Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana09.12.2023
Hajmi0,6 Mb.
#114286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

1.2. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash 
 
O’zbekiston milliy ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo’llash 
tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. 
Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy 
rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda 
insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual 
faoliyati, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishi kabi 
omilllar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish 
bilan bog’liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter 
texnoloiyalarini rivojlantirishlarini ko’zda tutadi. 
Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va 
kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki 
madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter 
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga 
ko’tardi. Bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko’rib 
chiqish uchun yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini 
tug’dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi 
mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter tehnologiyalarini 
egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur 
talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim 
muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. 
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy 
asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb 
muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik tehnologiyalar deganda, 
an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish 
ham tushuniladi. Shu manoda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot 
madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga 
keltiradi, fikrlashning yangi turini xosil qiladi. Bunda inson inofrmation koinot 


bilan o’zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikasiya (telefon, televideniye, radio) 
tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot 
makonini-multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi Internet 
tarmog’i 
ayniqsa 
uning giper-media 
xizmatlari 
(Vorld-Vide 
Veb), 
gipermediapochta, videokonferensiyalardir. 
Multimedia (“ko’p muhitlik” degan ma’noni bildiradi)-zamonaviy axborotlar 
tehnologiyasi bo’lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning 
turli ko’rinishlari-matn, jadval, grafika, nutq, animatsia, multiplikatsiya), video 
tasvir, musiqa yordamida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishash va uzatish 
vazifalarini bajaradi. Multimedia “mnson-kompyuter” interaktiv (diologig) 
muloqotning yangi, takomillashgan pog’onasi bo’lib, unda foydalanuvchi juda keng 
va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish, ta’lim 
olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida kichik 
maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim berish xozirgi kunning dolzarb 
masalalaridandir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik 
nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq
o’zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan malumot kishi 
xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning passiv 
tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini 
takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga 
badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsional-
estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. 
Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to’rtdan bir 
qismini, ko’rgan materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham 
ko’rib, ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia 
tehnologiyalaridan foydalanganda esa bu ko’rsatkich 75 % tashkil etadi. 
Shu bois katta hajmdagi axborotni qabul qilish, tushunish hamda voqyeylikka 
nisbatan faol va ma’suliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik 


xussusiyatlarini hisobga oluvchi multimedia nazariyasini hususan multimedia 
pedagogikasini yaratishga intilish kerak. 
Multimediani qo’llash uchun quyidagi tehnik vositalar kerak bo’ladi: 
kompyuter, lazer disklarni o’qiydigan SD ROM qurilmasi, SI-ovoz xaritasi, AS faol 
kolonka, SD- kompakt disk eng zamonaviy kompyuterlarda yuqoridagi 
qurilmalarning ba’zilari kompyuter ichiga joylashtiriladi. 
Ta’lim jarayonida multimediani qo’llashda o’qituvchiga hozircha dasturlovchi 
mutaxassis yaqindan yordam berishi kerak. Dastur tuzuvchilar tomonidan rus va 
chet tillarni tez va oson o’rganishga yordam beruvchi dasturlar ishlab chiqilgan. 
Biroq o’zbek tilini o’rganish bo’yicha deyarli dasturlar mavjud emas. O’zbekiston 
Respublikasi ta’lim muassasalari uchun DTS yaratilgan,o’qitishda yangi pedagogik 
texnologiyalar tatbiq qilinmoqda va davlat tiliga katta e’tibor berilmoqda. Ammo 
o’zbek tilini o’rganish bo’yicha mukammal multimedia dasturlari ishlab chiqilgan 
emas. Bunda o’zbek tilini o’qitish bo’yicha multimemdia dasturlarini tuzish bir 
qator moddiy qiyinchiliklar bilan bog’liq. Biroq hajmi uncha katta bo’lmagan 
(masalan, darsning 10-15 minutiga mo’ljallangan) oddiy vositalar va bir dona 
shaxsiy kompyuterlar foydalanadigan multimedia dasturining ssenarisini yozishga 
urinib ko’rish metodist va boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun dolzarb muammo 
va ayni vaqtda qiziqarli mashg’ulot bo’lishi kerak. 
Umuman 
olganda, 
ta’lim 
tizimida 
kompyuter 
texologiyalaridan 
foydalanishning quyidagi usullari mavjud: 
1. Multimedia darsligi. 
2. Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash bo’yicha topshiriqlar to’plami 
keltirilgan metodik tavsiyalar. 
3.O’rganilayotgan mavzular bo’yicha nazariy bilimlar boshlang’ich sinf 
o’quvchilari tomonidan qanday darajada o’zlashtirilayotganini tekshirishga 
mo’ljallangan test dasturi. 
4. Bir tildan ikkinchiga yoki bir alifbodan ikkinchisiga o’tirish; 
5. Elektron virtual kutubxona; 


6. Har bir talaba usun amaliy topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish 
dasturi; 
7.Distant uslubida o’qitish, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilar ma’lum masofada 
joylashgan holda ta’lim berish tizimi. 
8. Internet tarmog’iga ulangan multimedia kompyuterlari. 
9. Printer(topshiriqlarini tayyorlash va test natijalarini chiqarish uchun). 
10.Kompyuter ulangan proyektor yoki aqdim etish tehnologiyasi. 
Quyida biz shu usullardan biri, kompyuterlashgan darslarning eng oddiy turi 
mashg’ulotni taqdim etish texnoloiyasi yordamida, ya’ni ko’rgazma sifatida 
o’tkazish haqida to’xtalmoqchimiz. 
Bu usulda dars o’tkazish uchun o’qituvchiga ovoz xaritasi va kolonkasi 
mavjud bo’lgan kompyuter, multimedia proyektori va MS Pover Point 97 dasturi 
yordamida o’tilajak dars uchun kompyuterda slaydlar yaratiladi. Slaydlar ma’lum 
mavzuni yorituvchi matn, rasm, lug’at, grammatik qoidalar bilan bog’liq bo’lgan 
jadvallar, animatsiya effektlari, o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun testlar, 
ovoz, vidio rolik va hokazolardan tashkil topadi. Ular muayyan mantiqiy ketma-
ketlikda biriktiriladi. Slaydlarni almashtirishning vaqti (interval) belgilanadi. 
O’qituvchi tasvirni ko’radi, eshitadi. 
Bunday dars o’tishning texnik jihatdan ikki usuli mavjud: 
1-usul. Kompyuter tarmog’i bor bo’lsa har bir o’quvchi o’z monitorida 
ko’radi; 
2-usul. Multimedia texnologiyasi asosidagi dars na’munasini . 
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun ta’lim muassasasining boshlang’ich 
sinf o’quvchilari uchun o’zbek tili fanini tanladik. Darsni rejalashtirishda, slaydlar 
tayyorlashda quyidagi omillarga alohida e’tibor berishimiz kerak. Ta’lim 
muassasasida esa mavjud bilimlar faqat takomillashtiriladi, ya’ni lisoniy bilimlar 
o’zbek tilinining til sohalari bo’yicha emas, balki yagona maqsadga yo’naltirilgan 
ravishda nutqiy ehtiyoj zaruriyatdan kelib chiqqan holda komleks beriladi. Natijada 
o’quvchilarda mavzu bo’yicha o’z fikrini o’zbek tilida mustaqil ifoda eta olish 
ko’nimalarini yanada rivojlantirish ko’zda tutiladi. 


Misol uchun, rusiyzabon o’quvchilar bilan o’tilajak bir turkum darslarning
umumiy sarlavhasi-“O’zbekiston Respublikasining siyosiy hayoti”. Bu darsning 
mazmunini quyidagi mavzular orqali yoritish mumkin. 
1.O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari (davlat bayrog’i, 
gerbi, madhiyasi, Konstitutsiya). 
2.Mustaqil mamlakatimizning muhim siyosiy sanalari. 
3.O’zbekiston Respublikasi Parlamenti. 
4.Mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar va harakatlar. 
1-slayd. Savollar: 1) Davlat ramziy belgilari tushunchasini izohlang. 2) 
O’zbekiston davlat mustaqilligining ramzlariga nimalar kiradi? O’quvchilar 
savollarga og’zaki javob beradi, o’qituvchi javobni baholaydi. 
2-slayd. Sarlavha: O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i; O’zbekiston 
Respublikasi davlat bayrog’ining tasviri;Qisqa matn; Qiyin so’zlarning o’zbekcha-
ruscha lug’ati. Davlat bayrog’i haqidagi matnda ot+sifat birikmasi ko’p qo’llaniladi. 
Ushbu birikmaning ona tilidagi grammatik xususiyatlari tubdan farq qiladi. 
Shuning uchun eslatma sifati mayda shriftda o’zbek tillaridagi ot+sifat 
birikmasining qisqa qiyosiy harakteristikasi berilishi mumkin. 
3-slayd. Sarlavha: O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi; gerb tasviri; matn; 
ushbu matnda gerbning har bir elementiga bkruvchi abzas boshida mazkur 
elementning tasviri keltiriladi; matn bo’yicha savollar. 
4-slayd. Sarlavha: O’zbekiston Respublikasi madhiyasi; madhiya; uning 
mualliflari haqida qisqacha matn; madhiya matni; uning ijrosi. Madhiyani 
kompyuterda ijro etib bo’lingach faqat uning kuyi jaranglaydi. So’zini esa 
o’quvchilar kuylaydilar. 
5-slayd. O’tilgan mavzu mustahkamlash uchun savollar (masalan Davlat 
ramziy belgilariga nimalar kiradi?) O’zbekiston Ruspublikasi davlat gerbi; davlat 
bayrog’i; madhiyasi; valyutasi qachon va kim tomonidan qabul qilingan yoki 
tasdiqlangan? Madhiya mualliflari kim? Hozirjavob o’quvchilar baholanadi. 
6-slayd. Videotasvir (bunday videotasvirni O’zbekiston televideniyasining 
birinchi kanalida yozib olish mumkin). 


O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi. Uning fonida davlatimiz 
bayrog’ining turli mamlakatlarida bo’lib o’tadigan nufuzli anjuman va sport 
musobaqalarida ko’tarilishi, gerbning qo’llanilish o’rni, umuman, davlatimiz ramziy 
belgilarining dunyo miqyosida tanilib borishi haqidagi videolavha ko’rsatiladi. 
Ushbu slayd vatanparvarlik ruhida o’tkazilgan darsga yakun yasaydi. 
Eslatma: 4 va 6-slaydlarni tayyorlashda dastur tuzuvchi qo’shiqlar ijro etish 
uchun qo’llaniladigan MR3 va vidio lavhani kompyuterda o’tkazish uchun 
qo’llaniladigan MR4 formatlaridan foydalanish mumkin. 
Shu tariqa har bir mavzu yoki mavzular bo’yicha slaydlar yaratib
ko’rgazmalar paketini (majmuini) tayyorlab qo’yish va undan unumli foydalanish 
mumkin. Chunonchi grafik tasvir, jadval va diagrammalardan grammatik mavzuni 
yoritishda, ovoz yordamida talaffuzi qiyinroq bo’lgan so’zlarni o’rgatishda, 
animatsiya va vidio vositalaridan biror badiiy asarning parchasi ustida ishlashda 
sxema va fotosuratlardan o’quvchilarning lug’at boyligini kengaytirish maqsadida 
foydalanish mumkin.
Slayd yaratishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: slaydlardagi 
matn, rasim, videolavha va boshqalar mantiqan o’zaro bog’liq bo’lishi, bir-birini 
to’ldirishi kerak; animatsiya, ovoz, video kabilar o’quvchilarni asosiy matndan 
chalg’itmasligi kerak. Ketma-ket kelgan slaydlarda bir xil emas balki, turli 
texnologik vositalardan, ayniqsa o’quvchini o’ylantirib qo’yadigan, izlanishga, 
mustaqil fikr yuritishga va o’z fikrini o’zbek tilida bayon etishga undaydigan 
usullardan foydalanish maqsadga muofiqdir. Shuni aytib o’tish kerakki, taqdim 
etish axborot texnologiyasining samaradorligi asosan o’qituvchining fantaziyasiga, 
topqirligiga, pedagogik va aktyorlik mahoratiga bog’liq. 
Multimedia vositalari asosida o’qitish jarayonini tashkil etish metodikasi 
an’anaviy o’qitish usulidan tubdan farqlanib, u boshlang’ich sinf o’qituvchilari va 
o’quvchilar uchun: 
- o’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish; 
- o’qitishning differensial va individual holatda bo’lishi;
- o’qish va o’zlashtirish jarayonini baholab borish, teskari aloqa bog’lash; 


- o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida o’z-o’zini nazorat qilib borish va 
tuzatish; 
- o’rganilayotgan mazularni namoyish etish va ularning o’zaro aloqadorligini 
kuzatish; 
- boshlang’ich sinflarda o’tiladigan va o’zlashtiriladigan fan mavzularini 
animasiya, grafika, multiplikasiya, ovoz kabi kompyuter va axborot 
texnologiyalaridan foydalanish; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’quv fanlarini o’zlashtirish uchun 
ko’nikmalar hosil qilish; 
- o’quvchilarning mustaqil ishlashlari va mavzularni o’zlashtirishlari uchun 
yangi sharoit yaratish kabilar. 
Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy 
axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya ishlarini 
tashkillashtirish va joriy qilish bilan bog’liqligi, ulardan maqsadli foydalanish
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga olib keladi. Bu jarayonlarda 
multimedia vositasi boshlang’ich sinfda o’rganiladigan har bir fanga tatbiq etish 
orqali bu fanlarning o’zlashtirish qamrovini oshiradi. Bundan tashqari, 
boshlang’ich ta’limdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni axborot texnologiyalarining 
dasturiy vositalari asosida multimedia imkoniyatlaridan foydalanish orqali 
o’zlashtirish va o’rganish jarayoni ortib boradi. O’quvchilar kompyuter xotirasiga 
joylashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi fotosur’atlar, ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlarni o’tkazish ssenariylari, bu yo’nalishdagi materiallarga tegishli tayanch 
iboralar, atamalar va tushunchalarning mazmuni bilan tanishib boradi hamda 
ulardan foydalanish ko’nikmasini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Multimedia quyidagi xususiyatlarga ega: 
- axborot turlarini matn, jadval, turli xil bezaklar, nutq, musiqa, telekadrlar, 
videofilmdagi parchalar, animasiya ko’rinishidagi axborotlarni o’z ichiga oladi; 
- turli xil axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy 
prsessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatishning o’tkazish qobiliyatini, 


tezkor hajmli va katta sig’imli xotirani, kompyuter kanallari bo’yicha almashish 
tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; 
- “o’quvchi-kompter-o’qituvchi” interaktiv muloqotning yangi darajasini 
ta’minlanishi, muloqot jarayonida o’quvchi ancha keng va har tomonlama 
axborotlarni olishi. 
Demak, multimediali texnologiyada ta’lim jarayoni quyidagicha kechadi. 
Kompyuterga o’rganiladigan materialni kiritish orqali boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini fikrlashga undaydi, o’quvchilarning ta’lim materiallarini xotirada 
saqlash darajasini oshiradi. Shu bilan birgalikda ta’lim materiallariga qiziqishini 
orttirib borib, kompyuterda ishlash
qobiliyatini o’stirishga xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalarining zamonaviy jarayonida axborot 
tehnologiyalaridan, jumladan, multimedia vositalaridan foydalanish quyidagi 
muhim muammolarni yechishda yordam beradi: Ta’lim jarayonini faollashtirish; 
o’quv faoliyatining samaradorligini oshirish; talabalarning mustaqil ravishda ishlash 
madaniyatini rivojlantirish; egallayotgan kasbiga ijodiy yondoshish ko’nikmasini 
hosil qilish; mustaqil ta’lim doirasini kengaytirish, xullas, yetuk mutaxxasislarni 
yetishtirish. Shu sababdan hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi 
mutaxassislarning birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta’im 
samaradorligini oshirish uchun kutilgan natijalarni berishini unutmasligimiz kerak. 



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish