• Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar 1. Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlari quyidagilarni bilishi zarur
  • Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari




    Download 0.89 Mb.
    bet7/16
    Sana10.08.2022
    Hajmi0.89 Mb.
    #25168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    13. Informatika kasbiy
    Muxandislik dasturlari 2022fan dasturi (2), 2-маъруза, titul, 3, autoref-razrabotka-i-issledovanie-modeli-funktsionirovaniya-globalnoi-seti-dlya-analiza-dinamiki-ras, Innovatsiyalarni loyihalashdan amaliy loyiha
    Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari.
    Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limining vazifasi yuqorida qayd etilgan umumiy va xususiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish qayta tayyorlash kursining o‘quv rejasiga kiritilgan o‘quv modul(fan)lari vositasida amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash ta’limi o‘quv rejasiga kiritilgan modul(fan)lar bo‘yicha tinglovchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilash va tasdiqlash vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.


    Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
    1. Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlari quyidagilarni bilishi zarur:

        • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta’lim-tarbiya masalalariga oid konseptual g‘oyalardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni;

        • 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” doirasida siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini;

        • O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi isloh qilinishi bo‘yicha mazmun
          va mohiyatini to‘g‘ri idrok etishni;

        • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yechimi, pedagogik mahoratni oshirish masalalarini;

        • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishga tegishli konseptual g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar berishni.

    2. Quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

        • ta’lim-tarbiya muammolari va ularning rivojlanish istiqbollarini zamon talabi nuqtai nazaridan tahlil qilish;

        • milliy ta’lim-tarbiya jarayoniga bugungi globallashuv va axborot asri sanalmish tezkor davr talablaridan kelib chiqib, xalqaro ilg‘or tajribalarga o‘z munosabatini bildirish;

        • davlat rahbari tomonidan ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amaliyotda qo‘llash.

    3. Quyidagi malakalarni egallagan bo‘lishi shart:

        • ta’lim-tarbiya jamiyat rivojining muhim omili ekanligini anglash
          va tushuntira bilish;

        • ta’lim-tarbiya tizimi jarayonidagi muammolarni aniqlash va o‘z munosabatini bildira olish;

        • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining milliy taraqqiyotimizga taalluqli huquqiy-me’yoriy hujjatlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalana olish;

        • davlatimiz rahbarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalarida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash bilan bog‘liq vazifalarni amaliyotga tatbiq etish.




    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari

    Download 0.89 Mb.