3. Keksalar orasida (psixologik o’zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik
holatlari.
Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar
mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik
maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha xil guruhlar
vujudga keladiki, bular:
1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.
2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.
3. O’z yaqinlarini yo’qotib siqilgan kishilar guruhi.
4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik
orttirib olgan kishilar
guruhi.
5. Begona joyga ko’chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar
guruhi.
6. Rahbarlar tomonidan yoki o’zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan
hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.
7. Yangi o’qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan
kishilar guruhi.
8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol
qilishdan qutula olmasdan
siqilayotgan kishilar guruhi.
Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb
ataluvchi o’yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg’ulotlar yordam beradi.
Yuqoridagi guruhlar o’zi istab, o’z xohishi bilan treningga keladi va trenerning
ko’rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo’ladiki, bu guruh a’zolari
treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: M,
jinoyatchilar, bezorilar, o’g’rilar,
narkotik bilan shug’ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar
treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo’ladi.