Multimediadagi matn qisqa, tushunarli va aniq bo’ladi. Kichik maktab
yoshidagi o’quvchi uni nafaqat o’qish, balki yod olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ўқувчи
Ўқитувчи
Мультимедиа
Матн
Овоз
Жонли ҳаракат
График тасвир
Таълим-тарбия самараси
Ovoz o’qish yoki turli vositalar tovushdan iborat bo’ladi. Bunda ovozning
jalb qilish xususiyatiga, ya’ni intonatsiyali, musiqali yoki hayajonli bo’lishi katta
ahamiyatga ega. Jonli harakat odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan
tashkil topadi. Undagi yagona talab-jonli harakatlarning tarbiyaviy va estetik
xususiyatiga ega bo’lishidir. Grafik tasvirlar muayyan mavzuni tasavvur qilish
uchun hosil qilinadi. Bu hol xotirani mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Multimedia vositalaridan o’qitish jarayonida foydalanish o’qitish sifatini va
samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri bo’lishiga qaramasdan, unga mos
Dasturlar bo’lmasa yoki ulardan foydalanilmasa kutilgan samarani bermaydi.
Shuning tuchun har bir o’quv fanining xususiyatidan kelib chiqib, o’quv
materialining asosiy va muhim elementlarining o’quvchilar o’zlashtirish jarayoniga
mos kelishi, dastur vositalari ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma’lumotlarning
tuzilishiga, obyektlarning ko’rinishiga, tovushlarning qulayligini e’tiborga olishni
nazarda tutadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun kompyuter muhitida ishlashni
ta’minlovchi va ularning bilim hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
“Ona tili”, “Odabnoma”, “O’qish kitobi”dagi materiallar, atrofdagi olam bilan
tanishtirish, modellashtirishning turli-tuman faoliyat turlari orqali algoritmlash,
faoliyat usullarini o’zlashtirish bilan amalga oshiriladi. Multimedia vositalari
yordamida olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish
saviyasini oshiradi.
Mulimedia vositalari o’quvchiga yakka tartibda yondashish imkonini beradi.
O’qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi materialni o’zlashtirishi mumkin
bo’ladi.
Hozirda multimedia kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmoqda. Ta’lim-
tarbiya sohasida multimedia texnologiyalarini tatbiq etish uchun yuqorida berilgan
fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin. Multimedia-
bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida axborotning
an’anaviy va orginal turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib
berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia xozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot
texnologiyalardan bo’lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:
* An’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda orginal
axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar,
animasiya ko’rinishidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.
* Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun
markaziy prottessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining
o’tkazish qobiliyatini, tezkor video va xotira hajmini, katta sig’imli tashqi xotirani,
kompyuter kirish - chiqish kanallari bo’yicha almashinuv tezligini taxminan ikki
barobar oshirish talab etiladi;
* “inson-kompyuter-inson” interaktiv muloqotining yangi darajasining
ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanishda ancha keng va har tomonlama
axborotlarni olishga ega bo’lish.
Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida
ta’lim sohasida o’quvchilarni o’qitish ikki baravar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki,
eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, o’quvchilarga
berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib
qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 % gacha oshadi. Shuningdek, mazkur
o’quv dasturlar audio video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda
Тасвирлар
Матн
Жадваллар
Мультимедиа
Аниматсия
Видео
Графиклар
o’quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 % ga oshishi
kuzatimoqda.
Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida o’quvchilarga bilim berish
afzalliklari quyidagilardan iborat:
• Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq
o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
• Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada
oshishi;
• Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash
imkoniyatiga erishilishi;
• Olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolishi va uni
amaliyotda qo’llash mumkinligi.
Multimediani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud,
jumladan:
* Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy
ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida o’quv kom’pyuter dasturlari ko’rinishida ishlab
chiqish;
* Ishlab chiqilgan o’quv kom’pyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini
qo’llash.
Multimediali o’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirdan Respublikamizda
ma’lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv
materialari ta’lim yunalishlari bo’yicha yaratilmoqda. Multimedia texnologiyalarini
ta’limda qo’llash uchun quyidagi texnik ta’minot zarurdir:
• Kamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter;
• Mikroprosessorning taqidli chastotasi 66 MGs bo’lishi kerak;
• Operativ xotira 4 Mg bo’lishi kerak;
• Vinchestrning xajmi 400MB bo’lishi kerak;
• 3.5 dyumli disk yurituvchisi;
• 2 tugmati “sichqon” tipidagi manipluator;
• 101 tugmali klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma;
• 640x 480 peksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 peksel (16 rang bo’lganda)
grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi diskli va adabetr;
• Kompakt disklar uchun SD ROM qurilmasi;
• Kamida parallel ikkita yo’nalishli 1 ta interfeys;
• Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefon yo’nalishi yoki ovoz
kuchaytirgich;
• Kirish va chiqish MIDI porti;
• MPK (Multimedia Personal Kompyuter) bilan mos keluvchi audiadapter.
Qayd etilgan talablar multimedia ilovalarini ishlatish imkonini beradi.
Video yoki audio multimedia vositalarini kompyuterda juda ko’p dasturlar
orqali ishlatiladi. Vidio, audio bila ishlovchi dasturlar qatoriga, jumladan Vindovs
Media Player, Vinamp va boshqalar kiradi. Vindovs Media Player dasturini
ishlatishni ko’rib o’tamiz. Vindovs o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Vindovs
Media Player dasturi Vindovs bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Vindovs Media
Player dasturini ishga tushirish uchun Vindovsning Pusk tugmasi bosiladi, so’ngra
bosh menyudagi Programme menyu ostidan Standarti qismga kiriladi va Vindovs
Media Player ishlatiladi.
|