|
O`zbekiston RespublikasiBog'liq O`zbekiston Respublikasiementli betonlar
turli sementlardan tayyorlanadi va ularni aksariyati
qurilishda keng foydalaniladi. Ular orasida asosiy o’rinni portlandtsementli
betonlar va ularning turli xillari еgallaydi (umumiy ishlab chiqarishning 65%ga
yaqini). Ular turli konstruktsiyalarda va foydalanish sharoitlariga qarab
qo’llaniladi. Shlakoportlandtsementli (umumiy ishlab chiqarishning 20-25%) va
putstsolan sementli betonlardan ham muvaffaqiyatli foydlanilmoqda.
Sementli beton turlariga quyidagilar kiradi: oq va boshqa rangli sementdan
tayyorlangan dekorativ betonlar; o’zi zo’riquvchan konstruktsiyalar uchun
kuchlanuvchan sementdan tayyorlangan betonlar; sementning o’ziga xos giltuproq
va kirishmaydigan turlaridan maxsus maqsadlar uchun tayyorlangan betonlar va h.
k.
Silikat betonlar
ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan
betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi.
Gips betonlar
, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz
еlementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipstsement –
putstsolanli betonlar suvga o’ta chidamliligi uchun qo’llash ko’lami ancha keng
(sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruktsiyalari va boshqalar).
Shlakishqorli betonlar
еndigina qurilishda qo’llanila boshlandi. Bunday
betonlardagi bog’lovchi o’rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan
aralashmasidan foydalaniladi.
Betonpolimerlar
asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus
qo’shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli
polimer bog’lovchilardan (poliеfirli, еpoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday
betonlar agressiv muhit va o’ta o’tkir ta’sirga еga bo’lgan (ishqalanish, kavitatsiya
va b. ) sharoitlarda qo’llash juda o’rinli. Betonlar aralash bog’lovchilar, sement va
polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni
|
| |