• Kiyim funksiyasi va tasnifi.
  • ). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 9.08 Mb.
    bet3/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    2). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar.
    «Model» so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda namuna (me’yor, o‘lcham) ma’nosini bildiradi. Bizning holimizda model deganda rassom-modeler g‘oyasi asosida amalga oshirilgan kiyimning birinchi (dastlabki) namunasi tushuniladi. Modellashtirish atamasi ostida odatda yangi modelning vazifasi va atrof-muhitni, kishining tashqi va ichki ko‘rinishi, gazlamalar xususiyatini hisobga olgan holda yaratilishining ijodiy-badiiy jarayoni ko‘zda tutiladi.
    Kiyimni modellashtirishda ishlab chiqish obyektlari mahsulot shakli va silueti, uning bichilishi, gazlamalarning tanlanishi, shakl hosil bo‘lish usullari, elementlar kompozitsiyasi, ranglar yechimi bo‘ladi. Modellashtirish jarayoni odatda modellarning dastlabki namunalarini tayyorlash bilan yakunlanadi.
    Konstruktiv (texnik) modellashtirish deganda, yangi modelning dastlabki namunasi yoki uning grafik tasviri bo‘yicha mahsulotning muvofiq baza asosiga, asosan chizmalar yoki detal lekalolaridan foydalanib chizmalarni yoki mahsulot detallari lekalolarini tayyorlash ko‘zda tutiladi. Ishlangan lekalolar asosida tayyorlangan namuna kiyimni ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun shakl etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Kiyimning yangi modeli konstruksiyasini ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: modellarni o‘rganish va tahlil qilish; asosni aniqlashtirish yoki o‘zgartirish va unga model xususiyatlarini o‘tkazish (namuna konstruksiyalar bo‘lmasa yangi asos ishlab chiqiladi); model konstruksiyasi ishlanmasi to‘g‘riligini tekshirish.
    Kiyim funksiyasi va tasnifi. Kiyim va kostum tushunchasini odamga, uning qomati va obraziga nisbatan qarab chiqish kerak. Kiyim inson jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odam kiyimdan kichik yashash joyi sifatida, ya’ni u hali paydo bo‘lish sabablarini bilmaydigan yomon havodan va tabiat kuchlaridan himoya sifatida foydalangan. Kiyim uchun odatda qo‘l ostida bor gazlamalardan foydalanilgan. Insonning birinchi kiyimlari hayvon terisidan, suv o‘tkazmaydigan yopinchiqlar, baliq ichaklaridan bajarilgan, gavdani o‘ragan birinchi gazlamalar barglar va o‘tlardan tayyorlangan.
    Gazlamalar va ularning ishlab chiqarish usuli kiyim shaklini aniqlagan. Qo‘pol va qattiq gazlamalardan konstruksiyasi murakkab bo‘lmagan shakllar yaratilgan, ancha plastik va yupqa gazlamalarning paydo bo‘lishi esa murakkab siluet shakllari yaratish imkonini bergan. Kiyim bichilish xarakteri va kiyish usuli bilan farqlangan. Qadimgi kiyimning hamma shakllarini asosiy uch turga ajratish mumkin:
    1. Tikilmagan (bichilmagan) kiyim. U bir bo‘lakdan tayyorlangan, gavda atrofida o‘ralgan yoki tashlangan va bog‘langan, to‘g‘nag‘ich bilan biriktirib qo‘yilgan yoki belbog‘ bilan ushlangan.
    2. Ustga qo‘yilgan (bichilgan) kiyim, chetlari aylana to‘g‘ri burchak shaklidagi yoki o‘rtasida bosh uchun teshikli aylana shaklidagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan (Janubiy Amerikada hindulari va boshqa xalqlar kiygan temrina kabi).
    3. Tikilgan kiyim (tunika – ko‘ylak va birinchi ishtonlar kabi). U bosh, oyoq, qo‘llar uchun teshiklar bilan gazlamadan, charmdan tayyorlangan, keyinroq yenglar tikilgan.
    Sharq xalqlari bunday kiyimni yengil yupqa gazlamalardan tikishgan. Kiyimning ko‘ylak bichimi uzoq o‘tmishda paydo bo‘lgan va ko‘p xalqlarda hozirgacha mavjud.

    Download 9.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ). Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 9.08 Mb.