• O‘zini-o‘zi va kadrlarni kasbiy rivojlantirish kompetensiyasi ko‘rsatkichlari
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetentligi ko‘rsatkichlari




    Download 0.89 Mb.
    bet5/16
    Sana10.08.2022
    Hajmi0.89 Mb.
    #25168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    13. Informatika kasbiy
    Muxandislik dasturlari 2022fan dasturi (2), 2-маъруза, titul, 3, autoref-razrabotka-i-issledovanie-modeli-funktsionirovaniya-globalnoi-seti-dlya-analiza-dinamiki-ras, Innovatsiyalarni loyihalashdan amaliy loyiha
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetentligi ko‘rsatkichlari:

      • ta’lim muassasasini axborotlashtirish g‘oyalarini ilgari surish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari madaniyatini rivojlantirish va ushbu g‘oyalarni amalga oshiruvchi ta’lim muhitini shakllantirishni ta’minlash;

      • axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalarini joriy etishga ko‘maklashish;

      • ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy, huquqiy va axloqiy normalari ahamiyatini tushunish, ulardan xavfsizlikni ta’minlagan holda foydalanish va ushbu yo‘nalish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;

      • ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish vositasi sifatida ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli samarali strategiya va yondashuvlarini rejalashtirish, ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash;

      • maktab boshqaruvida va fanlarni o‘qitish jarayonida faoliyatni takomillashtirish va samarali tashkil etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy etilishini ta’minlash;

      • ta’lim muassasa faoliyatini va o‘quvchilar kompetensiyasini baholashning samarali usullarini joriy etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish;

      • ommaviy axborot vositalaridagi media kontentni tushunish, media savodxonlik elementlarini o‘zida mujassam etgan holda ularni o‘quvchilarda shakllantirish yo‘llarini bilish;

      • turli shakllar va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baholash, qayta ishlash va yangi ma’lumotlarni yaratish.

    1. O‘zini-o‘zi va kadrlarni kasbiy rivojlantirish kompetensiyasi ko‘rsatkichlari:

      • kasbiy rivojlanish uchun individual rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

      • o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan maktabning ichki baholash tizimini tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

      • ta’lim muassasalar o‘rtasida tajriba, bilim va ko‘nikmalar almashish, jumladan, ijobiy xalqaro tajribani o‘z faoliyatiga tatbiq etish;

      • kasbiy rivojlanishiga oid manbalarni aniqlay olishi, o‘zining va ishlaydigan muassasasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tanlay olishi va ularda ishtirok etish;

      • axborot kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoq resurslaridan foydalangan holda doimiy tarzda o‘z kasbiy malakasini oshirib borish;

      • boshqaruv usullari, ta’lim va axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanishga oid innovatsiyalar bilan tanishib borish;

      • kasbiy (rahbarlik, mutaxassislik) faoliyatini takomillashtirishda turli texnologiyalardan foydalanish;

      • o‘z kasbiy bilim va mahoratini oshirish hamda takomillashtirishda kollegial forumlardagi muhokamalarda ishtirok etish.


    1. Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetentligi ko‘rsatkichlari

    Download 0.89 Mb.