Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

20.2. Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti 
 
Hozirgi zamon bosqichida keng aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot 
qilish muhim papkaga kirib bormoqda. 
Oilaviy tarbiyami yaxshilash uchun ota-onalarshshg umumiy pedagogik 
ta`limi tizimini takomillashtirish zarur. Hamma katta yoshdagi aholi, dastavval ota-
onalar, bolalarni va yoshlarni tarbiyalashga tayyorlangan bo’lishlari kerak. 
Bu odat ishlarini radio va televidenie orqali chiqishlarva ma`ruzalar qilish 
pedagogik tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi. 
Pedagogik tashviqotni yanada tor doirada bevosita maktabgacha ta`lim 
muassasasilari amalga oshirishlari .ham mumkin. 
Pedagogik bilimlarni tashviqot qilishda kichik mintaqa doirasida tashkil 
etiluvchi ota-onalar anjumanlari amalda sinalgan usullardandir. 
Bu ishni ma`lum tizim asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Anjumanlarni o’tkazishdan avval oilaviy tarbiya tajribasini, maktabgacha ta`lim 
muassasasilari bilan ota-onalar orasidagi o’zaro ta`sirni o’rganish bo’yicha har 
tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bunda jamoatchilik, 


224 
maktabgacha ta`lim muassasalari pedagoglarining yo’naltiruvchi ishtirokida ota-
onalarning o’zlari faol ishtirok etishlari kerak. 
Anjuman mavzusi xalq ta`limi bo’limlari bilan hamkorlikda tanlanishiga 
e`tibor beriladi. Anjumanlarning mazmunini, ko’pincha, hayotning o’zi belgilaydi 
va eng dolzarb masalalar aks ettiriladi. 
Anjumanni tayyorlashda, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassasalarining 
tibbiy xodimlari faol ishtirok etadilar, ular tibbiybyulleten, tibbiyot mavzusiga oid 
savol va javoblar taxtalari tashkil etishlari, bolalarni chiniqtirishning usul va 
uslublarini amaliy ko’rsatishni hamda bolalarning sog’lig’iga taalluqli masalalar 
bo’yicha ota-onalarga «maslahatlar burchaklari»ni tashkil etishadi. Bunday 
burchaklarga «Biz chiniqamiz», «Uyda dam olish kunlari badantarbiyasi», «Otam, 
onam va men - sportchilar oilasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin. 
Tuman anjumanlarini tayyorlashda va tashknl etishda xalq ta`limi 
bo’limlariga ota-onalar faollari, tuman pedagogika jamiyati, maktabgacha ta`lim 
bo’limlari katta yordam beradi. Bu anjumanlarda shaharning eng yaxshi 
tarbiyachilari, mudiralarn, olimlar, metodist va hokazolar so’zga chiqishlari 
mumkin. Bo’lar maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni maktabga 
tayyorlashning turli masalalari bo’yncha chiqishlar va ma`ruzalar bilan ishtirok 
etadilar. 
Ota-onalar anjumanlarining materiallari rasmiylashtiriladi va tuman 
maktabgacha ta`lim uslubiy kabinetlariga topshirilib, keyinchalik ular amaliy ishga 
tadbiq etiladi. 
Ota-onalar pedagogik ta`limotining shakl va usullarini kengaytirish, oilaga u 
orqali va u bilan birga bolaga ta`sir ko’rsatishning yanada natijali usullarini izlash - 
bularning hammasi tarbiyachilarni o’zining nazariy saviyasini oshirishga, jamoat 
tashkilotlari, maktablar bilan aloqa izlash va topishga majbur qiladi. Pedagogik 
targ’ibotda lektoriylar va pedagogik bilimlar universitetlari katta o’rin egallaydi. 
Ota-onalar universitetlarining o’quv dasturlari hamda rejalariga pedagogika va 
psixologiya, bolalar anatomshyasi va fiziologiyasi, oilaviy tarbiya nazariyasi va 
amaliyoti, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni yoshi bo’yicha davrga ajratish, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning individual psixologik xususiyatlari
bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasida va oilada tarbiyalash bo’yicha 
ma`ruzalar tsikli va hokazo masalalar kiradi. Unga, shuningdek, xalqaro vaziyat, 
adabiyot va san`at, fan va texnikani rivojlantirish, gigiena va tibbiyot haqidagi 
ma`ruzalar, O’zbekiston Respublikasi hukumatining onalarga va bolalarga 
g’amxo’rligi haqidagi qarorlarini ham kiritish mumkin. Ma`ruzalar bilan birga 
seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi, kinofilm, hayotga bag’ishlangan spektakllarni 
ko’rish tashkil etiladi. Universitetlarning ishi 1-2 yilga mo’ljallanadi.
Mashg’ulotlar oyiga 1-2 marta o’tkaziladi. Tinglovchilar turli mutaxassislikdagi va 
kasbdagi ota-onalardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotlarni bilimlarning turli sohalari 
bo’yicha yuqori malakali ma`ruzachilar va mutaxassislar olib borishadi. Ota-onalar 
universiteti sirtqi ham bo’lishk mumkin. 
Sirtqi universitet tinglovchilari uchun radio va televidenie orqali «Ota-onalar, 
sizlar uchun», «Onalar maktabi», «Kattalar uchun nazorat ish» sarlavhasi bilan 


225 
eshittirishlar, shuningdek, ota-onalarga mo’ljallangan adabiyotlardan foydalanish 
ko’zda tutiladi. 
Ota-onalar 
universitetlari 
dasturiga 
bolalarni 
respublikamiz 
milliy 
xususiyatlari, milliy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash 
vazifalarini ochib beruvchi ma`ruzalar, amalny seminar mashg’ulotlari, «Oilaning 
axloqiy asoslari», «Oila - kichik jamoa», «Milliy urf-odatlarimiz», «Buyuk o’zbek 
va sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi to’g’risida», «Maktabgacha ta`lim 
muassasasisi va oilaning bolalarni tarbiyalash maqsadlari hamda vazifalariga 
yagopa talab», «Ota-onalarning pedagogik odobi», «Bolalarni axloqshy tarbiya 
vositasi sifatida ota-onalar mehnati bilan tanishtirish», «Bolalarni tarbiyalash bu - 
tun jamoatchilikning va har birimizning ishimizdir», «Milliy axloq nima?» va 
hokazo mavzudagi ma`ruzalar tinglovchilarga yoqadi. 
Ma`ruzachilar ro’yxati shahar, tuman hokimiyatlari yoki xalq ta`limi 
bo’limlari tasdiqlashi zarur. 
Oilada o’zaro munosabatlardi aniqlab olish uchun «Bolalarni tushunish uchun 
kattalarga nima xalaqit beradi», «Siz har doim ham bolaga xushmuomala, e`tiborli 
va sabr-toqatlimisiz?», «Siz bolalaringizga o’z ishingiz haqida va mehnatingizning 
foydasi haqida gapirib berasizmi?», «Uyingizda bolangizning o’rtoqlari 
bo’lishadimi?, «Siz ularning vaqtini qanday tashkil etasiz?» kabi savollarni taklif 
etish mumkin. 
Univsrsitet tinglovchilarinikg asosiy qismi maktabgacha ta`lim muassasasiga 
qatnovchi bolalarning ota-onalari bo’ladi. Ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirib, 
bu bilimlarini ommaga eltishadi, ota-onalar majlislarida, anjumanlarda faol 
qatnashib, ota-onalar qo’mitasida va ota-onalar orasida maslahatchilar bo’lishadi. 
Bolani tarbiyalash uchun uni juda yaxshi bilish kerak. Buning uchun biz bola 
xulqidagi endi paydo bo’layotgan hislatlarga ta`sir ko’rsatuvchi mayda narsalarni 
sezishimiz, fikrndagi o’zgarishlarni sezib, ilib olishimiz, bola kayfiyatidagi nozik 
o’zgarishlarni tushunishimiz kerak. Ota-onalarga esa bolani gumonsirab kuzatishni 
emas, balki pedagogik kuzatuvchanlikni o’rgatish kerak. Agar ota-onalar 
bolalardan o’zlari qilmagan narsalarni talab qilishsa, ularning talabi o’g’il yoki 
qizining yuragiga joylashmaydi. Va, aksincha, agar otaning yoki onaning xulqi 
axloqiy namunaga yaqin bo’lsa, u holda ularning har bir so’zi, maqtovi yoki 
tanbehi bolalari uchun alohida ahamiyatga ega bo’ladi, ularning har bir talabi ota-
onalarga muhabbat va hurmat yuzasidan darhol bajariladi. 
Ma`ruzalar tushunarli bo’lishi uchun universitetlarning rahbarlari 
ma`ruzalarning mavzui bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etadilar. 
Ma`ruzalarni kinofilmlar ko’rish bilan qo’shib olib borish mumkin, buni 
tinglovchilar katta qiziqish bilan qabul qilishadi. Tomoshadan so’ng ota-onalar o’z 
oilalaridagi tarbiya haqida bosh qotiradilar va ko’pgnna savollar berishadi. Ba`zan 
film ustida tortishuvlar, munozaralar vujudga keladi. 
Mashg’ulotlarga birinchi marta kelgan ota-onalar shaxsning shakllanishi 
muammolari bilan emas, balki bolaning jismoniy rivojlanishi bilan qiziqadilar, 
shuning uchun ma`ruzalarda bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning 
ahamiyatiga asosiy e`tibor berilmoqda, bolaga jismoniy qarovgina, jismoniy 


226 
rivojlanishgina emas, balki aqliy va axloqiy rivojlanish hamda estetik tarbiya ham 
kerakligi ko’rsatiladi. 
Pedagogik bilimlar universitetining ishi ota-onalar orasida pedagogik 
tashviqotni yaxshilashga katta ta`sir ko’rsatadi. Bunday universitetlar asosan 
nohiya xalq ta`limi bo’limlari qoshida, ba`zan esa korxonalarning madaniyat 
saroylari qoshida tashkil etiladi. Ular bir idoraga tegishli bir necha maktabgacha 
ta`lim muassasalarining ota-onalarini birlashtirshshi mumkin. 
Universitet rahbari ma`ruzachilarni tanlaydi, o’quv rejasini tuzadi. (Ota-onalar 
dorilfununi rejalarini tuzish namunasi ushbu qo’llanmaning ilova qismida 
keltirilgan.) 
Universitetdagi hamma ish jamoatchilik asosida olib boriladi. Pedagogika 
institutlari o’qituvchilari, viloyatlardagi universitet olimlari, shahar yoki tumandagi 
eng yaxshi mudirlar, uslubchilar, vrachlar, pedagoglar, psixologlar ma`ruzachi 
bo’lishi mumkin 3 soat ma`ruzadan 1 soati tinglovchilarning savollariga javob 
berish va munozaralar uchun ajratiladi. 
«Bolalar taqdiri uchun hamma javobgar» degan jurnal chiqarishni amalga 
oshirish mumkin. Bu jurnalda oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasi bayon 
qilinadi, vrach, psixolog, pedagogning maslahatlari yoritiladi. Jurnalga, ota-onalar 
va bolalar uchun uncha murakkab bo’lmagan boshqotirmalar, topishmoqlar, 
psixolo-pedagogik masalalar, bolalar hayotidan olingan fotosuratlar joylashtirish 
mumkin. Jurnal chiqarishda pedagoglar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar ishtirok 
etishadi. Jurnalga ota-onalar qiziqib qarashadi, jurnal ularni tarbiya muammolari 
haqida o’ylashga majbur qiladi. 
Nazorat savollari:
1.
Ota – onadarni MTM ishiga jalb qilish usul va yo’llari qaysilar. Misollar 
keltiring. 
2.
Ochiq eshiklar kunini tashkil etish metodikasini tushuntiring. 
3.
Bolalarni MTM ga jalb etish yo’llari namalarda deb bilasiz va bo’lar 
qaysilar? 
4.
Nima uchun ayrim bolalar MTM ga o’z xoxishi bilan kelmaydi? Buning 
sababini namada deb o’ylaysiz? 
Adabiyotlar: 
11.
I.A. Karimov ―YUksak ma`naviyat engilmas kuch‖. Toshkent ―Ma`naviyat‖
2008 y.
12.
Otamurodov S va boshqalar. ―Ma`naviyat asoslari‖. Toshkent 2002 y. 
13.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
14.
O.U.Xasanboeva va boshqalar. ―Oila pedagogikasi‖ Toshkent ―Aloqachi‖ 
2007 y. 
15.
O.U.Xasanboeva ―Oilada barkamol avlod tarbiyasi‖. T.., «Fan va 
texnologiyalar» 2010 y. 


227 
16.
U.Otavalieva ―Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi‖ Toshkent 
―O’qituvchi‖ 1994 y. 
17.
M.Inomova. Oilada bolalarni ma`naviy axloqiy tarbiyasi. T.: ―O’qituvchi‖,
1999 y.
18.
R.To’raqulova Oilada sog’lom muhit va reproduktiv madaniyat. T.: 
―O’qituvchi‖ 2005 y.
19.
A.K.Munavvarov Oila pedagogikasi. T.: ―O’qituvchi‖, 1994 y. 


228 
XXI BOB. Pedagogik kabinetning ishi va pedagogi jarayonni jihozlash 
Reja: 
1.
Maktabgacha ta`limga metodik raxbarlik ishining tashkiliy 
tuzilishi va vazifalari
2.
Pedagogik kabinetning ishi va vazifalari. 
3.
Metodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari. 
4.
Metodik ishlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
Darsning maqsadi: Maktabgacha ta`limga metodik jihatdan raxbarlik qilish 
bo’yicha nazariy bilim berish. 
Darsning vazifalari: Metodik kabinet ishi, vazifalari uni jihozlash, pedagogik 
texnologiya asosida metodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari haqida 
ma`lumotga ega qilish. 
Tayanch tushunchalar: 
XTB – Xalq ta`limi bo’limi. 
Metodik birlashma – maktabgacha ta`lim xodimlarining malaka oshirish shaklsi. 
Ko’chirma-papka – yig’ma papka, ota-onalar va bolalar muassasalarda biror-bir 
mavzu bo’yicha jihozlangan ko’rgazmali vositadir. 
Metodiko-pedagogik yig’ilish – bu maktabgacha ta`lim muassasalarning ilk yosh 
guruhlarida o’tkaziladigan tibbiy pedagogik kengash. 
Ochiq tadbirlar – jamoa bo’lib pedagogik jarayonlarni kuzatish. 
Metodik adabiyotlar obzori – bu yangi nashr qilingan o’quv pedagogik adabiyotlar 
tahlili.

Download 2,1 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish