yoritib bering. 
3.
Gurux tarbiyachisining xaftalik ish rejasi bo’limlarini so’zlab bering. 


47 
4.
Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasi va uni rejalashtirishga 
qo’yiladigan asosiy talablarni tushintiring. 
Testlar 

Download 2,1 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasi, uning mazmuni va

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish