Multimedia vositasining bir qancha ta’riflari mavjud, ularning ayrimlarini
keltiramiz. Jumladan, multimedia - (inglizcha-yunoncha multimedia - o’rta
vositalar) bu –axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab
oluvchi texnologiya bo’lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo’ladi.
Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizmga, vadeomagnitafon va
videokameralarni ko’rish
imkoniyatiga, tasvirni ushlash va axborotlarni rangli
grafika, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar kabi turli ko’rinishlari
bilan ishlash imkoniyatidir
5
.
Multimedia texnologiyasi – informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika va animasiya ( obyektlarning fazodagi harakati)
samaralari asosida o’quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning
mo’ljallangan ko’rinishidagi texnologiyasidir.
Multimedia – bu maxsus texnologiya bo’lib, dasturiy va texnik moddiy
ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o’zida matnli, tasviriy axborotni
tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir.
Multimedia –
kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli
animasiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar
texnologiyasidir.
Multimedia vositalariga multimedia vositalarini yaratishda foydalanadigan
audiokolonka, mikrofon, videoproyektor,
Veb kamera, TV tuner kabi uskunalar,
dasturlar va amalda foydalanishga mo’ljallangan materiallar kiradi.
Multimedia vositalari pedagogik nuqtai nazaridan boshlang’ich sinf
o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasi jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida
yangicha yondashuv hisoblanadi. Kompyuterli texnologiyalar o’quvchilarning
faolligini oshirishda, o’rganiladigan o’quv materiallarining hajmini ko’paytirishda
va ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida
amalga oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko’rsatiladigan
materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish,
5
H
asanboеv J., To`raqulov X., Haydarov M., Hasanboеva O., Usmanov N. Pеdagogika fanidan izohli lug`at. –T.:
Fan va tеxnologiya. 2009. 348-b.
ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Multimediali kompyuterli
texnologiyada ko’rgazmali vositadan tashqari ta’lim beradigan manba sifatida
qaraladi. Chunki o’rganiladigan materiallar oldindan kompyuter xotirasiga
joylashtirilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi mavzuni o’quvchilarga o’rgatmoqchi
bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va namoyish
etiladigan materiallar bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu
yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o’rganib boradilar. Bunda o’quvchilar
kompyuter bilan yetarli darajada qo’nikma hosil qiladi. Shu bilan birga kichik
maktab yoshidagi o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish
jarayonida tafakkuri
rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi.
Multimedia texnologiyasining ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini
quyidagi shaklda ifodalash mumkin: