Biz ham olimlarimizning bu tasnifiga qo’shilamiz. Chunki, boshlang’ich
sinflarda o’quvchilarning psixologik xususiyatlari va didaktik jihatlarini hisobga
olib, o’yinlarning turiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Quyida ta’limiy amalga oshirish shakliga ko’ra “Harflarni top ” o’yinidan
foydalanamiz.Ushbu multimediali kompyuterli o’yinni amalga oshirish quyidagi
qo’shimcha o’quv materiallari o’rganilib, mustahkamlandi: 1) geometrik shakllar (
to’rt burchak) ; 2) ranglarni farqlash. Bu o’yinlar ham mashg’ulot tarzida amalga
oshiriladi. O’qituvchi yordamida kompyuter monitorida ikki xil rangli
to’rtburchakni o’quvchilar chiqaradi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilarga o’yinning maqsadi va vazifalarini, o’yin
tartibi va qoidasi bilan tanishtiradi.