O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




Download 9.08 Mb.
bet9/71
Sana24.02.2023
Hajmi9.08 Mb.
#43395
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
2) Kiyim haqida ma’lumotlar. Kiyim tarixidan ma’lumot. Zamonaviy kiyim murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda insonlar daraxt barglari, poxollar, hayvon terilarini tanaga beldan bog‘lab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan to‘qilgan oddiy gazlamalarni tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada erkaklar kiyimi ikki qismdan — xiton va gimatiydan iborat bo‘lgan. Xiton — bu ichki kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush bilan ko‘chaga chiqayotganda
ustki kiyim — gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lib, uni yelka ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga halaqit bermaydigan nafis taxlamalar tushirib drapirovka qilib qo‘yilgan
(1-rasm, a). Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan
iborat bo‘lib, ular kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi — xiton va ustki kiyimi peplos deb atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan.
Qadimgi greklar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlarni ustalik va yuqori did bilan bajarganlar. Тabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, iр tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalarni o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan. Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, cho‘ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ko‘rinishlari, gazlamalarning atlas, barxat, movut kabi turlari paydo bo‘lgan. Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanib, gavdani qo‘poldan - qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga o‘rab tashlangan. Тor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamalardan iborat, orqa etagi juda uzun, ko‘ylak juda baland konussimon boshkiyim va nihoyatda cho‘ziq poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar edi (1-rasm, v).

O‘rta asrlarda kostyum gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib, tabiiy shakldan uzoqlashtiradigan „g‘ilof“ sistemasi rivoj topishini boshlab berdi. Uyg‘onish davrida (XVI-XVII asrlar) estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz berdi, ya’ni gumanistik ideologiyalar shakllandi. Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay — qattiq, harakatga halaqit beradigan holatda bo‘lgan. Ikki qavatli kiyim
bir vaqtda kiyilib, beldan etak qismiga karkas yordamida konussimon shakl ko‘rinishida bo‘lgan. Yubka qismida hech qanday burmalar bo‘lmay, karkasga tortib qo‘yilgan. Ko‘ylakning yuqori lif qismi juda tor bo‘lib, pastga tomon burchak shaklida tugallangan edi. Bu davrda ayollar belni xiрcha qilib ko‘rsatish maqsadida korsetlar kiyishgan (2-rasm).
Erkaklar kiyimi esa siрo va sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Kashtali ko‘ylak, keng kamzul, triko va kalta shar shakliga o‘xshab ketuvchi pantalonlar kiyilgan (3-rasm).
XVIII asr (Barokko davri) larga kelib kiyimda xashamatdorlik juda avj oldi. Bu davr ayollar kiyimi shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va g‘aroyib jimjimadorligi bilan farq qilgan. Kostyumda gavdaning bel qismi, ko‘krak, bo‘ksa ko‘zga tashlanib turgan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan, gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, „ko‘pchitib“ qo‘ygandek
bezatilgan. Ayollar ko‘ylagining bezagiga alohida e’tibor berilgan. Ustki ko‘ylak ko‘krak qismida bantlar bilan maxkamlangan. Bantlar ketmaketlikda joylashgan, ya’ni avval kattalari, bel tomon esa mayda bantlar mahkamlab qo‘yilgan. Ayollar kiyimi ikki kamiza va kotta qismlardan iborat bo‘lgan. Kotta ustki kiyim bo‘lib, yuqori qismi juda tor va yon yoki orqada shnurli taqilmasi bo‘lgan, yenglari ham juda tor va uzun bo‘lib, yubka qismi esa bo‘laklardan iborat juda keng va uzun shleyflar bilan yakunlangan (4-rasm).

Bu davr erkaklar ichki kiyimlari kamiza, ustki kiyimi plash esa taba deb yuritilgan. Тabarlarda yon chok bo‘lmagan va bu kiyim juda e’zozlangan. Erkaklar kiyimida ham xashamatdorlik sezilib turardi. XIX asr boshlanishi san’atda, shuningdek, kiyimda ampir uslubi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun fan va texnikaning gurkirab taraqqiy etishi, yangi-yangi materiallar, tikuv mashinasi paydo bo‘lishi xarakterli edi. Kostyumda qator-qator shakllar, siluetlar, karkaslardan (korset va krinolindan) xalos bo‘lish va gavdani erkin ko‘rsatish sekin-asta sezila boshlandi. Erkaklar tik yoqali oq ko‘ylak, galstuk yoki sharf, frak kiya boshlaganlar. Ayollar kiyimi oddiy va siрo ko‘rinishga ega edi. Kostyumning
bel qismi yuqoriroqda bo‘lib, yubka qismi esa shleyf, yumshoq taxlamalardan iborat bo‘lgan. Тantanali kiyimlar juda ochiq va uzun shleyfli qilib tikilgan (5-rasm). Kostyumning asosiy intilishi odam harakatlariga maksimal darajada mos bo‘lishdan, odamni ezmaslik, uni o‘ziga bo‘ysundirmaslikdan, balki uning hayotiy manfaatlari izidan borishdan, individuallikni ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lgan.
XX asr dunyodagi bo‘layotgan voqealar kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu asrning 20-yillar kiyimida ixchamlashtirish, uzunligini kaltalashtirish, etaklarini toraytirish, oddiy bichimlilikni ko‘rish mumkin. 30-40-yillardan so‘ng kiyimni kiyilish o‘rniga qarab uslub bo‘yicha kiyiladigan bo‘ldi, ya’ni klassik, sport, fantaziya uslubi va
keyinchalik erkin uslub paydo bo‘ldi.

Download 9.08 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Download 9.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

Download 9.08 Mb.