• Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar
  • O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti




    Download 0.89 Mb.
    bet2/16
    Sana10.08.2022
    Hajmi0.89 Mb.
    #25168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    13. Informatika kasbiy
    Muxandislik dasturlari 2022fan dasturi (2), 2-маъруза, titul, 3, autoref-razrabotka-i-issledovanie-modeli-funktsionirovaniya-globalnoi-seti-dlya-analiza-dinamiki-ras, Innovatsiyalarni loyihalashdan amaliy loyiha
    A.Z.Bobokulov




    KIRISH
    Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”psh 1026-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olib, xalq ta’limi tizimi xodimlariga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, qayta tayyorlashning samarali usullarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
    Mazkur namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son hamda “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarorlariga muvofiq xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan majburiy talablar singdirildi.


    Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar
    Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi.
    Qayta tayyorlash xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlari tayyorgarligining zarur hamda yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
    Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash kursi mazkur davlat ta’lim talablariga muvofiq ishlab chiqilgan namunaviy (tayanch) o‘quv reja va dastur asosida tashkil etiladi.
    Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash kursining o‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar mutaxassislik bo‘yicha zarur hamda yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisobga olingan holda mutaxassislarning malaka tavsiflariga qat’iy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.
    O‘quv dasturi fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash talablariga mos kelishi kerak.
    O‘quv dasturida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirish nazarda tutilishi lozim.
    Qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni namunaviy (tayanch) o‘quv reja va dastur asosida ishlab chiqilgan variativ ishchi o‘quv rejalar va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi.
    Qayta tayyorlash kursining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi.

    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti

    Download 0.89 Mb.