YOsh mutaxassislar bilan yakkama-yakka ishlarni tashkil etish usul va




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

2.4 YOsh mutaxassislar bilan yakkama-yakka ishlarni tashkil etish usul va 
uslublari 
Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg’otishi 
ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat`iyatsizlik ko’rsatsa, 
kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishidan cho’chisa, bolalar 
buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo’lmaydi. «Guruxni 
eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o’z 
muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, hatto o’zining kasbga 
yaroqliligiga gumonsiraydi. 
Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo 
uni tajribali, bilimdon, bolalarni va o’z ishini sevadigan pedagog 
ishlaydigan guruxga yo’llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar 
bilan qanday ishlash kerakligini ko’rsatishdir. Hech qanday maslahat, 
gapirib berish, tushuntirishlar ko’rsatishdek yordam berolmaydi. 


28 
Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira 
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug’ullanishini bilmaydilar, pedagog esa 
guruxda intizomni, tartibni o’rnatolmaydi. Uslubchi yoki maktabgacha 
ta`lim muassasasisining mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini 
aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to’polon qilayotgan bo’lsalar, unda 
darhol ularga ma`qul keladigan mashg’ulotlarni topish kerak bo’ladi. 
Bunday vaziyatlarda uslubchi tarbiyachiga bolalarning xilma - xil 
faoliyatlariga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, ularni 
o’yinlar, mashg’ulotlarga jalb qilishni ko’rsatadi. Ustalik bilan, ularning 
fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondoshuvni amalga oshirishga 
yordam beradi, qiynalayotgan va ishni yarim yo’lda tashlab ketmoqchi 
bo’lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko’maklashadi, bolalarga o’z 
faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab qo’yib uyushtirishni 
o’rgatadi; o’yin uchun sherik topishda yorhamdashadi... Bunday ko’rtazmali 
misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlaripi to’g’ri uyushtirishda yordam 
beradi. 
Har bir yosh mutaxassis - ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi 
maslahatlar olib turishi uchun unga murabbiy - tajribaliroq va obro’liroq 
tarbiyachini biriktirish lozim. 
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan 
bo’lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg’or 
metodlari va usullarini egallashga, o’z bilimlarini doimo to’ldirib borishga, 
erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini 
singdirishga yo’llash uslubchining iazifasi hisoblanadi. 
Dastlabki kundan boshlab uslubchi yosh pedagogga bolalarni diqqat 
bilai kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, xatti-harakatlarini 
o’rganishni o’rgatadi. Har bir bolaning kimligini (qandayligini), uni nimalar 
qpziqtirishini, nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarining 
unga qanday munosabatda bo’lishini bilgan taqdirdagina har bir bolaning 
qalbiga yo’l topish mumkinligi hammaga ma`lum. Pedagogning, unda kasb 
mahoratining shakllanishi tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, xatti-
harakatlarning sabablarini tushuna bilganda, har bir bolaga e`tiborli va 
sezgir bo’lganda, xayrixohlik bildirib, ko’nglini ko’tarib, erkalata olganda, 
guruxda bolalar o’zlarini uylaridagidek his qiladigan vaziyatni yarata 
olishidan boshlanadi. 
Yosh mutaxassisni iliqlik bilan kutib olish va o’z jamoasiga qabul 
qilish, unga kasbga «kirishishida» va unga mehr qo’yishida yorhamdashish 
muhimdir. Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo’lishi va 
qoniqmasliklari haqidagi mavjud faktlarga ba`zan to’liq darajada 
ma`muriyat va birinchi navbatda uslubchi sababchi bo’ladi. 
Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining o’z vaqtida, adolatli 
baholanishiga ehtiyoj sezadi. Biz ko’pincha tarbiyachining ishini faqat 
tashqi belgilariga ko’ra baholaymiz. Guruxda osoyishtalikmi - demak 
hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashvi intizom 
emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan-


29 
olmaganligi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni o’rgatgan-
o’rgatmaganligi, bolalarning yordamga muhtoj o’rtoqlariga o’z vaqtida 
yordam ko’rsatishni bilish - bilmasliklarida emasmi? 
Maqtov kayfiyatni ko’taradi, faoliyatni rag’batlantiradi, ishonch 
tug’diradi, ishga qiziqishni oshiradi. 
Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish unga qo’yiladigan yuksak 
talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan jamoalarda yaxshi 
an`analar, yuksak mas`uliyat ruhi, do’stona o’zaro yordam, ijodiy 
tashabbuskorlik yashaydi. Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan 
tarbiyachi pedagoglar jamoasiga tez va osonlik bilan singib ketadi. 
Kasbga oid sifatlar ko’p jihatdan tarbiyachining o’ziga xosligi, 
xarakteri va temperamentining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Pedagoglik 
faoliyatiga ma`lum irsiy moyilliklari bo’lgan mohoratli kishigina chinakam 
va omilkor tarbiyachi bo’lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Bu fikrga 
asoslangan ayrim olimlar pedagogika oliy o’quv yurtlariga abiturientlarni 
teatr-san`at o’quv yurtlariga tanlagandek tanlab olish kerak, deb 
hisoblaydilar. Boshqalari bunday ommaviy tarqalgan kasb alohida 
iste`dodlilar imtiyozi bo’lolmaydi, deyishadi. Barcha odamlar (ayrim 
istisnolardan tashqari) tabiatan tarbiyachilik sifatlariga egadirlar. Masalan 
pedagoglik mahoratini o’rgatishdadir.
Nazorat savollari: 
1.
Uslubchining g’oyaviy-ma`naviy etuklik va umummadaniyati darajasini 
yoritib bering. 
2.
Uslubchi qanday tamoyillar asosida jamoani boshqaradi va ularning 
mohiyatini tushuntiring. 
3.
Uslubchining pedagogik nazorati deganda nimani tushunasiz va uni izohlab 
bering. 
4.
YOsh mutaxassislar bilan ishlashda uslubchining ish usul va uslublari 
qanday? 
Adabiyotlar: 
1.
I.A.Karimov. ―Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch‖ T. ―Ma`naviyat‖ 
2008 y. 
2.
A.I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina. ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
3.
Sh.K.Tashpulatova Maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etish va uni 
boshqarish usullari T.: Ma`ruza matni 2001 y. 
4.
O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K. Tashpulatova ―Maktabgacha 
ta`lim pedagogika‖ T.: Ilm Ziyo 2006 y. 
5.
Maktabgacha ta`lim tizimiga doir xuquqiy me`yoriy xujjatlar to’plami. 
―Lider Press‖ nashriyoti.T.: 2009 y. 


30 
6.
Spravochnik ―Rukovoditelya doshkolnogo orazovatelnogo uchrejdeniya‖ 
―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y. 
Testlar

Download 2,1 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 YOsh mutaxassislar bilan yakkama-yakka ishlarni tashkil etish usul va

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish