bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb
boshlanadigan fikrlar mumkin emas.
5.
“Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda,
xushmuomala bo’lish” qonuni.
Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi:
“Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida
boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo’lish kerak. Agar
sizni nimadir qoniqtirmasa,
hyech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida trenerga ma’lum qiling”.
Bu qonun ayniqsa o’smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi
va laqabi bilan atash mumkin emas.
6. “O’z ismini aytish” qonuni
. Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish
bo’lsa har bir chiqish oldidan o’z ismini aytishi kerak bo’ladi.
7. “Muloyimlik” qonuni.
Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik
bilan va o’zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan
murojaat qilishlari kerak
bo’ladi.