Uyga
vazifa
O’quvchilarga O harfining katta va kichik shakllarini
yozib kelish vazifasi topshiriladi. Ona, olma so’zlaridagi o
harfini alohida olib yozish va ularni talaffuz qilish hamda o
harfi bilan boshlanadigan ikkita so’z topish vazifasi beriladi.
O’quvchilarning o’z fikr-mulohazalari va savollarini bayon etishi uchun ularga
imkoniyat yaratish zarur. O’quvchilarga ko’rsatiladigan rasmlar, didaktik
materiallar did bilan tanlanishi kerak. O’lar o’quvchilarning diqqatini tortib,
qiziqtiradigan bo’lishi, ularning tasvirlanishi zavq bog’ishlab bajarishi kerak
bo’ladi.
1. Kompyuter xotirasiga “Alifbe” darsligi, undagi rangli rasmlar, O tovushini
talaffuz qilayotgan bola monitor ekranida harakatlanib, animasiya tarzida
ko’rsatilib, O tovushining talaffuzi o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O
tovushining unlilar sirasiga kirishi, talaffuzda o’pkadan chiqayotgan hova oqimi
og’iz bo’shlig’ida hyech qanday to’siqqa uchramay chiqishi, shuning uchun uni
cho’zib talaffuz qilishi aytiladi va o’qituvchi tomonidan talaffuz qilib ko’rsatiladi.
Bu tushuncha bevosita o’qituvchi yordamida O tovushini amaliy talaffuz
qildirish asosida o’rgatiladi. Bunda O tovushining nisbatan cho’zib aytilishiga
o’quvchilarning e’tibori qaratiladi.
Ona, oy, osh, olma, ovchi, olmaxon so’zlarini bo’g’inlarga bo’lib talaffuz qilish
asosida bo’g’in va tovush munosabati, O tovushining o’ziga xos xususiyati haqida
o’quvchilarda tushuncha hosil qilinadi va bu so’zlar hamda ona, oy,
osh,olma,ovchi, olmaxonlarning rasmlari va ularning harakatlari kompyuter
ekranida ko’rsatib boriladi.
2. Jonli so’hbat asosida o’quvchilarga har bir so’zning ma’nosi haqida
tushuncha beriladi hamda ekranda rasvirlangan rasmlarlarning narsa yoki buyumga
oid tarbiyaviy jihatlar singdiriladi. Masalan: “Ovchi” rasmi kompyuterda harakatga
keltirilib, daryo yoki ko’lda uning baliq ovlayotgani, ovlagan baliqlarini savadga
joylashtirganliklari ekranda ko’rsatiladi va shu bilan birga ovchilarning xizmati
to’g’risida tushuncha beriladi. Lekin ov ongli ravishda amalga oshirilishi kerak. U
tabiatga ziyon yetkazmasligi o’qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi.
3. Baliq go’shti ko’pchilik sevib, tanovul qilinadigan taomlar sirasiga kiradi, u
vitaminlarga boy. Kasal odamlarni tuzatishda baliq moyidan foydalaniladi. Lekin
tabiatdagi juda ko’p jonivorlarni asrab-avaylashimiz har birimizning burchimiz
ekanligi tushuntiriladi. Kompyuter ekranida olmaxonning harakatlanib yurishi, u
o’rmonda daraxtdan-daraxtga sakrab o’ynashi, uning yong’oq chaqishlari jonli
ko’rsatiladi. Shu rasm asosida o’qituvchi o’quvchilarga olmaxon tabiatda juda kam
uchraydigan jonivor hisoblanishi, uni ov qilish qat’iyan man etilganligi
tushuntiriladi.
4. Kompyuter monitorida ona, oy,osh, olma, ovchi, olmaxon so’zlari berilgan
bo’lib, bu so’zlar tarkibidagi O tovushi qiziq rang bilan ifodalanganligi ko’rsatiladi.
O’quvchilarga O tovushi qaysi rang bilan ifoda etilgan? so’rog’i beriladi (Qizil rang
bilan). O tovushi katakchalarda berilgan so’zlarda qizil rang bilan ifodalanganliga
e’tibor qaratiladi. Oy so’ziga diqqat qiling. O-oo-y qaysi tovush ajratib aytildi? –O
tovushi. Kompyuter monitoridagi katakcha nechta? Ikkita, demak, oy so’zida
nechta tovush ishtirok etgan. Ikkita O va y tovushlari. Bu ikki tovushning
birikishidan oy so’zi hosil bo’ladi. Shundan so’ng, kompyuter ekranida mavzuni
mustahkamlash uchun savollar berilgan:
1. So’zlar qanday hosil bo’ladi?
2. Unli tovush deganda nimani tushunasiz?
3. Kompyuter ekranidagi katakchalarda berilgan so’zlarda o unli harfi qanday
rangda ifoda etilgan?
4. “Quvnoq daqiqa” o’yini.
Oqib keladi jildirab,
Oyna kabi yaltirab.
Oqib kelgan oynani
Olish mumkin hovuchlab,
Topinglar-chi, bu nima ?
• Ariq to’la oyna, suv.
She’r topishmoq kompyuter monitorida suvning oqib kelishi, uning jildirashi
ovozli tarzda ifoda etilib, o’qituvchining qo’l harakati suvning oqish maromi va
jildirashiga mos holda silkitib aytiladi. O’qituvchi ko’rsatgan harakatni o’quvchilar
takrorlaydi.
5. O’quvchilarning O tovushi va harfiga oid bilimlari savolar yordamida
tekshiriladi. O’qituvchi xulosasi yordamida dars yakunlanadi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning tafakkurining rivojlanishida, fikrlash
doirasining kengayishida, so’z boyligini oshirishda, ularni faol harakatga
keltirishda,
mustaqil
ishlash
faoliyatini
shakllantirishda
multimediali
texnologiyaning ahamiyati katta bo’lib, boshlang’ich sinf o’qituvchilari dars
mashg’ulotlarini ko’proq multimediali vositalar asosida tashkil etishga e’tibor
berishlari zarur.
|