O`zbekiston Respublikasi




Download 2.71 Mb.
bet7/8
Sana09.02.2023
Hajmi2.71 Mb.
#41709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AZO BO\'YOQLAR[1]555555
Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1), 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi
P-NITROANILIN QIZILI


Reaktivlar: 0,5 g n-nitroanilin, xlorid kislota (20% li eritmasi), 0,3 g natriy nitrit, 0,5 g ß-naftol, natriy gidroksid (30% li eritmasi), 1 g natriy atsetat, osh tuzi.
Kichikroq stakanda 0,5 g n-nitroanilin 5 ml qaynoq suv va 1 ml 20% li xlorid kislota eritmasining aralashmasida eritiladi. Eritma 0-5 gacha sovitilib, unga yana shuncha miqdorda xlorid kislota eritmasi qo’shiladi. Agar cho’kma hosil bo’ladigan bo’lsa suv ham qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritma muzli suv hammomiga tushiriladi va aralashtirib turgan holda oz-ozdan 0,3 g natriy nitritning 4 ml suvdagi eritmasi tomizib diazotirlanadi. Diazotirlash nihoyasiga yetgach eritma sovuq joyda 1 soat qoldiriladi. Bu vaqt ichida boshqa stakanda 0,5 g -naftol 2 ml 30% li natriy gidroksid eritmasida eritiladi va hosil bo’lgan cho’kmani yo’qotish uchun qaynoq suv qo’shiladi.
1 soatdan so’ng diazoeritmaga 1 g natriy atsetatning 4 ml suvdagi eritmasi qo’shiladi. Kerak bo’lsa ikkala eritma filtrlanadi. So’ngra -naftol eritmasi oz-ozdan chayqatilib, diazoeritmaga quyiladi va 1 g osh tuzi qo’shiladi. Cho’kmaga tushgan bo’yoq Byuxner voronkasida filtrlanadi, filtrda bir necha marta osh tuzi eritmasi bilan yuviladi va havoda quritiladi. Bo’yoqning miqdori 1 g.

GELIANTIN


Rеaktivlar. 2,5 g sulfanil kislota, 1,5 ml yangi tayyorlangan dimеtilanilin, natriy gidroksidning 2 n. eritmasi, xlorid kislotaning 2 n. eritmasi.Sulfanil kislotaning diazotirlash rеaktsiyasi ham β-naftoloranj olish usuli bilan olib boriladi (175-bеt). Kichkina stakanda 1,5 ml dimеtilanilin 6,5 ml xlorid kislotaning 2 n. eritmasida eritiladi (dimеtilanilin butunlay erib kеtishi kеrak – eritma ustidagi moysimon qavatning yo’qolishi shundan darak bеradi). Hosil bo’lgan eritma muzli suvda sovitiladi va aralashtirib turilgan holda unga 200 ml sig’imli stakandagi p-diazobеnzolsulfokislota quyiladi. 5 – 10 minutdan so’ng qizil rangli bo’yoqning kislota ta’siriga chidamli turi –quyuq pasta hosil bo’ladi. Buyoqning natriyli tuzini hosil qilish uchun pastaga ishqoriy muhit hosil bo’lguncha natriy gidroksidning 2 n. eritmasidan qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi va qaynaguncha qizdiriladi. Bunda buyoqning asosiy qismi eritmaga o’tadi. Aralashma muzli suvda sovitiladi. Ma’lum vaqt o’tgach buyoqning sariq jigar rang yaproqchalar shaklidagi natriyli tuzi hosil bo’ladi. 1,5 – 2 soatdan so’ng cho’kma filtrlanadi va 30 – 40°S da quritiladi. Gеliantinning miqdori 4,5 g. Mahsulotni oz miqdordagi suvdan qayta kristallantirish mumkin.
Gеliantin (mеtiloranj, 4-diamеtilaminoazobеnzol-4-sulfokislota-ning natriyli tuzi) – to’q sariq (jigar rangda ham bo’lishi mumkin) rangli kristall modda, qaynoq suvda oson eriydi, spirtda erimaydi. Molеkulyar massasi 327,34.
Gеliantin kеng qo’llaniladigan kislota-ishqoriy rangli indikatorlardan biridir. Gеliantin ishqoriy muhitda sariq rangli, nеytral muhitda to’q-sariq va kislotali muhitda qizil rangli bo’ladi. Rangning o’tish intеrvali pH = 3,0 dan 4,4 gacha (qizildan to’q-sariqqacha).
Oddiy sharoitdagi ko'rinishi: to'q sariq-sariq bargchalar yoki kukun. Metil oranj 100 gr suvda 0,2 gr eriydi, Issiq suvda yaxshiroq eriydi.
pH 2 bo'lgan eritmalarda maksimal yutilish 505 nm to'lqin uzunligida (λmax = 505 nm) bo'ladi. Izobestik nuqta 460 nm to'lqin uzunligiga to'g'ri keladi.
Suvli eritmalarda rangning qizildan to'q sariq-sariq rangga o'tishi pH 3,1-4,4 oralig'ida (kislotali muhitda - qizil, ishqoriy muhitda - sariq) kuzatiladi.
Rang o'tish oralig'iga quyidagilar ta'sir qiladi: harorat, eritmadagi tuzlar, organik erituvchilar, oqsil moddalari va boshqalar. Haroratning ta'siri zaif asoslar bo'lgan hollarda eng muhim hisoblanadi: masalan, xona haroratida metil oranj uchun rang pH 3,1-4,4 oralig'ida va 100 ° C da - pH 2,5-3,7 oralig'ida o'zgaradi. .
Zaxarli.
U kislota-asos indikatori, kuchli oksidlovchilarni aniqlashda titrant, oksidlovchi moddalarni (xrom, brom) spektrofotometrik aniqlashda ishlatiladi.
Analitik kimyoda indikator sifatida 0,1% suvli eritma ishlatiladi.
Rangni kislotali muhitda qizil rangdan (pH 3,1 dan 4,4 gacha) neytralda to'q sariq rangga, ishqoriy muhitda sariq rangga o'zgartiradi.

Download 2.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.71 Mb.