o’rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko’rsataman. (ko’p ham,
oz ham
emas) Masalan: agar men qo’limni ko’tarib to’rtta panjamni ko’rsatsam (ko’taradi va
ko’rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to’rt kishi turadi. Qachonki, men
kaftimni tushirsam, ular o’tirishlari mumkin».
Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini khrsatadi. Mashq
boshlanishida 5-7 panjani ko’rsatish yaxshiroq bo’ladi, oxiriga borib esa 1-2 ta
panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarinnig vazifani
bajarishga bo’lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi
va taalluqli xulosalar
chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi mumkin: «Biz
oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi,
yoki uning
bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda nimani nazarda
tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror qilish imkoniyati
bo’lganda, ishni qanday tashkil etgan bo’lardik?».
Mevali salat.
O’yin ishtirokchilari doira shaklida o’tirib
olishadi, ulardan bittasi
(chaqiruvchi) o’rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko’rgan mevasining nomini
aytishini so’raydi va keyin doira bo’ylab yurib, o’zidan boshlab har bir ishtirokchiga
aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo’yib chiqadi. Masalan, agar mevalar —
olma, anor, uzum bo’lsa, o’ziga «olma» deb nom qo’yadi
va qolganlarga ham shu
tarzda nom qo’yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarnng hammasiga ism
qo’yilmaguncha). Shundan so’ng boshqalarga nom bergan o’rtadagi odam
mevalardan birortasining (masalan, olma)
nomini aytsa, barcha «olmalar» o’rinlarini
almashishlari lozim bo’ladi, o’rtadagi odam esa ulardan birining o’rniga o’tirib
olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam chaqiruvchi bo’ladi. Agar o’rtadagi
odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar o’rinlarini almashadilar.
Bu o’yin juda qizikarli va jalb qilish xususiyatiga ega bulib, ishtirokchilar
o’rtasidagi baryerni yo’qotishga va ularni tez o’ylab, tez harakat qilishga undaydi.