to’rt burchak shaklini chizishni o’rgatish, to’rtburchak shakli ichiga harflarni
joylashtirish ko’nikmasini hosil qilish.
O’yin tartibi: o’qituvchi o’quvchilarni birinchi to’rtburchak bilan tanishtiradi
va bu to’rt burchakning rangiga e’tibor qaratiladi, keyingi to’rtburchakning
rangiga
e’tibor qaratilib nima uchun havorang bilan chizilganligi ta’kidlanadi va oxirgi
turtburchakning qizil rang bilan chizilganligiga e’tibor qaratilib, nima uchun
shunday qizilganligi aytiladi.
Vazifa: o’quvchilarga har bir to’rtburchakning ichiga kerakli harflarni
joylashtirish, bu harflarni tovushlarga aylantirib to’g’ri
talaffuz qilish, harflar
birikishidan hosil bo’lgan so’zni to’g’ri o’qish va bundan a harfining qaysi
katakchada joylashganligini aytib berish hamda buni sichqonchada bajarib
ko’rsatish.
Mashg’ulotning borishi:
O’qituvchi o’quvchilarni kompyuter qarshisiga o’tqazadi va o’quvchilardan
kompyuter ekranida nechta to’rtburchakni ko’rayapsan va ularning ichida qanday
harflar joylashganligini so’raydi. Birinchi to’trburchakda
qanday harf borligini,
unin talaffuz qilishni, u unli yoki undosh tovush ekanligini birinchi kompyuterda
o’tirgan o’quvchidan so’raydi. Ikkinchi kompyuterda o’tirgan o’quvchidan ikkinchi
to’rtburchak qanday rangda ekanligi, bu to’rtburchakning ichida qanday harf
joylashganligi, u harf unli yoki undosh tovush ekanligini so’raydi. O’quvchi
ikkinchi to’rtburchakning
rangi havo rangda ekanligi , unda “n” tovushi
joylashganligini, bu tovush undosh tovush ekanligini aytadi va “n” tovushini
talaffuz qilib ko’rsatadi. Uchinchi o’quvchi uchinchi to’rtburchak qizil rangda
ekanligi, bu to’rtburchakning ichida “a” tovushi joylashganligini,
unli tovush
ekanligini talaffuz qilib ko’rsatadi. Bu harflar birikib “ona” so’zi hosil bo’lganligini
aytadi. Bu topshiriqlar bajarib bo’lgandan so’ng, o’qituvchi to’rtburchakda berilgan
so’zlarni o’qiydi. O’quvchilar kompyuterda mustaqil ravishda topish lozim bo’lgan
tovush o’rnini ikkinchi bir xildagi to’rtburchak bilan ko’rsatadi.
Yoki tovushlar tuzilishini chizib ko’rsatadilar:
о
н
а
Bu o’yindan o’qituvchi o’quvchilarning savodini chiqarishda samarali
foydalanish mumkin. O’quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida didaktik
o’yinnin davom ettirish mumkin. Bunda oldin kompyuterda bajarmagan o’quvchilar
bajarishadi.
1-variant: “A” tovushining o’rnini topish.
Ona, maktab, kitob, kino.
“Maktab” so’zida birinchi bo’g’inda “a” tovushi ikkinchi o’rinda to’ribdi,
ikkinchi bo’g’inda ham ikkinchi o’rinda turibdi. O’qituvchi o’quvchilarni
kompyuter qarshisiga o’tqazadi va ularga bajaradigan vazifalarini tushuntiradi.
Vazifa shunday bo’ladi: Kompyuterdan foydalanib oltita to’rtburchak shaklini
chizish, ikkinchi to’rtburchak shaklini qilil rangda berish, beshinchi to’rtburchakni
ham qizil randa berish, bo’g’in ajratish belgisi bo’lgan
chiziqchani chizish,
chizilgan to’rtburchakning ichiga alfavitdan “m” harfini topib, to’rtburchak ichiga
joylashtirish, ikkinchi katakcha ichiga alfavitdan “a” unli tovushi topib, uni
joylashtirish, uchinchi to’rtburchakka alfavitdan “k” harfi toptirib, joylashtiriladi .
Uchala to’rtburchak ichida harflar joylashtirib bo’lgandan keyin ikkinchi bo’g’inga
taalluqli bo’lgan to’rtburchaklar ichiga kerakli bo’lgan harflarni alfavitdan topib
joylashtirish topshirig’i beriladi. O’quvchilar to’rtinchi to’rtburchak ichiga
alfavitdan “t” harfini, beshinchi to’rtburchak ichiga “a” harfini,
oltinchi
to’rtburchak ichiga “b” harfini topib, joylashtiriladi. O’qituvchi o’quvchilarning
diqqatini ikkinchi va beshinchi to’rtburchakka qaratadi. Bu to’rtburchaklar qizil
rangda berilgan, chunki, bu to’rtburchaklarning ichiga “a” unli harfi
joylashtiriladi.Bu unli tovush bo’g’in hosi qiladi. Shuning uchun u
alohida rangda
berilganligini tushuntiradi. O’quvchilar to’rtburchakning ichida “maktab” so’zi
hosil bo’lganligini ko’radi va bu so’zni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatiladi.
To’rtburchaklar kompyuter ekranida quyidagicha chiziladi:
м