• Umumiy kompetensiyalar.
  • Kommunikativ kompetentlik ko‘rsatkichlari
  • Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar




    Download 0.89 Mb.
    bet4/16
    Sana10.08.2022
    Hajmi0.89 Mb.
    #25168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    13. Informatika kasbiy
    Muxandislik dasturlari 2022fan dasturi (2), 2-маъруза, titul, 3, autoref-razrabotka-i-issledovanie-modeli-funktsionirovaniya-globalnoi-seti-dlya-analiza-dinamiki-ras, Innovatsiyalarni loyihalashdan amaliy loyiha
    Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
    Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining kasbi va lavozimi xususiyatlaridan kelib chiqib qator kompetensiyalarni egallaganliklari talab qilinadi. Mazkur kompetensiyalarning aksariyati xalq ta’lim mutaxassis xodimlarining barcha toifalari uchun bir xil bo‘lgani, xodimlarning mehnat faoliyatiga bog‘liq holda ayrim kompetensiyalar turli toifalar uchun farqlanishi mumkin.
    Umumiy kompetensiyalar. Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarining barcha toifalari uchun umumiy bo‘lgan kompetensiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    1. Kommunikativ kompetensiya.

    2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetensiyasi.

    3. O‘zini-o‘zi va kadrlarni kasbiy rivojlantirish kompetensiyasi.

    4. Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi.

    5. Inklyuziv ta’limni joriy etish kompetensiyasi.

    6. Huquqiy kompetensiya.

    1. Kommunikativ kompetentlik ko‘rsatkichlari:

      • o‘zgalar fikrini hurmat qilishni namoyish eta olish;

      • o‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralarini tanlay olish;

      • o‘zgalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot shakllarini tanlay olish;

      • ta’lim jarayoni sifatini oshirish va ta’lim oluvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘z hamkasblari bilan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa o‘rnata olish va hamkorlik qilish;

      • ta’lim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlarda ishtirok etish;

      • o‘zgalar bilan o‘zaro hurmat asosiga qurilgan munosabatlarni o‘rnata olishi;

      • o‘zini tutishda, boshqalar bilan munosabatga kirishishda, qaror qabul qilishda va resurslarni boshqarishda axloq normalariga rioya etish;

      • milliy qadriyatlarni, shaxs erkinligi va uning mas’uliyati, ijtimoiy adolatni himoya qila olish.


    1. Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

    Download 0.89 Mb.