O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

21.4.
 
Maktabgacha ta`lim muassasalarida pedogogik texnologiyalardan 
foydalanishning nazariy asoslari 
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi ta`lim maqsadiga erishish quroli, ya`ni 
oldindan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va 
vositalari tizimini, ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. 
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish 
orqali ta`lim maqsadiga erishishni taminlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning 
tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta`limning samaradorligi, 
qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta`lim maqsadining aniq shakllanganligi. 
O’yin texnologiyasi ham o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, amalga 
oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o’zaro bog’liqligi, 
oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. 
L.S. Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy 
buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta`riflaydi. 
Har qanday o’yin muayyan vazifalarni bajaradi: 
• maftunkorliq 
• kommunikativliq 
• o’z imkoniyatlarini amalga oshirish; 
• tashxis; 


237 
• o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi muloqot; 
• ijtimoiylashuvlik. 
S.A. Shmakovning ta`kidlashicha, o’yinlar quyidagi to’rtta asosiy 
xususiyatga ega: 
— erkin rivojlantiruvchi faoliyat. ya`ni bola o’yinni o’zi tanlaydi, unda faol 
ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o’yin jarayoni 
muhim ahamiyatga ega; 
— ijodiy xarakter, ya`ni o’yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta 
imkoniyatlar mavjud; 
— emotsional ta`sir — bola o’yinda markaziy o’rin egallashni xohlaydi, g’olib 
bo’lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi; 
— asosiy va qo’shimcha qoidalar o’yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini 
belgilaydi. 
O’yin tuzilishiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil 
qilish kabi komponentlar kiradi. O’yinning eng asosiy xususiyati uning 
ijodiyligidadir. U o’zaro kurash, musoba-qalashish, raqobat shaklida namoyon 
bo’ladi. 
Nazariy jihatdan o’yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi 
sifatida qarash mumkin. 
O’yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga 
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o’z 
imkoniyatlarini to’la amalga oshiradi. 
O’vinli faoliyatni motivatsiyalash o’yin xarakterining muso-baqalashish shartlari, 
shaxsning o’zini namoyon qila olishi, o’z imkoniyatlarini amalga oshirish 
ehtiyojlarini qondirishdan kelib 
chiqadi. 
Jarayon sifatida o’yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta`biricha) quyidagilarni 
qamrab oladi: 
• o’ynash uchun olingan rollar; 
• bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari; 
• haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish; 
• o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari; 
• o’yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun). 
Har qanday texnologiyada, jumladan, o’yin texnologiyalarida ham, o’quv 
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad 
to’g’ri qo’yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o’rgatmoqchi bo’lganligini bilishi 
kerak. Bitta mashg’u-lotda bitta maqsad qo’yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, 
bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va 
h.k. 
O’yin texnologiyalari (ayniqsa, bog’cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi 
maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak-ko’rini rivojlantirish) amalga 
oshirishi ham mumkin. Bunda o’yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo’ladi. 
Maktabgacha ta`lim tizimida pedagogik o’yinlarning shakl-lari va amalga 
oshirish metodlari. Pedagogik ijrochilik o’yinlari ni bola uch yoshdan boshlab 
o’zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o’rtasidagi munosabatlar 


238 
bilan tanisha boshlaydi. hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, 
o’zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. 
Maktabgacha yoshda bolalar o’yin faoliyatini o’zlashtira borib ijtimoiy 
qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha 
ta`lim tizimida qo’llaniladigan pedagogik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: 
1. Bolalar kayfiyatini ko’taruvchi. 
2. Hamkorlikka chorlovchi. 
3. Bolalarni o’zligini namoyon etishga chorlovchi. 
4. Bolalarda o’ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual 
muammolarni yo`qotishga qaratilgan. 
5. 
Maktabgacha 
bolalar 
xatti-harakatidagi 
cheklanishlarni 
tav-siflovchi 
(diagnostika). 
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi. 
7. Millatlararo bag’rikenglikni shakllantiruvchi. 
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o’yinlar. 
Pedagogik o’yinlami quyidagicha tasniflash mumkin. 
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik 
o’yinlar. 
Pedagogik 
jarayonlarning 
xarakteriga 
qarab: 
ta`lim-tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi, mahsulotli, ijodiy, psixotexnik o’yinlar. 
O’yinlar metodlariga qarab: predmetli, syujetli, badiiy rolli, hodisalami 
tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o’yinlar. 
Predmetlar asosidagi o’yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, 
texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, 
tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o’yinlar. 
O’yin vositalari bo’yicha: o’yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) 
bilan amalga oshiriladigan o’yinlar va o’yin vosi-talarisiz amalga oshiriladigan 
o’yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o’ynaladigan o’yinlar, kompyuter va 
televizor o’yinlari kabi texnik vositalar. 
Maktabgacha ta`limda yoshi kattalarning to’plagan tajribasini kichik 
yoshdagilarga singdirish jarayonida o’yinlar ta`lim metodi sifatida namoyon 
bo’ladi. O’yin metodlariga qarab maktabgacha ta`lim vazifalaridan kelib chiqib, 
predmetli, syujetli-ishchan, dra-malashtirilgan o’yinlardan keng foydalaniladi. 
Maktabgacha ta`limda rivojlantiruvchi pedagogik o’yinlami o’quv tarbiya 
jarayonida qo’llash quyidagi o’ziga xos xarakterga ega bo’ladi. Birinchidan, 
rivojlantiruvchi pedagogik o’yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat 
bo’ladi. Ikkinchidan, o’yin fao-liyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g’ishtchalar, 
kvadratlar, plas-tilin, karton qog’ozlar, konstruktor-mexanik majmualarida turli 
ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshi-riladi. 
Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta`minlash maqsadida ulami 
osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig’ida sifatli bajarilishini ta`minlash darkor. 
Maktabgacha ta`lim muassasalarida interfaol o’yinlardan foydalanish ijobiy 
natijalarga olib keladi. Bu o’yinlar jarayonida bola passiv obektdan faol subektga 
aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o’yinni tashkil etish, bolalar ijodiga 
sharoit yaratishdan iborat. 


239 
Interfaol o’yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to’g’ri bayon etishga, 
boshqalarni tinglashga o’rganadi, boshqacha qilib ayt-ganda interfaol o’yinlar 
orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo’lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. 
Interfaol o’yinlami samarali o’tkazish uchun quyidagi qoidalarga e`tibor berish 
lozim: 
1. Mashg’ulot oldidan bolalar o’yin qoidalari va mazmunini qay darajada 
tushunganliklarini aniqlash. 
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini hisobga 
olish. 
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e`ti-borga olish. 
4. O’yin jarayonida bolalarga qiziq bo’lgan materiallardan foydalanish. 
5. Diqqat va e`tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish. 
6. Bolalarga rollarni to’g’ri taqsimlash. 
7. O’yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 
8. O’yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lish va natijalarini 
prognoz qilish. 
Pedagogik nuqtayi nazardan to’g’ri tashkil etilgan o’yin bolaning axloqiy
irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi 
olam sirlarini ochishga qiziqish uyg’otadi. SHuning uchun maktabgacha ta`lim 
muassasalarida o’yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. 
O’yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. 
O’yin texnologiyasi an`anaviy ta`limdagi o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, 
amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o’zaro 
bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. 
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan 
foydalanish maktabgacha ta`lim-tarbiya jarayoni samara-dorligmi oshirishga 
xizmat qiladi. 
Nazorat savollar: 
1.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`limga metodik raxbarlikning 
tashkiliy tuzilishini tushuntiring. 
2.
Pedagogok kabinet ishining maqsad va vazifalarini izohlang. 
3.
Metodik ishlar qanday shakl va usullarda tashkil etiladi? 
4.
Pedagogik texnologiyani metodik ishlarga qo’llash jarayonini tushuntiring. 
Testlar: 

Download 2,1 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish