Kirish
O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol
va intellektual salohiyatli
avlodni tarbiyalashga bog’liq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’z
Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan
yosh avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor
vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada
milliy g’oya yosh avlodni ma’naviy
barkamol inson etib tarbiyalashda yetakchi g’oya bo’lib xizmat qiladi. Shuning
bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar kichik maktab yoshidagi (1-4-sinf)
o’quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi
asos bo’lib, bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu dastur
hayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega
bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni
maqsad qilib qo’yadi”
1
Qolaversa ta’lim-tarbiya jarayonida eng so’nggi
texnologiyalardan foydalanish zarur bo’lib turibdi.
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da
boshlang’ich ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki savod o’rgatish turi
ekanligi alohida ta’kidlangan. Aynan shu dasturning 4.9-moddasida “barcha
bosqichlardagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish
amalga oshiriladi” deb, belgilangan
2
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning mamlakatimiz
Konstitusiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va
kompyuter texnologiyalari, Internet tizimi,
raqamli va keng formatli
telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot
darajasini belgilab
beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv
yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin
1
Karimov I.A. Yuksak salohiyatli avlodni tarbiyalash – eng muqaddas maqsad.
Toshkеntda 16-17-fеvral
kunlari bo`lib o
`tgan xalqaro konfеrеntsiyada so`zlagan nut? // Xalq so`zi gazetasi, 2012. 18-fеvral.
2
O`
zbеkiston Rеspublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol avlod – O`zbеkiston
taraqq
iyotining poydеvori. T.: Sharq, 1998. –b. 57.
tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim”
3
.
Bu fikrlar
maktabning boshlang’ich ta’lim tizimiga ham taalluqlidir.
Prezident Islom Karimovning 2009 – yilning asosiy yakunlari va 2010 -
yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi “Asosiy vazifamiz –
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimz farovonligini yanada yuksaltirish” nomli
ma’ruzasida farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi,
balqi ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, XX1 asr
talablariga javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetkazish uchun barcha
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganligini
alohida qayd etib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 – yil 23-maydagi “2001 – 2005 – yillarda kompyuter va axborot
texnologiyalarni
rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng
kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqish, tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “2002 – 2010 - yillarga mo’ljallangan
o’rta ta’lim tizimini axborotlashtirish dasturi” to’g’risidagi qarorlari bu borada
amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, ko’lami va yo’nalishini belgilab berdi.
Shu asosda Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi Buyrug’iga asosan 2-4-
sinflarda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga bir soatdan informatika
darslarini tashkil etish belgilab berildi. Buning uchun boshlang’ich ta’limda
kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish
tizimini ishlab chiqish,
ularning kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan informatika ta’limini
boshlang’ich sinflardan o’ganish lozimligini anglatadi. Bunda boshlang’ich sinf
o’quvchilarning psixologik xususiyatlari va o’zlashtirish darajasini hisobga olib,
o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtiriladigan tushunchalar majmuasini ishlab
chiqish, pedagogik dasturlarni yaratish, didaktik hamda informatikaga oid
mashqlar tizimini ishlab chiqish zarur bo’ladi.
3
O`
zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining 17 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlagan “O`
zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun
dеmokratik taraqqiyot yo`lida va fuqarolik jamiyatni barpo etishda mustahkam poydеvordir” mavzusidagi
ma'ruzasi || Xalq so`zi gazetasi, 2009. 6-
dеkabr.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni
tarbiyalash, ularning faoliyatini
shakllantirish zaruriyati ta’lim jarayonida so’nggi texnologiyalardan biri-bu
multimedia vositalaridan, ya’ni elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio
kassetalardan foydalanishdir. Ushbu o’quv metodik qo’llanmada
ana shu masala
yoritib berildi.
O’quv metodik qo’llanmani tayyorlashda maslahatlari bilan yordam bergan
hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz.