Pedagogik kabinetning ishi




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Pedagogik kabinetning ishi 
Maktabgacha ta`lim muassasasidagi butun metodik ishning markazi 
pedagogika kabinetidir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, 
pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o’qishlarini tashkil qilishda 
tarbiyachilarga amaliy yordam ko’rsatishdagi etakchi rol pedagogika kabineti 
zimmasidadir. 
Pedagogika kabineti bolalar muassasasi an`analari jamg’ariladigan joydir. 
Uslubchining vazifasi jamg’arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, 
tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo’llashga o’rgatishdir. 
Pedagogika kabinetida to’g’ri yo’lga qo’yilgan ish barcha xodimlarning 
metodik tayorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojlantirish 
vazifalarini hal qilishga yordam beradi. 
Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta`lim muassasasisi 
tarbiyalariga metodik yordam ko’rsatish, ularning g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-
metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlarining o’sishi uchun sharoit 
yaratishdir. MTMdagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg’or pedagogik tajriba 
to’rejaadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang’ich markaz hamdir. 
Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o’z mehnatlarini ilmiy 
asosda tashkil qilishlarida yordam ko’rsatishdir. 
Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun uslubchi kabinetdagi 
materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo’yishi, uni tizimlashtirish va puxta 
o’ylab chiqishi kerak. 


235 
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan 
tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot 
xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma - xil axborot byulletenlari, bolalar 
ta`limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo’yicha «axborot kunlari», yangi 
kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, 
muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo’lishi mumkin. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish