O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

6.3.
 
Bolalar o’yinlarini rejalashtirish 
 
Bolalarning ijodiy syujetli - rolli o’yinlariga rahbarlikni to’g’ri rejalashtirish 
uchun tarbiyachi bolalarning yaxshi ko’rgan o’yinlarini, ularning mazmunini
bolalarning o’yinda qanday birlashishlarnni (kim kimga qo’shiladi va qanday 
o’yinlarni o’ynaydi), bolalarning o’yinda qanchalik mustaqilliklarini, qanday 
o’yinchoqlarni afzal ko’rishlarini, yoshdan - yoshga bolalarning o’yinlari qanday 
rivojlanishini (mazmuni qanday o’zgarishi va boyishi, o’yinda bolalar xulq - 
atvorining murakkablashishi, ularning mustaqilligining ortishini) bilishi kerak. 
Mazkur guruh bolalarining o’yinlarini har tomonlama o’rganish juda muhim, 
chunki bolalarning o’yin faoliyatlari emas, balki tarbiyachining unga rahbarlik 
qilishiga oid pedagoglik faoliyati rejalashtirilishi lozim. Tarbiyachi o’zining 
o’yinlarga rahbarligini rejalashtirar ekan, o’yinda bola mustaqilligini saqlash va 
rivojlantirishga harakat qilishi kerak. Ijodiy syujetli - rolli va qurish - yasash 
o’yinlariga rahbarlikni rejalashtirishda pedagoglik ta`sirning muayyan vazifalari: 
mazmunni boyitish, bolalarda o’yinchoqlar bilan o’ynash ko’nikmasini, o’yin 
jarayonida bir - birlari bilan to’g’ri munosabat o’rnata bilishni shakllantirish, 
bolalarga yangi o’yin harakatlarini o’rgatish, syujetni tuza bilish, o’yin yuzasidan 
kelisha bilish zarur o’yin muhitini yaratish va shu kabilar qo’yiladi. Bunda 
tarbiyachi faqat jamoa bo’lib o’ynashga emas, bolalarning yakka tartibda 
o’ynashlariga ham e`tibor beradi. 
Rejada bolalarning xulq - atvorlarini: bir - birlarnga xayrixoh munosabatni, 
bir - birlarining o’yinga qiziqishlari bilan hisoblashishni, o’yinchoqlarni 
o’rtoqlashish, yuzaga keluvchi nnzolarni haqgo’ylik bilan hal qilish va shu 
kabilarni tarbiyalash vazifalari ham nazarda to’tiladi. Bu vazifalar uzoq muddatga 
mo’ljallanadi, shuning uchun rejada ko’p karra takrorlanadi. 
Ijodiy o’yinlar mazmunini boyntish - rahbarlikning asosiy vazifalaridan 
biridir. Ish rejasida u turlicha aks ettiriladi: muayyan mavzu ko’rsatilmay o’yin 
mazmunini boyitish masalasi qo’yilishi mumkin (masalan: bunda bolalar o’yinida 
qatnashish. Ularga o’yinchoqlarni tanlashda yordam berish, ular bilan o’ynashni 
ko’rsatish). Ko’p hollarda bunday vazifalar maktabgacha ta`lim muassasasisining 
kichik guruhlarida nazarda to’tiladi. O’rta va katta tarbiya yoshidagi bolalar 
o’yinlariga rahbarlikni rivojlantirishda tarbiyachi o’z guruxidagi bolalarning qaysi 
o’yinlarini va qanday o’ynashlarini yaxshi bilganligi uchun muayyan mavzudagi 
o’yinlar mazmunini boyitishni maqsad qilib olishi, bunda o’z ta`sir usullarini 
ko’rsatishi xam mumkin. 


62 
Rejaga o’yinda bolalarning o’zaro munosabatlari va xulq - atvorlarinp 
tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o’ninlarining mazmunini va 
ularning o’ynash ko’nikmalarini hisobga oladi. 
Rejada bolalarning ijodiy o’yinlariga rahbarlikning asosiy usullari xam 
nazarda tutilishi kerak. Eng avvalo bolalar o’yinlariga bilvosita ta`sir ko’rsatish 
usullari: bolalarning o’yin mazmuniga aloqador bilimlarini kengaytirish, o’yin 
materialini kiritish ba`zan esa uni bolalar bilan tayyorlashni rejalashtirilishi 
mumkin. Bolalarning atrofdagi hayot haqidagi bilimlarini kengaytirish, bilimlar 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Ammo buning uchun tarbiyachida mashg’ulotdan 
boshqa paytda ham imkoniyat bor: sayrlar va o’yin chog’ida hamda bo’sh 
vaqtlarda. O’yin xonasidagi o’yinchoqlardan bolalar mustaqil foydalanadilar. 
YAngi o’yinchoqlarni ko’pincha ular o’yin mazmunini boyitish mumkin bo’lgan 
hollarda kiritadilar. 
Bevosita rahbarlik usullarini ham (o’yinda, kelishuvda qatnashganda, o’yin 
harakati, o’yinchoqdan foydalanish usulini ko’rsatishganda, maslahat, ko’rsatma 
va shu kabilar) da rejalashtirish mumkin, buning uchun tarbiyachi o’z guruhi 
bolalarining o’yinlarini yaxshi bilishi kerak (masalan, u o’yinlar-da bolalarning 
muayyan guruhining qatnashishnni rejalashtirish mumkin). Agarda bolalarning 
o’yinga kiziqishlari boyitilmagan bo’lsa, tarbiyachi xilma - xil usullar (o’yin 
muhiti yoki uning tarkibini yaratish, ayrim o’yinchoqlarni kiritish, ko’rilgan o’yin 
haqida hikoya qilish, o’ynayotgan bolalar tasvirlangan rasmlarni ko’rish va shu 
kabilar) dan foydalanib, yangi o’yinni taklif qilishni rejalashtirishi mumkin. YAngi 
uiinni taklif etishning asosiy sharti bolalikda keng taassurotlarga ega bo’lishdir. 
O’yin 
saxnalashtirishni 
rejalashtirishda 
bolalarga 
saxnalashtirish 
mo’ljallanayotgan badiiy asarni oldindan tanishtirish, so’ngra qayta o’qish, 
qahramon nomidan hikoya qilish va shu kabilar nazarda to’tiladi. Kiyim - libos 
dekoratsiyalarning murakkab bo’lmagan tarkiblarini tayyorlash, so’ngra o’yinning 
o’zini o’tkazishni ham kechki soatlarga mo’ljallash maqsadga muvofiqdir. O’yin -
saxnalashtirish ko’p karra takrorlanadi: u boshqa guruhlar bolalariga, ota-onalarga 
ko’rsatilishi, bayram dasturiga kiritilishi mumkin. 
Kun davomida tarbiyachi xilma - xil hapakatli va didaktik o’yinlarni 
uyushtiradi, ularga raxbarlikni ham rejalashtiradi. Reja didaktik o’yinlardan 
ularning mazmuni, qoidalari va akliy vazifalari tabiatiga ko’ra foydalanish 
izchilligini nazarda tutishi kerak. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish