xildagi hayvonlarning nomi qog’ozga
sonlar bilan yozilib,
ularga shulardan birini
olish taklif etiladi. Ishtirokchilar ma’lum bir hayvonlarni tanlab bo’lganlaridan so’ng
ko’zlarini yumib, atrofda aylanib yuradilar va o’zlari mansub bo’lgan
turdagi
sheriklarini izlaydilar. Bunda hamma o’ziga xos ovoz bilan bir-birini chorlashi kerak
(masalan, «ba-a-ba-a», «myov-myov», «vov-vov» va h.k.). Ikkita bir xil «hayvon»
bir-birini
topib olsa, ular qo’llarini mahkam ushlagancha
keyingi sherigini izlashga
tushadilar
va barcha sherigini topib, toki alohida guruhlar
tuzilmaguncha davom
etaveradi.
Bu kirish o’yini
hisoblanib, u asosan ishtirokchilarda
bir-birlariga nisbatan
ishonch hissini hosil qiladi.