Kadrlarni to’g’ri tanlashda




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Kadrlarni to’g’ri tanlashda: 

sofdillik nuqtai nazari bilan; 

siyosiy-ma`naviy darajasiga; 

ishga aqliy yondoshish nuqtai nazari bilan; 

ma`muriy qobiliyatlari nuqtai nazari bilan. 
Kadrlarni ilgari surish va ularni to’g’ri taqsimlashning mohiyati muhimdir. 
Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat harakterga ega bo’lib, bu 
vazifalarni xal etishni ilmiy asosda olib borish kerak. 
Ta`lim sohasida Davlat siyosatining asosiy printsiilari quydagilar: 
1.
Ta`lim va tarbiyaning insonparvar demokratik harakterda ekanligi
2.
Ta`limning usluksizligi va izchilligi; 
3.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
4.
Ta`lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi; 
5.
Davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun 
ochiqligi; 
6.
Ta`lim dasto’rini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
7.
Bilimli bo’lish va iste`dodni rag’batlantirish; 
8.
Ta`lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg’unlashtirish. 
Bu ustuvor printsiplarga tayangan holda maktabgacha talimni boshqarishda: 
1.
Demokratik xalqparvarlik asosida, bunda O’zbekiton Respublikasi 
Konstitutsiyasi Xalq ta`limi buyruqlari asosida ishlarni tashkil etish
2.
Yakka boshchilik printsipi 1 maqsadga qaratilgan ish usuli bo’lib, 
maktabgacha ta`lim muassasalari yillik ish rejasini to’liq bajarishga qaratilgan ish 
usulidir; 
3.
Hamkorlik printsipi: jamoa bilan birgalikda muammolarni xal etishdir. 
Mutloq hamkorlik bekorga vaqt o’tkazmaslik, tezkorlik, uddaburonlik, fikrlashuv 
natijalardir. 
4.
Aniqlik printsipi: pedagogik, metodik va xo’jalik ishlarini maqsadga 
qaratilgan xolda aniq, puxta tashkil etish, kuzatish va tahlil qilishdir; 
5.
Xo’jalikni boshqarish printsipi: bu smetadagi mablag’larni to’g’ri 
taqsimlash, ish yuritishni to’g’ri tashkil etish va uning ustidan nazoratni tashkil 
etishdan iboratdir; 
6.
Tanqid va o’z-o’zini tanqid. Bu printsipda rahbar o’z ishiga nisbatan 


26 
talabchan, intizomli, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, 
bajaradigan ishlarga tanqidiy yondashuvi ko’zda to’tiladi;
7.
Differentsial farq qilmoq printsipi. Ishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni 
ko’ra olish, ilg’or ish tajribalarni ko’ra olishdir; 
8.
Yangilikni xis qila olish printsipi. Ta`lim sohasidagi o’zgarishlarni, 
yangiliklarni o’z ish faoliyatida qo’llay olish. 
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining 
metodologik asosini: O’zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta`lim 
to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Maktabgacha ta`lim 
to’g’risidagi Kontseptsiya va Nizomda ko’rsatib berilgan maqsad va vazifalarni 
tashkil etadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi mustaqil ravishda, o’z tashabbusi 
bilan o’z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga 
monelik qilmasa, har qanday qaror qabul qilishga xaqlidir. 
Makgabgacha tarbiya muassasasi ta`lim - tarbiyaviy ishlar sifati, bolalar va 
ota-onalar huquqiga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma`suldir. 
Makgabgacha tarbiya muassasasi mehnat jamoasi xalqchilik asosida o’z-
o’zini boshqarish prinpiga muvofiq uning faoliyati bilan bogliq barcha masalalarni 
hal qiladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining faoliyati boshqa muassasalar, korxonalar, 
tashkilotlarning 
qulay 
ish 
sharoitlarini 
buzmasligi, 
fuqarolar 
hayotini 
qiyinlashtirmasligi va yomonlashtirmasligi zarur. 
Uzluksiz ta`lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta`lim 
muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat 
yo’li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta`lim boshqaruv organlarining 
vakolat doiralari «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta`limning 
me`yoriy-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo’jalik faoliyati olib borish hamda 
ta`lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va 
mustaqilligi ta`minlanadi. 
Ta`lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan 
belgilangan 
tartibda 
attestatsiyadan 
o’tkaziladi 
hamda 
akreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta`lim sohasida faoliyat 
ko’rsatish huquqi beriladi.
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat 
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va xomiylarning vakillarini o’z 
ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta`lim 
muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish