O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Ishbilarmonlik
xislatlari 
ta’masizlik 
tavakkalchilik 
barkamollik 
tejamkorlik 
epchillik 
malakalilik 
halollik 
insoflilik 
Saranjom- 
sarishtalik 
uddaburonlik 
tadbirkorlik 
aniqlik 
ishchanlik 
tirishqoqlik 
serxarakatlilik 
ma’suliyatlilik 


36 
natijalarga erishishga yo’llangan qarorlar jamoaning ko’nglini sovitadi va uni 
jipslashtirishga to’sqinlik qiladi.
Qarorni hech qachon hayajonlangan, qizishgan hollarda, shoshma- 
shosharlikda qabul qilib bo’lmaydi. Bu keyinchalik tuzatish qiyin bo’lgan 
xatolarga olib kelishi mumkin. 
7. Odamlarni 
o’zingizga jalb qilish mahoratini rivojlantiring, 
shakllantiring. 
Odamlarni 
bola 
psixologiyasini 
chuqur 
nazariy 
va 
amaliybilish, odamlarga xayrihoh, xurmat bilan, bir maromda va adolatli 
munosabatda bo’lish, ularga ishlarida yordam bera bilish orqali jalb qilish 
mumkin. 
Agarda tarbiyachi ayrim masalada ancha ustunroq bo’lsa, bundan 
cho’chimang, bunday tayanchdan xursand bo’ling va unga ko’maklashing. 
Tarbiyachilarning yaxshi obro’ - e`tibori bu rahbarga maqtov va uning 
xizmati deb tushuniladi. 
Tarbiyachilarning tashabbuslari va ishdagi yutuqlarini o’z vaqtida qayd 
etishni unutmang, ularga yaxshi ishlari uchun boshqa xodimlar borligida 
minnatdorchilik bildiring. Xarakatlarni ijobiy baholash kishini ruhlantiradi va 
yutuqlarini sezmasalar, xafa bo’ladi. 
8. Topshiriq va vazifalarni tarbiyachilar o’rtasida ularning tajribasi, 
qobiliyatlari 
va 
intilishlariga 
ko’ra 
taqsimlang, 
Pedagogning 
imkoniyatlaridan yuqoriligi sezilib to’rgan tolshiriqlarni berib
 
bo’lmaydi. 
Topshiriq etarli darajada qiyin, ammo bajara oladigai bo’lishi kerak. 
Topshiriqni berishda tarbiyachi ongli harakat qila olishi va tashabbusni 
namoyon qilish uchun uning maqsadi va mazmunini tushuntiring. 
9. Uslubchining me`yoridagi talabchanligi bu MTM butun pedagoglar 
jamoasi ishidagi ongli intizom, aniq tashkil qilinganlik, o’zaro uyg’unlik 
zaminidir. Vazifalarni taqsimlashni, buyruq berish va nazorat qilishni, 
rag’batlantirish va jazolashni, jamoaning jamoatchilik fikriga tayanishini 
o’rganing. 
Talabchanlik muntazam bo’lishi kerak. U ishning past sifatiga 
murosasizlikda, tirishqoqlik va qat`iyatda namoyon bo’ladi. Talabchanlikning 
davriyligi nizolarga olib keladi va kutilgan natijalarni bermaydi. 
10. Ko’rsatmalarni tarbiyachilarga o’z hukmingizni ta`kidlamay 
topshiriq va iltimoslar shaklida bering. Ular o’ta aniq, tushunarli bo’lishi 
kerak. Ishning sifati, uning hajmi va bajarilishi muddatiga qo’yiladigan 
talablarni bayon qiling. Talablaringnz jamoada qo’llab-quvvatlanishiga 
harakat qiling. Bu tarbiyachilarda o’zaro talabchanlik va
 
intizomni 
tarbiyalashning muhim shartidir. 
11. Tarbiyachilar ishlarining sifatiga ularning imkoniyatlarini hisobga 
olib talablar qo’ying. Qurbi etmaydigan talablar qarshilik uyg’otadi, 
kyshilarning kayfiyatini buzadi. Intizomiy talablar barchaga barobar bo’lishi 
kerak. Buning uchun tarbiyachilarni, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini 
yaxshi bilish kerak. Eng avvalo ularning fazilatlariga tayaning. Jamoatchilik 
topshiriqlari jamoa a`zolari o’rtasida bir tekisda taqsimlanishini kuzating. 


37 
12. Tarbiyachini bilishning asosiy yo’li uning faoliyatini kuzatish va 
tahlil qilishdir. Odamlarni faqat ularning ishlariga ko’ra baholang. 
Tekshirilmagan mish-mishlarga ishonib, kishi haqida mulohaza yuritish 
mumkin emas. 
Xar bir, xatto eng bo’sh tarbiyachi ishida ijobiy tomonlarni ko’rishga 
harakat qiling. Ma`qullash, iliq so’z pedagoglarning mehnat iitilishlarini 
safarbar qilsha, ularning ijobiy kayfiyatlarini qo’llab-quvvatlashning eng 
amaliy vositasidir. 
Tarbiyachining muvaffaqiyatlarini hamkasb-lari ishtirokida qayd eting, 
fikr - 
mulohazalarni, odatda, yolg’iz qolganda bildirgan ma`qul. 
Kamchiliklarni ommaviy tanqid qilish tarbiyachi maslahatlarga quloq 
solmagan va o’z xatolarini tan olishni istamagan hollarda o’rinlidir. 
13.Doimo o’zingizni tutishga harakat qiling. G’azab ifodalari 
tarbiyachiga uning faoliyatini osoyishta, xushmuomalalik bilan tahlil 
qilishdan ko’ra kamroq ta`sir ko’rsatadi. Chidamsizlik, baqiroqlik - rahbar 
madaniyatining pastligidan dalolat beradi, bu uning kuchliligi emas, balki 
zaifligining belgisidir. 
14. MTM da tetik, xushchaqchaq muhitning yaratilishi eng avvalo 
sizga, sizning xatti - harakatingizga bog’liq. Tarbiyachining kayfiyati 
ishining muvaffaqiyatli bo’lishiga, jamoadagi iliq muomala va o’zaro 
yordamga bog’liq bo’ladi. Jamoaning barcha a`zolari bilan bir xilda 
muomalada bo’lish uni jipslashtirishning muhim shartlaridan biridir. 
―Erkatoylar‖, imtiyozlilar va ta`qib qilinuvchilarning bo’lishi rahbarning 
jamoani o’z ketidan ergashtirishga qodir emasligining belgisidir. 
Optimist bo’ling va qiyin vaziyatlarda ruhingiz tushmasin: bu 
tarbiyachilarda ishda muvaffaqiyatga erishish ishonchini uyg’otadi. 
15. Tanqidga to’g’ri fikr bildirishni o’rganing. O’zingiz haqingizda 
nomaqbul gaplarni eshitsangiz, ularni sabrli bo’lib ish bilan, faqat ish bilan 
inkor eting, ana shunda kishilar haqiqat qaerda, yolg’on qaerdaligini o’zlari 
osonlikcha farqlab oladilar. Tanqidiy fikrdagi kashilarni obro’sizlantirishga 
intilish muhitni keskinlashtiradi va rahbarning jamoadagi obro’siga putur 
etkazadi, xolos. 
Tarbiyachining mulohazalari va har qanday takliflarini, hatto muhim 
bo’lmasada, diqqat hamda xayrixohlik bilan tinglang. Bo’lmasa, boshqa 
holatda jiddiy masala yuzasidan ham u hech narsa demaydi. Adolatli 
tanqidiy, mulohazalarni mensimaydigan rahbar muqarrar tarzda o’zini 
jamoaga qarshi qo’yadi va nihoyat oqibatda samarali boshqarish 
imkoniyatidan mahrum bo’ladi. 
16.
 
O’z mehnatingizni ratsional tashkil qiling, ishni rejalashtiring, 
o’zingizni va o’zgalarni belgilangan kun tartibiga rioya qilishga 
odatlantiring. Majlislar o’tkazish, har qanday «qog’ozbozlikni», afsuski bu 
hozir ham tarbiyachilar ishida uchrab turadi, mumkin qadar qisqartiring. 
Hech 
qachon 
va 
hech 
qaerga 
kechikmang 
va 
buni 
qo’l 
ostingizdagilardan ham talab qiling. 


38 
17. Topshiriq, vazifa, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat 
qiling: 
nazoratning 
yo’qligi tarbiyachilarda bajarilayotgan ishning 
keraksizligi haqidagi fikrni keltirib chiqarishi mumkin; shu bilan birga yo’l-
yo’riq ko’rsataverishlardan o’zingizni tiying. Agarda jamoangizda bitta 
bo’lsa-da noinsof xodim bo’lsa, uni ishlashga majbur qiladigan barcha 
choralarni ko’ring, aks holda u butun jamoadagi intizomni buzishi mumkin. 
Nazorat savollari: 
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining liderlik jihatlarini siz 
qanday izohlaysiz? 
2.
Uslubchi jamoani birlashtirishda qaysi usullardan foydalanish 
mumkin va bu qanday usullar? 
3.
Uslubchining yosh tarbiyachiga ko’rsatadigan metodik maslahatlar 
mazmunida nima yotadi? 
4.
Uslubchining mutaxassislik vazifalari jadvalini tuzib ko’rsating. 
Adabiyotlar: 
1.
I.A.Karimov ―Yuksak ma`naviyat engilmas kuch‖ Toshkent ―Ma`naviyat‖.
2008 y.
2.
Otamurodov S va boshqalar. ―Ma`naviyat asoslari‖. Toshkent 2002 y. 
3.
A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
4.
Maktabgacha ta`lim tizimiga doir xuquqiy me`yoriy xujjatlar to’plami. 
―Lider Press‖ nashriyoti.T.: 2009 y.
5.
Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
6.
J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 


39 
IV Mavzu: Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirish va ma`yoriy 
xujjatlar. 
Reja: 
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari. 
2.
Ta`lim tarbiyaviy ishlarni istiqbol rejalashtirish vazifalari va unga 
qo’yiladigan talablar. 
3.
Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar. 
4.
Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasi, uning mazmuni va 
mohiyati. 
Mustaqil ish. Metod xonada foydalanish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, 
metodik, badiiy adabiyotlar biblografiyasini tuzish. 
Tayanch iboralar. 
-
istiqbol – bu ishni ma`lum muddatlar asosida rejalashtirish 
-
kalendar reja – guruxning bir xaftaga mo’ljallab tuzilgan ta`lim – tarbiyaviy 
ish rejasi. 
-
atributlar – kerakli jihozlar, qurollar. 
-
Ochiq ko’rik – ma`lum jarayonning jamoa tarzida kuzatish va tahlil qilish. 
-
Metodik kabinet - maktabgacha ta`lim muassasasidagi ta`lim-tarbiyaviy va 
metodik ishlarning markazi 
-
Istiqbol reja – ta`lim-tarbiyaviy ishlarning avvaldan ishlab chiqilgan 
loyihasi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish