• Usovoy.— M., 1966.
  • 4.2. Ta`lim tarbiyaviy ishlarni istiqbol rejalashtirish vazifalari va unga qo’yiladigan talablar.
  • Maktabgacha ta`lima muassasasisidagi




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/117
    Sana26.05.2024
    Hajmi2,1 Mb.
    #254378
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

    Maktabgacha ta`lima muassasasisidagi 
    pedagogik jarayon maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama 
    tarbiyalash va rivojlantirish ularni jismoniy, akliy, ma`naviy va estetik 
    rivojlantirish masalalarini amalga oshirishga yo’llangan.
     
    Bu vazifalarni 
    ro’yobga chiqarish pedagogik jarayonda bolalar faoliyatining xilma - xil turlari - 
    o’yin, turmush, mehnat, o’quv, oddiy badiiy va xakazo faoliyatlari orqali 
    ta`minlanadi. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini shakllantiruvchi 
    vosita xizmatini o’taydi va ayni bir vaqtda bolalar egallaydigan mazmun ham 
    xisoblanadi.
    Pedagogik jarayonning tashkil etilishi ilk maktabgacha tarbiya yoshidagi 
    bolalar uchun xos bo’lgan umumiy rivojlanishning yuqori sur`atlarini hisobga
     
    1
     Usova A. P.Obuchenie v detskom sadu //Pod. red. A.V. Zaporojtsa. M., 1981. 
    2
    Mchedlidze N. B. Mesto igri v pedagogicheskom protsesse detskogo sada // 
    Psixologiya i pedagogika igri doshkolnika / Pod. red. A. V. Zaporojtsa i A. P. 
    Usovoy.— M., 1966. 


    41 
    olishi kerak. U har bir yosh guruhidagi shuningdek, butun maktabgacha ta`lim 
    muassasasisidagi pedagogik jarayonni o’zgaruvchanligini ham belgilaydi. 
    Maktabgacha ta`lim muassasasisidagi pedagogik jarayon bolalar hayotini 
    tashkil etishning o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Bolalarni uyushtirishning umumiy 
    va yakka shakllari o’zgaruvchanligi va xilma - xil birikmalari bilan ifodalanadi. 
    Bundan maktabgacha ta`lim muassasasisidagi pedagogik jarayonni bir butun 
    sifatida va har bir yosh guruhida rejalashtirish lozim degan xulosa kelib chiqadi.
    4.2. Ta`lim tarbiyaviy ishlarni istiqbol rejalashtirish vazifalari va unga 
    qo’yiladigan talablar. 
    Rejalashtirish maktabgacha ta`lim muassasani boshqarishni uning 
    barcha bo’linmalarida rejali, muntazam, ratsional hamda samarali ishlashini 
    ta`minlovchi muhim funktsiyasidir. 
    Xozirgi kunda ta`lim tizimi o’quv rejalari, dasturlari, rejalashtirishlarni 
    ilmiy - texnika taraqqiyotining talablari, bolalarning xususiyatlari va 
    imkoniyatlariga 
    muvofiqlashtirishni 
    talab 
    qiladi. 
    Bugungi 
    kunda 
    maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga kompleks 
    yondashishni 
    hamda 
    butun 
    pedagoglar 
    jamoasining 
    intilishlarini 
    koordinatsiyalashni 
    muvofiqlashtirishni 
    ta`minlovchi 
    rejalashtirishning 
    yagona talablarini ishlab chiqish zarur va mumkin. Maktabgacha ta`lim 
    muassasalar ishidagi sezilarli yutuq, muvaffaqiyatlar bilan birga ularning 
    haqiqiy zaif tomonlari rejalashtirish masalalari hisoblanadi.
    Pedagogik jarayon andozalarga, daqqiliklarga toqat qilolmaydi, bu 
    o’rinda pedagog jonli mushohadasining doimiy ishi, uning tashabbusi, 
    ijodiyoti talab qilinadi. Ta`lim to’g’risidagi Qonunda belgilangan va bizni 
    to’g’ridan - to’g’ri mana shunga yo’llaydi. Shuning uchun pedagogik 
    jarayonning metodik jihozlanganligi aniqroq ta`minlanadigan bosh yo’nalish 
    va yo’l - yo’riqlarni beradigan, qolganlarini tarbiyachining o’zi hal qiladigan, 
    tadbiq etadigan, ijod qiladigan rejalashtirish zarur. 
    Rejalashtirishdan oldin maktabgacha ta`lim muassasadagi ta`lim- 
    tarbiyaviy ishlar holati har tomonlama va chuqur tahlil qilinadi, uning kuchli 
    va zaif tomonlari aniqlanadi, kelajak davr uchun dolzarb vazifalar 
    belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasa ishini aniq rejalashtirish jamoaga 
    asosiy vazifalarni doimo diqqat markazida tutish imkonini beradi. 
    Maktabgacha ta`lim muassasa ishida istiqbol, yillik va joriy 
    rejalashtirishdan foydalaniladi. 

    Download 2,1 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish